Ikkinchi tartibli determinantlar. а11, а12, а21, а22 sonlar berilgan bo’lsin.
Bu sonlardan tuzilgan а11 а22 - а12 а21 ifoda(son) ikkinchi tartibli determinant deb ataladi. а11, а12, а21, а22 sonlar determinantning elementlari deb ataladi.
Ikkinchi tartibli determinantlar ikkita gorizantal va ikkita vertikal qatorlarga ega. Gorizantal qatorlarni satrlar, vertikal qatorlarni ustunlar deb ataymiz.
Satrlar yuqoridan pastga qarab,ustunlar esa chapdan o’ngga qarab sanaladi. Ikkinchi tartibli determinantda а11 а12 birinchi satrni, а21, а22 ikkinchi satrni birinchi ustunni, esa ikkinchi ustunni tashkil etadi.
Shuningdek а11 а22 ikkinchi tartibli detirminantning bosh diagonalini а12 а21 uning yon (yordamchi) diagonalinitashkil etadi.
Shunday qilib ikkinchi tartibli determinantni hisoblash uchun bosh diagonal elementlari ko’paytmasidan yon diagonal elementlari ko’paytmasini ayirish lozim ekan.
uchinchi tartibli determinant uchinchi tartibli determinant deb Δ=a11 a22 a33+ a12 a23 a31+ a13 a21 a32- a13 a22 a31- a11 a23 a32- a12 a21a33 yig’indiga teng song aytiladi va
kabi yoziladi.
Determenantning asosiy xossalari. Determinantning satrlarini unga mos ustunlar bilan almashtirish natijasida determinantning qiymati o’zgarmaydi,
Determinantning biror satr (yoki ustun) elementlarini biror songa ko’paytirish determenantni shu songa ko’paytirishga teng kuchlidir: Biror satr (yoki ustun)elementlari nollardan iborat determenant nolga tengdir. Determinantning biror satr (yoki ustun) elementlarini biror songa ko’paytirib boshqa bir satr (yoki ustun) ning mos elementlariga qo’shish natijasida determinantning qiymati o’zgarmaydi, Determinantning biror satr (yoki ustin) elementlarini unga parallel boshqa bir satr (yoki ustun)ning mos elementlarining algebraik to’ldiruvchilariga ko’paytirib qo’shsak yig’indi nolga teng bo’ladi. а11А21+а12 А22+а13А23=0