MA’RUZA №2
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG‘ ILASH USKUNALARINI
TARKIBI VA ASOSIY VAZIFALARI
Burg‘ilash minorasi va burg‘ilash quvurlar birikmasini tushirish va ko‘tarish
asbob-uskunalari
Burg‘ilash quduqlarini kovlash jarayoni burg‘ilash quvurlar birikmasini,
mustahkamlovchi quvurlarni va asbob-uskunalarni quduqga tushirish va ko‘tarish
hamda ularni og‘irligi bo‘yicha tutib turish kabi ishlar bilan kuzatiladi.
Foydalaniladigan asbob-uskunalarning og‘irligi bir necha o‘n tonnalarni
tashkil qiladi. Burg‘ilash arqonlarga tushadigan yukni kamaytirish va dvigatel
quvvatini pasaytirish uchun ko‘tarish (minora, chig‘ir, tal sistemasi qo‘zg‘almas va
qo‘zg‘aluvchan kronblok, osma arqoni, ilgak va shtrap) qurilmalaridan
foydalaniladi.
Burg‘ilash minoralari
Burg‘ilash minoralari mustahkam metall quvurlardan va profillik prokat
metallardan yasaladi. Hozir ularning ikki turi ishlatilmoqda: 1) to‘rt oyoqli kesik
piramida shakllik (bashenlik); 2) A-shakllik.
Burg‘ilash minoralarining asosiy vazifalari:
1) quduqga burg‘ilash quvurlarini, quduq tubi dvigatel, burg‘i va boshqa
asbob-uskunalarni tushirish va ko‘tarish, ularni ko‘tarib, bir holatda ushlab turish;
2) burg‘ilash quvurlarini o‘z ichida saqlab, suyab turish;
3) mustahkamlovchi quvurlarni quduqga tushirish;
4) burg‘ilash jarayonida zarur bo‘lgan buyum va jihozlarni joylashtirish,
ko‘tarib tushirish.
Burg‘ilash minoralarining turlari va konstruktsiyasi minora ko‘taradigan
yukning og‘irligiga qarab har xil bo‘ladi. Burg‘ilash aslahalari yig‘indisi tarkibiga
kirgan minoralar A-shakllik bo‘ladi.
Agar zavoddan komplektlangan burg‘ilash aslaha yig‘indisi olinmasdan,
ularning qismlari olinadigan bo‘lsa, unda to‘rt oyoqli minoralar ishlatiladi.
Burg‘ilash minorsi konstruktsiyasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi
lozim:
1. Minoralarining texnik xavfsizlik qoidalariga to‘liq javob beradigan
konstruktsiyasi va o‘lchamlarga ega bo‘lishi;
2. Minoralarning quduq chuqurligiga mos keladigan balandliklariga ega
bo‘lishi;
3. Burg‘ilash va mahsus ishlarni (quvurlarni mustahkamlash, quvurlarni
ko‘tarish, xalokat ishlari) bajarishda hamma yuklarni ko‘tara olish qobiliyatiga ega
bo‘lishi;
4. Burg‘ilash mexanizmlarini to‘g‘ri joylashtirish uchun kerakli
o‘lchamlarga malik bo‘lishi;
5. Ishchi xodimlarni va mexanizmlarni obi-havo xodisalaridan saqlash;
6. Minoralarni yig‘ish, qismlarga ajratish, bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chirish uchun qulay bo‘lgan konstruktsiyalarga ega bo‘lishi.
VM-41 rusumidagi to‘rt oyoqli burg‘ilash minorasining sxemasi 3.11-
rasmda, A-shakldagi ikki oyoqli burg‘ilash minorasi sxemasi esa 3.12-rasmda
tasvirlangan.
3.11-rasm. Balandligi 41 m bo‘lgan VM-41 rusumidagi to‘rt oyoqli burg‘ilash
minorasi:
1 - oyoqlari; 2 - chig‘ir; 3 - balkon (ayvon); 4 - kronblok osti maydonchasi; 5 –
yig‘ish chorpoyasi; 6 – ko‘ndalang belbog‘; 7 - tortuvchi belbog‘; 8 – zinalar.
3.12-rasm. A-shakldagi ikki oyoqli burg‘ilash minorasi:
1 – ko‘tarma ustun; 2,3,4,6 – machtalar seksiyasi; 5 – o‘t o‘chirishga xizmat
qiladigan zina;
7 – kronblokni ta’mirlash uchun yig‘ish chorpoyasi; 8 - kronblok osti ramasi;
9,10,14 – tortib turuvchi;
11 - tortib turuvchi arqon; 12 – tonnel zinasi; 13 – balkon (ayvon); 15 – himoya
kamari; 16 – zinalar;
17 – sharnir.
3.4 jadvalda to‘rt oyoqli kesik piramida shakllik minoralarning va 3.5 jadvalda
A-shakllik minoralarning asosiy ko‘rsatkichlari berilgan.
3.4- jadval
To‘rt oyoqli kesik piramida shaklidagi burg‘ilash minoralari
Parametrlari
VM-
41M
VBO-42-
200
4VB-53-
320
VB-53-
320
VBA-53-
320
VBA-
58-300
Yuk ko‘tarish
qobiliyati, t
200
200
300
320
320
400
Balandligi, m
41
42,5
53
53
53
64
Oyoqlar orasining o‘lchovi:
Yuqori tomonida,
m
2x2
2,2x2,2
2x2
2x2
6,2x3
5x5
Ostki tomonida, m
8x8
8x6,5
10x10
10x10
10x10
16,5x16
Balkonning
balandligi, m
22
22,5
35
35
34
39
Seksiyalar soni
10
7
12
9
10
11
Og‘irligi, t
31,4
29,0
50,5
40
52
107
3.5 jadval
A-shakldagi burg‘ilash minoralari
Parametrlari
VM40-
185Br
VM45-
185Br
VA-41-
170
VA-45-
200
VA-45-
250
VA-45-
320
Yuk ko‘tarish
qobiliyati, t
185
185
170
200
250
320
Foydali balandligi,
m
40,5
42,7
41
45
45
45
Balkonning
balandligi, m
22,5
23,0
20,7
24,1
24,1
20,4
Yerdan polgacha
bo‘lgan masofa,m
4
5,5
4,5
6,2
6,2
7,0
Oyoqlar orasining
o‘lchovi
7,2
9,0
9,2
10,3
10,3
10,3
Og‘irligi, t
18,6
33,7
25,7
27,1
30,7
44,1
Dostları ilə paylaş: |