Ilarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish



Yüklə 248,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix14.10.2023
ölçüsü248,44 Kb.
#155602
1   2   3   4   5   6   7
ZDIFT0513

 
50 
 
 
 
badiiy xususiyatlarini ochib bera olmasa tinglovchida yaxshi taassurot qoldira olmaydi. Bunday 
asar quruq, go'yo jonsiz, ruhsiz oddiy bir ko'rinishga ega bo'lib qoladi. Buning uchun sozanda 
o'z cholg'usini yaxshi bilishi va shtrixlarning ifodalilik xususiyatlarini yaxshi egallagan, ularni 
kerakli darajada qo'llay bilish, hamda tiniq ohangdor yig'ilgan tovushni kosil qila olishi va uni 
boshqara bilish kabi malakalarni to'liq o'zlashtirgan bo'lishi kerak. 
Bunday malakalarni o'zlashtirish juda murakkab bo'lib, u muayyan vaqt talab etadi. Tajribada 
ijro texnikasi yuksak darajada, lekin kuyni his qila olmaydigan sozandalar uchrab turadilar. 
O'qituvchi o'quvchi bilan shug'ullanar ekan har bir mashg'ulotda o'quvchining musiqani his qila 
olish va uni sezish kabi nozik tuyg'ularini uzluksiz ravishda tarbiyalab borishi kerak [4,109b]. 
Har bir kuyning, har bir cholg'uning o'ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari mavjud. 
Cholg'ularning rang-barang koloriti xususiyatlari ularning o'zigagina xos bo'lgan asarlarni 
chalish imkoniyatini yaratadi. Shunday ekan har bir sozanda o'z cholg'usini yaxshi bilishi kerak. 
Kuyning dinamikasidan tortib har bir shtrixlarni qo'llashgacha bo'lgan barcha ijro etish 
usullari, badiiy ifodalilik vositalari bo'lib xizmat qiladi ya'ni sozning holati, tovush sifatining 
buzulib qolmasligini doim nazorat qilib turushi lozim. O'quv davrida ma'lum o'quv rejasidagi 
kuylarni o'rganmasdan o'quvchining musiqiy ongini o'stirish, xotirasini va ritmni his qilish 
hamda eshitish qobiliyatlarini ham tarbiyalab va rivojlantirib borishga alohida e'tibor 
qaratmog'i lozim. Buning uchun o'qituvchining o'zi dars jarayoniga ijodiy yondoshib 
o'quvchilarni sinchiklab kuzatib borishi va maqsadga erishishning har xil imkoniyatlarini 
topishi mumkin. Shulardan ayrimlariga e'tiboringizni qaratamiz. 
1. O'quvchiga biron - bir asarni o'qituvchining o'zi ijro etib berib, birgalikda tahlil qilish va 
o'quvchilarga badiiy tomonlarini tushuntirib, mazmunini aniqroq ochib berish ya'ni 
o'quvchining dunyoqarashiga, his-tuyg'ulariga moslab asardagi musiqiy jumlalarni obrazli 
qiyoslab berish. 
2. Magnit tasmalardagi kuy va qo'shiqlarni o'quvchilar bilan tinglab, uni muhokama va tahlil 
qilish yoki bir asarni cholg'udagi 2-3 xil ijrolarini solishtirib ularning farqlarini, kamchiliklarini 
va afzalliklarini tushuntirib berish. 
3. Iloji boricha o'quv rejasidan tashqari o'zbek xalq kuylaridan biron-bir asarni hamma 
o'quvchilar bilan notasiz og'zaki an'anada o'rganish va chalish. 
4. O'quv muassasasi doirasida va undan tashqaridagi konsertlarda chiqish va konsertlarni 
tinglash. Konsertdan keyin albatta o'qituvchi konsert ijrochiligini tahlil qilib berishi va undagi 
yaxshi ijrolarni o'quvchilarga ko'rsatib berishi o'zining yaxshi natijasini beradi. Lekin shunga 
qaramay tajribali o'qituvchi va mohir sozandalarning ta'kidlashlaricha o'quvchiga 
tushuntirilayotgan musiqani o'qituvchining o'zi qanday tushuntirgan bo'lsa shunday ijro etib 
ko'rsatib berishi asarni ijrosini tez o'zlashtirib olishida eng asosiy omil hisoblanadi. Aynan ana 
shu jarayon orqali o'qituvchiga bo'lgan cheksiz hurmat, kasbiga bo'lgan qiziqish va intilish 
paydo bo'ladi. 
5. Faqatgina o'zbek xalq cholg'u asarlarini tahlilqilmasdan boshqa cholg'ulardagi ijrolarni 
konsertda yoki magnit yozuvlarda eshitish va ularni tahlil qilish. Xuddi shu ijrodagi asarni 
o'zbek xalq cholg'u asboblari ijrosida eshitish va ulardagi badiiy ifodalilik imkoniyatlarini, 
vositalarini va shtrixlarini taqqoslab ko'rish va tahlil qilish. 
Shu o'rinda o'zbek xalq cholg'ularidan ayrimlarining ijrochilik xususiyatlariga alohida to'xtalib 
o'tamiz. 




Yüklə 248,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin