Ilarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish



Yüklə 248,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix14.10.2023
ölçüsü248,44 Kb.
#155602
1   2   3   4   5   6   7
ZDIFT0513

 
48 
 
 
 
dasturlarda berilgan chorak va yil mavzulari bo'yicha kuylash va tinglashga doir kuy va 
qo'shiqlarni savodli tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. 
Boshlang'ich sinflarda musiqa savodi ya'ni nazariyasiga oid bilimlar quyidagi bosqichlar 
bo'yicha o'rgatiladi: 
1. Bolalar diqqatini musiqaning asosiy ifoda vositalari kuy registrlar, temp, ritm, dinamik 
belgilar, nota belgilari, cho'zimlari, nota chizig'i, klitlar va boshqalarga qaratiladi. 
2. Ovoz sozlash va qo'shiq ijro etish qoidalariga mansub bo'lgan bilimlar, chapak va cholg'u 
asboblar chalish qodalariga amal qilishga o'rgatish. 
3. Musiqa asarini ijodkorlari bo'lmish "kompozitor yoki bastakor", "ijrochi", "tinglovchi" 
kabilarning o'rnini, ahamiyatini o'rganiladigan asar g'oyaviy badiiy mazmuni bilan bog'liq 
ravishda kerakli ma'lumotlarni musiqa savodi amaliyoti orqali o'rganib borish. 
Musiqa darslarida belgilangan ushbu pedagogik maqsadlar barcha musiqiy faoliyatlar 
yaxlitligida olib borilganda o'quvchilarning o'z ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish 
jarayoni samarali kechadi. 
Masalan, birgina qo'shiq kuylash faoliyatini olib qaraylik. Biror qo'shiq o'rgatishdan avval 
o'qituvchi shu qo'shiqning ijodkorlari haqida gapirib beradi. Bu yerda musiqa savodining bir 
bo'limi musiqa tarixi ishtirok etadi. O'rganilayotgan qo'shiq notasi va so'zi doskaga yoziladi. 
Keyin magnitafon yozuvida yoki o'qitvchi ijrosida qo'shiq tinglanadi. O'z-o'zidan musiqa 
tinglash faoliyatiga duch kelamiz. Qo'shiq tinglangandan so'ng o'qituvchi yordamida 
o'quvilarning kuyning xarakteri, ifodaviy vositalari qaysi janrga tegishli ekanligini aniqlaydilar. 
Bu yerda esa musiqa asarlari taxliliga oid bilimlarga murojat etamiz. 
Bu jarayonni amalga oshirishda tafakkur, diqqat, xotira, musiqiy eshituv va badiiy-emosional 
ko'tarinki ruh muhim rol o'ynaydi. Pedagogika va psixologiya fanlari shuni ta'kidlaydiki, 
bolalarda musiqiy, badiiy va nazariy malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishning barcha 
turlariga bu narsalar bevosita aloqadordir, qolaversa butun ta'lim jarayonini bularsiz tasavvur 
etib bo'lmaydi. Musiqa darslarida hotirani kuchaytirish va rivojlantirishning asosiy 
uslublaridan biri darslarni soddadan-murakkabga, quyidan-yuqoriga qarab borish 
prinsiplariga asoslangan holda uyushtirishdir. 
Musiqa darslarida o'quvchilarni o'z ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirishda musiqa 
tinglash faoliyat turining ham salmog'i katta. Uning nazariy va amaliy asoslari mazmunini 
quyidagicha yoritish maqsadga muvofiq. 
Katta tajribaga ega bo'lgan o'qituvchilar va musiqa pedogogika bo'yicha tadqiqotlar olib borish 
pedogog olimlarning fikrlarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, musiqa ta'limi va tarbiyasi 
tizimidagi darslarni, xususan 1-sinfdan boshlab musiqa darslarini metodik jihatdan to'g'ri 
tashkil etishda tinglanadigan asarlarni tuzilishi, badiiy-g'oyaviy mazmuni va ularni bolalar yosh 
xususiyatlariga mosligi va ta'sirchan ijrochi hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan ularning 
xulosalariga ko'ra musiqa tinglash jarayonini quyidagi bosqichlarda bo'lishi mumkin: 
1. Tinglanadigan asar haqida o'qituvchining kirish so'zi (bunda o'quvchilarga musiqa janri, 
tuzilishi nima haqidaligi, mualliflari, asarni yoritish tarixi haqida so'zlab beradi.) 
2. O'qituvchi ijrosida yoki texnik vosita orqali musiqani tinglash. 
3. Tinglangan asarni suhbat munozara va bahs bilan musiqiy va g'oyaviy -badiiy jihatdan oddiy 
thahil qilish. 




Yüklə 248,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin