Ilarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish



Yüklə 248,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix14.10.2023
ölçüsü248,44 Kb.
#155602
1   2   3   4   5   6   7
ZDIFT0513

 
49 
 
 
 
4. O'quvchilarni tushunchalari va musiqani qay darajada idrok etishini bilish uchun ular qisqa-
qisqa savollar berish bilan aniqlab borish. 
5. Musiqiy asarni qaytadan to'la xolicha tinglash hamda asar haqida o'quvchilarning umumiy 
taassurotlari yuzasidan yakuniy xulosa chiqarish. 
O'quvchilarga o'z ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun musiqa savodi alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Musiqa darslarida o'quvchilarning o'z ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish va musiqiy-
nazariy savodxonlgini rivojlantirish uslublarining amaliyotga tadbig'ida o'quvchilarning 
musiqiy-nazariy savodxonligini takomillashtirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni 
yuzasidan amaliy tajribalar mohiyati, tadqiqot maqsadiga ko'ra ishlab chiqilgan tajriba-sinov 
dasturi asosida ishlarni yo'lga qo'yish hamda amalga oshirish yo'llari va natijalari, 
o'quvchilarning musiqiy-nazariy savodxonligini rivojlantirish jarayonining samadorligini 
aniqlovchi bir qator mezonlar va tavsiyalar o'z ifodasini topgan. Musiqiy ta'lim-o'quv 
jarayonining o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatidagi hamkorlik ta'limning eng samarali jihatlari 
hisoblanadi. Darsda o'quvchilar jamoa bo'lib kuylaydilar, musiqa tinglaydilar, musiqaga mos 
harakatlar bajaradilar. Bunda ular turli hil hissiy kechinmalarni boshdan kechiradilar. Darsni 
qiziqarli, turli usul, turli vositalar qo'llanilgan holda o'tilishi o'quvchilar tomonidan bilim, 
ko'nikma va malaklarni, o'z ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish nisbatan qulay va 
qiyinchiliksiz egallash imkoniyatini oshiradi. Musiqa ta'lim tizimining tahlillari va shu vaqtga 
qadar to'plangan tajribalarni umumlashtirish musiqa darslarining yangi-yangi turlarini, 
qo'llaniladigan uslublarini tadbiq etish vazifasini qo'yadi. 
Zamonamiz va ta'lim oldiga qo'yilayotgan talablar musiqa darslarini ham zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etish, musiqa darslarida o'quvchilarda o'z ustida ishlash 
ko'nikmalarini shakllantirish zaruriyatini vujudga keltirmoqdaki, bu o'rinda biz boshlang'ich 
sinf o'quvchilarining psixologik va fiziologik xususiyatlariga mos quyidagi dars turlari haqida 
to'xtalib o'tishni lozim deb topdik. Chunki, boshlang'ich sinflarda darslarni imkon qadar o'yin 
tarzida olib borish o'quvchilarning faolligini oshirishga va berilgan vazifalarni qiziqish bilan 
amalga oshirishlariga olib keladi. Masalan, musiqiy cholg'ular mavzusi o'tilganda, o'quvchilarga 
turli xildagi musiqa cholg'ulari surati solingan kartochkalar beriladi. O'qituvchi magnitofon 
yordamida biror bir cholg'uda ijro etilgan kuyni eshittiradi. O'quvchilar musiqiy asar qanday 
cholg'uda ijro etilganligini qo'llaridagi kartochkalar orqali ko'rsatadilar. Faol o'quvchilar 
baholanadi va rag'batlamtiriladi[4, 109]. 
Ma'lumki, har qanday musiqa asari bu badiiy asar. Uni badiiy asar darajasida ijro etish 
sozandadan puxta bilim, yuksak mahorat va ijrochilik malakalarini talab etadi. O'qituvchi 
o'quvchida o'z ustida ishlash malakalarini shakllantirar ekan bunda ijrochilik malakalarini 
shakllantirish ham o'ziga xos ahamiyatga ega, bu borada o'qituvchi dastlab o'quvchida shu 
cholg'uga nisbatan mehr uyg'ota olishi kerak. Buning uchun dastlabki davrlardanoq imkoni 
boricha yaxshi jaranglaydigan, o'quvchiga yoqadigan asarlarni, ularni o'rganishga ishtiyoqini 
kuchaytiruvchi musiqiy asarlarni repertuarga kiritib borish lozim. Asar ustida ishlaganda 
boshlang'ich davrdan boshlab har bir shtrixni yaxshi tovush hosil qilinishiga e'tibor berish 
kerak, chunki sozandaning tovush kuchi va sifati ijroninng badiiy ifodalaydigan asosiy 
mezonlaridan biridir. Badiiy ifodalilik o'zbek xalq cholg'u asboblarining cholg'u ijrochiligida 
muhim ahamiyatga ega. Sozandaning ijro texnikasi qanchalik yuqori bo'lmasin, agar u asarning 




Yüklə 248,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin