O’zbekistonda noananaviy energiya manbai shamol energiyasidan foydalanish



Yüklə 47,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü47,66 Kb.
#203092
  1   2   3
12605 1 D231F5CBE580FE3B1B46E5654F3E3D097575C65A



O’zbekistonda noananaviy energiya manbai shamol 
energiyasidan foydalanish 
Ilhom Ismatovich Rahmatov
rahmatov.1961@mail.ru 
Nilufar Rasulovna To’xtayeva 
Buxoro Davlat universiteti
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada noananaviy energiya manbalaridan biri shamol 
energiyasidan foydalanish, dunyoda dolzarb muammolardan hisoblangan energiya 
resuralari muammosini qisman bo’lsada shamol energiyasi orqali hal yo’llari etish 
ko’rsatib berilgan.
Kalit so’zlar
: qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shamol energiyasi, elektr 
stansiyalari, intensivlik,
Non-conventional energy sources: use of wind energy 
 
Ilhom Ismatovich Rakhmatov 
rahmatov.1961@mail.ru 
Nilufar Rasulovna Tokhtayeva 
Bukhara State University 
 
Abstract:
This article shows the use of wind energy, one of the most 
unconventional energy sources, and the solution of the problem of energy resources, 
which is one of the most pressing problems in the world, at least in part through wind 
energy.
Keywords
: renewable energy sources, wind power, power plants, intensity,
Insoniyat paydo bo’lgandan buyon tabiatdagi tabiiy energiya manbalari bo’lmish 
quyoshni, shamolni, suv manbalarini va boshqalarni kuzatib kelgan. Ularga sig’inib, 
ba’zilarini, masalan, quyoshni, olovni xudo o’rnida ko’rganlar, ulardan foydalanish 
yoilarini izlaganlar. Turar joylarni quyoshga qaratib qurish, quyosh nurida suv isitish, 
shamolda xirmon sovirish, shamol va suv tegirmonlari qurib ulardan foydalanish va 
boshqalar shular jumlasidandir. Mamlakatimizda birinchi boiib qaytalanuvchi energiya 
manbalaridan biri bo’lgan suv energiyasidan foydalanish 1926 yili qurilgan Bo’zsuv 
gidroelektrostansiyasini ishga tushirishdan boshlandi. 1987 yilda esa 3 000°C dan ortiq 
issiqlik to’playdigan dunyoda eng katta quyosh pechi ishga tushirildi. Hozirgi kunda 
mamlakatimizning Samarqand viloyatida 400 gektar maydonga quvvati 100 000 MW 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
506


ga teng quyosh elektrostansiyasi uchun Osiyo taraqqiyot bankining investitsiyalari 
kiritildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Karmana tumanida quvvati 110 MW 
bo’lgan 100 mln $ ga 168 ga yerga Quyosh Elektrstansiyasi qurilib ishga topshirildi 
2021 yil 26 avgustda. Kichik quvvatli quyosh energetik qurilmalaridan 
respublikamizning barcha burchaklarida foydalanilmoqda. Shamol energiyasidan 
foydalanish nazariyasi va usullari 1950-yillarda ishlab chiqilgan boiib, 
Respublikamizda birinchi shamol energetik qurilmalaridan 1983-yilda Navoiy viloyati 
Tomdi tumani chorvadorlari foydalana boshlashdi. Chorva mollarining go’ngi, qishloq 
xo’jalik mahsulotlarining qoldiqlari hisobiga biogaz ishlab chiqarish va undan 
foydalanish esa 1987-yillardan boshlab amalga oshirila boshladi. Mamlakatimizda 
noana’naviy va qayti tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish va ulardan foydalanish 
misli ko’rilmagan tusda o’ziga xos ravishda tobora ommalashib bormoqda. 
Noana’naviy va qayla tiklanuvchi energiya manbalariga energetik obyektlar qurish va 
ulardan foydalanish uchun chet el va xalqaro banklarning investitsiyalari kiritilmoqda. 
Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risida 
Prezidentimizning 1995-yil 28-dekabrdagi 476- sonli «Olzbekiston Respublikasida 
kichik gidroenergetikani rivojlantirish haqida»gi 2001-yil 22-fevralda «Energetikada 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to’g’risida»gi

2013-yil 1-martdagi «Muqobil 
energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonlari 
qabul qilindi.
O’zbekistonda emas balki dunyoda dolzarb muammolardan hisoblangan energiya 
resurslari muammosi kundan kunga aholi sonining o’sishi, aholining texnikaga bo’lgan 
talabining ortishi, ko’plab ish jarayonlarining avtomatlashtirilganligi bunga sabab 
bo’lmoqda. O’zbekistonda ham yildan yilga elektr energiyaga bo’lgan talab oshmoqda. 
Biz hozirgi kunda yurtimizdagi elektr energiyaning 80% ini issiqlik elektr 
stansiyalaridan ko’mir, gazlarni yoqish hisobiga olamiz. Bu yoqilayotgan manbalar 
qayta tiklanmaydigan manbalar hisoblanadi. Bunday qayta tiklanmaydigan energiya 
manbalaridan foydalanib uzoqqa bora olmaymiz. Yaqin yuz yilga bu zahiralar yetish 
yetmasligini taxmin qilib aytish mumkin xolos. Bu manbalar tugasa nima bo’ladi? 
Shuning oldini olish uchun hozirdan qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni 
yo’lga qoyishimiz kerak. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan quyosh va shamol 
energiyasidan foydalanishimiz mumkin.
Shamol energiyasidan O’zbekistonda deyarli foydalanilmaydi. So’ngi 
malumotlarga qaraganda O’zbekistondan ham shamolning doimiy oqimi o’tgan, biz 
undan samarali foydalanishimiz kerak. O’zbekistonda shamol energiyasidan shamol 
tezligining pastligi, doimiy emasligi foydalanmaslikka sabab dep ko’rsatiladi. Tog’ri 
shamol energetikasidan foydalanayotgan mamlakatlarda shamol tezligi yuqori va 
doimiy boladi. Lekin shu holatda ham O’zbekistonda shamol energiyasidan 
foydalanish mumkin. Bizga ma’lum dastlabki shamol parraklaring aylanish oqi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
507


vertikal joylashgan keyinchalik unda tormoz tizimi ya’ni shamol kuchaygan paytida 
uni toxtatib bo’lmasligi uchun undan voz kechilib aylanish oqini gorizontal joylashtirib 
toxtatish uchun shamol oqimidan boshqa tarafga burish hisobiga foydalanar edi. Biz 
yurtimizda shamol tezligini past bolishi hisobga olib shamol parraklari oqini vertikal 
joylashtirsak boladi Bizda tormoz tizimi shart bo’ladigan darajada shamol bolmaydi. 
Parrak aylanish oqini vertikal qo’yishimiz bilan yurtimizning shamol tezligi yiliga 5-6 
m/s tashkil etadigan hududlarida ham shamol energiyasidan foydalanishimiz mumkin. 
Ma’lumot uchun: Ko’pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4m/s dan yuqori 
tezlikdagi shamol yordamida ishlaydi. Shamol generatorlari 8-25m/s tezlikda esadigan 
shamol yordamida maksimall quvvatga ega bo’ladi. Odatda shamol generatorlarining 
maksimal ishlash tezligi 25-30 
m/s
 ni tashkil qiladi 
Shamol energiyasidan foydalanish afzalliklari: 
1. Bu qayta tiklanuvchan energiya manbayi 
2. Shamol elektrostansiyasini qurish uchun maxsus maydon shart emas 
3. Elektr stansiyalardan uzoqda joylashgan yerlarga qurish mumkin. Bu orqali 
elektr ustinlar, o’tkazgichlar va elektr energiyaning yetib borishidagi isrofi tejaladi. 
Ya’ni elektr energiyasi zarur bo’lgan nuqtaga shamol parraklarini o’rnatish mumkin.
4. O’zidan zararli chiqindilarni chiqarmaydi, havoni zaharlamaydi.
Kamchiliklari: 
1. Energiyaning uzliksizligi shamolga bog’liq (kichik quvvatlilarining dearliy 
boshqa zarari yoq)Shulardan kelib chiqgan holda O’zbekistonda ham Shamol 
energiyasidan foydalanish samara beradi deb aytishimiz mumkin 
Insoniyat suv energiyasi va bug’ dvigatellaridan ancha oldin shamol 
energiyasidan foydalanib kelgan. Angliya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Gollandiya, 
AQSh va boshqa mamlakatlarda shamol energiyasi juda katta miqyosda, sanoat va 
qishloq xo’jaligida qo’llanib kelingan. Shamol energiyasidan foydalanish bo’yicha olib 
borilayotgan hozirgi ishlar alohida katta quvvatli shamol generatorlarini yaratish va 
ularning energiyasini ishlab turgan energiya tarmoqlariga ulash va asosiy tarmoq 
sifatida foydalanishdan iboratdir.
Shamol - bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o’zgarib turishi 
natijasida havo massasining harakatidir.
Havo massasining Yer atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan 
turlicha baholangan. Shamollarning yillik nazariy zahirasi Yer yuzidagi barcha 
energiya zahiralaridan 100 marta ortiq bolib, 33x1014 soatni tashkil qiladi. Ammo bu 
energiyaning faqatgina 10-12% dan foydalanish mumkin. Hisoblarga ko’ra, parrakli 
shamol dvigatellarining shamol energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti 48% gacha 
bo’lishi mumkin, shamol qurilmalarining umumiy foydali ish koeffitsiyenti undan ham 
kichikroq ho’ladi. Shamol qurilmasi quvvatini parraklar soni emas, balki ish g’ildiragi 
diametri belgilaydi. Shamol agregatining quvvati shamol tezligiga to’g’ri, ish g’ildiragi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
508


parraklari soniga teskari proporsionaldir. Havo oqimi hosil qiladigan mexanik 
energiyani elektr energiyasiga aylantirish shamol elektrostansiyalari yordamida 
amalga 
oshiriladi. 
Bir 
necha 
shamol 
qurilmalarining 
yig’indisi 
shamol 
elektrostansiyasi ni tashkil qiladi. Shamol qurilmalarining asosiy ishchi qismi shamol 
g’ildiragi hisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, shamol g’ildiragi tomonidan qabul 
qilinayotgan shamol oqimi shamol g’ildiragining diametri bilan aniqalanadi, undagi 
parraklar soni hech qanday ahamiyatga ega emas. Hozirgi kunda ish g’lldiragi diametri 
1, 064 m bo’lgan shamol qurilmalari mavjud.
Ko’pgina shamol generatorlari 3-4 m/s dan yuqori tezlik yordamida ishlaydi. 
Shamol generatorlari 8-25 

Yüklə 47,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin