47 Musiqani nazariy amaliy ijrochilik tomondan bir butunlikda, uzviylikda o'zgartirib borish
o'quvchilarni kelgusi faoliyatida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham musiqa darslarini olib
boruvchi o'qituvchilar eng avvalo, musiqa nazariyasi va metodikasidan yuqori malaka ega
bo'lishlari talab etiladi. Dars jarayonida har bir mavzu mazmunida o'zlashtirish lozim bo'lgan
musiqiy, musiqiy-nazariy bilimlarni mazmun va mohiyatini anglagan holda musiqaning ifoda
vositalari (ifoda "til") musiqa adabiyoti bilan yaqindan tanishib borish o'quvchilarni hayotni
musiqiy obrazlar orqali qanday aks etishi haqida zarur tushunchalarni egallashlariga, musiqiy
tasavvur, obrazli his etishlariga olib keladi[2]. Bizga ma'lumki "musiqa madaniyati" darslari bir
necha faoliyatlar negizida tashkil etiladi. Bu faoliyatlar tarkibida qo'shiq (jamoa bo'lib) kuylash,
musiqa tinglash va musiqa savodi yetakchi faoliyatlar hisoblanib, o'quvchilarga dastur va
darslik bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim va tushunchalarni yetkazishga yo'naltirilgan
bo'ladi. Shu o'rinda musiqa savodi faoliyatida amalga oshiriladigan ta'limiy va tarbiyaviy
vazifalarga qisqacha to'xtalib o'tishni lozim deb topamiz.
Musiqa madaniyati darslarining musiqa savodi faoliyatida asosiy maqsad o'quvchilarni nazariy
(musiqaning elementar) qoidalarini, ya'ni nota yozuvi bilan bog'liq ifoda vositalarini
o'zlashtirib borishlariga asoslanadi. Musiqa savodi faoliyatida amalga oshiriladigan pedagogik
faoliyat o'quvchilarning musiqiy tafakkur va musiqiy dunyoqarashi, musiqiy xotira, musiqiy
idrokini shakllanishiga xizmat qiladi. Bu faoliyatda o'quvchilar musiqa asarining yaratilish
tarixi, musiqaning ifoda vositalari, ritm, metr, o'lchov, registr, lad, temp, nota yo'li, nota
cho'zimlari, tovushlar balandligi, sanalishi, ijodkorlari, ijrochilari haqidagi bilimlarni
o'zlashtiradi.
TADQIQOT NATIJALARI. Darsda belgilangan pedagogik maqsadlar, musiqiy faoliyatlar uzviy
yaxlitlikda olib borilganda o'quvchilarda musiqiy va musiqiy-nazariy bilimlarni o'zlashtirish
orqali o'z ustida ishlash jarayoni samarali kechadi.
Bu o'rinda:
- musiqiy qobiliyatlarni riojlantirish;
- o'quvchilarning musiqani idrok etish malakalarini o'stirish;
- qo'shiq kuylash malakalarini (vokal-xor) rivojlantirish;
- musiqa nazariyasi asoslarini (elementar qoidalarini) o'rganish;
- musiqiy ritmni xis etish, unga mos xarakatlar bajarish orqali musiqiy q-qobiliyatlarni
rivojlantirish;
- musiqiy-nazariy bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni
shakllantirish;
- musiqaning g'oyaviy-badiiy mazmuni vositasida o'quvchilarda musiqiy dunyoqarashni
shakllantirish, estetik va ahloqiy tarbiyani amalga oshirishga erishiladi. Natijada o'quvchilarda
musiqa asarlari haqida mushoxada yuritishning boshlang'ich asoslari vujudga keladi.
Musiqa darslarida o'quvchilarning o'z ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirishda
boshlang'ich
sinflarda
o'quvchilarning
musiqiy,
musiqiy-nazariy
savodxonligini
rivojlantirishning metodik shart-sharoitlari olib borilgan tajriba-kuzatuv ishlarining tahliliy
xulosalariga tayangan holda umumta'lim maktablari musiqa darslari jarayonida o'quvchilarda
nazariy bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishning shakl va uslublari aniqlandi. Boshlang'ich
sinf musiqa darslarida musiqa savodi faoliyatining asosiy negizi va pedogogik maqsadi yangi