Ilarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish



Yüklə 248,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix14.10.2023
ölçüsü248,44 Kb.
#155602
1   2   3   4   5   6   7
ZDIFT0513

 
51 
 
 
 
MUHOKAMA. O'zbek xalq cholg'ulari rang-barang bo'lib, ular ijrochilik imkoniyatlari va 
funksiyalari, tuzulishlari bilan farq qilinadi. 
O'z ustida muntazam ishlash ko'nikmalari orqali ijrochilik malakalarini shakllantirishda avvalo 
o'quvchilarni ushbu cholg'ular bilan tanishtiish va ularda qaysi cholg'uni ijro etishga bo'lgan 
ishtiyoqi kuchli ekanligini hisobga olgan holda ijro cholg'u asbobini mukammal ijro etishni 
o'rgatib borish zarur. 
Dutor mayin ovozga ega bo'lib, noksimon kosaxonasi o'yma yoki qovurg'ali, unga yopishtirilgan 
nisbatan uzun va ingichka dastasiga yupqa qopqoq yopishtirilgan kosaxonasiga o'rnashgan 
uzun dastasiga esa qo'shpay yoki ipak torlaridan ikki o'ra qilib bog'langan pardalar mavjud. 
Odatda pardalari 13 ta bo'lib ular ikki oktavadan oshiqroq diapazonli to'la xromatik bo'lmagan 
tovush qatorni hosil qiladi. Dutorning ikkita ipak tori kvarta, kvinte yoki unison (oktava)ga 
sozlanadi. Dutorda asosiy ijro usuli tirnamadir. Ayni vaqtda esa dutorda shtrixlarning boyligi, 
o'ng qo'l va barmoqlarning ishlatilishi ham keng rivojlanmoqda. Dutor asarlari qo'shovozli 
faktura bilan xarakterlanadi. 
Afg'on rubobi (Buxoro rubobi deb ham yuritiladi) o'ziga xos shaklga ega bo'lib, chertib 
chalinadigan noxunli cholg'u asbobidir. Usti teri bilan qoplangan, katta va chuqur o'yma 
qismining toraytirilgan yon tomonlaridan yuqori qismiga yupqa qopqoq yelimlangandir. 
Odatda kosa qismi bilan bir butun yo'niladigan yo'g'on dastasida ichakdan atigi 4 parda 
bog'langan bo'lib, qolganlarining yog'och qopqog'i ustiga cho'p qalamchalar yopishtiriladi. 
Rubob odatda 5 ta chalinadigan asosiy pay tor (shu jumladan unison sozlanadigan 1-2, 3-4 
qo'sh torlar) hamda yon quloq (go'shak) larga tortildigan 10-11 ta aks sado beruvchi sim 
torlarlarga ega bo'lib, asosiy torlar o'zaro kvartaga sozlansa, aks sado beruvchi simlar 
pog'onama-pog'ona ko'tarilib boruvchi sekundalarni tashkil etadi. Diapazoni ikki oktava 
doirasida bo'lganiga qaramay afg'on rubobi deyarli professional xalq sozandalari, yakkanavoz 
soz hamda, ansambl tarkibida O'zbekistonning asosan Buxoro shahrida ishlatiladi [3,17]. 
Darslarga qo'yiladigan didaktik talablar tizimida qo'llaniladigan metodikaning aniq va 
tushunarli bo'lishi avvalgi o'tilgan darslar bilan o'tilayotgan darsning uzviy bog'langan bo'lishi, 
o'tiladigan mavzuga mos material tanlash, dars o'tishda samarali usul va metodlardan 
foydalanish, darsni tashkil eta bilish, jamoa, guruh va individual ishlash usullarini o'zlashtirish 
dars jarayonida har bir o'quvchining individual xususiyatini hisobga olish, musiqa ma'daniyati 
darslarini boshqarish, boshqa fanlar aloqadorligi xususiyatlaridan dars mazmunini boyitishda 
foydalanish o'quvchilarni oz ustida muntazam ishlashiga zamin yaratadi. 
Ko'rinadiki, o'quvchilarning o'z ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, musiqiy-nazariy 
bilimlarini o'zlashtirish va shu jarayonda nota o'qish, notaga qarab kuylash malakalarini 
egallashlari avvalo o'qituvchining kasbiy maxoratiga, darslarni tashkil, qilish, boshqarish, 
rejalashtirish, samarali ish uslublaridan unumli foydalanish, o'quvchilarni umummusiqiy, 
musiqiy-nazariy pirovardida nota o'qish va notaga qarab kuylash malakalarini rivojlanishiga 
samarali ta'sir ko'rsatadi. 
XULOSA. Bunday pedagogik talablar singdirilgan o'quv mashg'ulotlari zamirida o'quvchilarda 
haqiqiy musiqiy madaniyatni va vokal-xor kuylash malakalarini shakllantirish imkoniyati 
yaratiladi. Hozirgi kundagi musiqa ta'limi va tarbiyasi oldiga qo'yilayotgan zamonaviy 
talablarning asl mazmuni va mohiyati ham ana shuni taqozo etadi. 




Yüklə 248,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin