12) moydan va zinalarining joylashishi va mustahkamligi;
13) tortqilarining texnik holati.
Burg‘ilash minoralarni yig‘ish
Bashenli turdagi minoralrni yig‘ishning eng qulay usuli
yuqoridan pastga
qarab yig‘ish hisoblanadi. Bu usulda minoralarni yig‘ishdan
oldin minora
poydevoriga ko‘targich o‘rnatiladi.
Balandligi 41 metrgacha bo‘lgan minoralar PVK-1, 53 metrgacha bo‘lgan
minoralar esa PVK2-45 ko‘targichi yordamida yig‘iladi. Minoralarni yig‘ish bilan
bir vaqtda kranblok maydonchalari, ayvon, chiqish zinopoyalari, sim to‘siqlar ham
quriladi.
Burg‘ilash minoralarini qismlarga ajratish
Burg‘ilash ishlari tugatilgandan keyin, talab qilinsa minoralarni qismlarga
ajratish jarayoni amalga oshiriladi. Bunda minoraning yon bag‘ir korpusi – tirgavich
sifatida foydalaniladi. Minoraning oyoqlarini tushirish uchun minora oyog‘i zamini
quduq og‘zidan
navbatma-navbat, asta-sekin minoraning ustki qismi yonbag‘ir
tomiga yotganga qadar suriladi. Keyin oyoqlar
mahkamlangan bolt-shkvaren
chiqarib olinadi. Oyoqlar esa alohida-alohida qilib ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: