`
46
MUSIQA MADANIYATI DARSLARI
DA O‘QUVCH
ILARNING MUSIQIY
SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH
Donaboyeva Ziyoda Muxiddin qizi
Boyovut tumani 29-
maktab musiqa fani o‘qituvchisi
ziyodadonaboyeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7614563
Annotatsiya.
Mazkur maqolada musiqa darslarida o'quvchilarni o'z
ustida ishlash
ko'nikmalarini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslari yoritilib berilgan. Musiqa
madaaniyati darslarida o'quvchilarning o'z ustida muntazam ishlarida faoliyat turlarining
ahamiyati, musiqa savodi, musiqa tinglash vajamoa bo'lib kuylash jarayonida o'quvchilarning
o'z musiqiy bilimlarini oshirib borishi keltirilib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
musiqa
darslari, o'z ustida ishlash ko'nikmalari, faoliyat turlari, ijrochilik
ko'nikmalari.
KIRISH. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
—
2017-2021 yillarda "O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasi
to'g'risida" gi 2017 yil 7 fevral PF-4947-soni hamda
—
2017-2021 yillarda "O'zbekiston
respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini
Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to'g'risida"gi 2020 yil 2 martdagi PF-5953 Farmonida
—
Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish
alohida belgilab qo'yilgan.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI. Bugungi kunda har qanday jamiyatning
rivojlanganlik darajasi uning ta'lim-tarbiya ishalarini to'g'ri yo'lga qo'yilishi, fan,
madaniyat
sohalariga bo'lgan e'tiboriga bog'liq bo'lmoqda. Zotan ta'lim-tarbiya jamiyatning, millatning
kelajagini ta'minlaydigan jahon miqiyosidagi nufuzini belgilaydigan ustuvor omil hisoblanadi.
Musiqa darslarida o'quvchilarni o'z ustida ishlash ko'nikmalarini
shakllantirishda ularga
avvalo musiqiy bilim va tushunchalarning mazmun mohiyatini, musiqa pedagogikasining
ahamiyatini, musiqiy rivojlanishda ijrochilik va mashg'ulotlarning ahamiyatini o'quvchilar
ongiga singdirish lozim bo'ladi. O'z ustida ishlash ko'nikmalarini
shakllantirishda musiqiy
faoliyat turlarining ahamiyati juda katta. Musiqa o'qitish jarayonida amaliy faoliyatlar hal
qiluvchi rol o'ynaydi. Bularning (kuylash, chalish, raqs tushish, turli
harakatlar bajarish va
boshqalar) orasida jamoaviy kuylash (xor) yetakchi rol o'ynaydi, zeroki o'quvchi ayni holda
jo'rnavoz va dirijyor ishoralariga amal qilayotgan holda o'z ovozini boshqaradi, o'rtoqlari va
jo'rnavozga o'z ijrosini muvofiqlashtirib boradi, ayni vaqtda asarning musiqiy ohangi va badiiy
obrazlarini idrok etib mantiqan anglab boradi va badiiy zavqlanadi, kuylash jarayonida vokal -
xor malakalarini doimiy ravishda rivojlantirib borish va uni ilmiy asosda amalga oshirib borib
o'quvchilarda musiqiy bilimlar doirasini tarkib toptirib borish hal qiluvchi maqsad vazifalardan
hisoblanadi.
Umumta'lim maktablarida o'qitiladigan "Musiqa madaniyati" fani o'quvchilarni ma'naviy,
badiiy-estetik kamolotida muhim o'rin tutadi. Musiqa darslarida o'zlashtiriladigan kuy-
qo'shiqlarni ongli ijro etishlari, ularning nazariy asoslari haqida yaratilish tarixi,
mualliflari,
uslublari, xarakteri, janriy xususiyatlari, tuzulishi va shu kabi xususiyatlarini ongli tushunib, o'z
ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish va shu asosda yondashib o'rganishlari uchun
xizmat qiladi.