m/s tezlikdagi shamol yordamida maksimal quvvatga ega
bo’ladi. Odatda, shamol generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30
m/s ni tashkil
qiladi. Shamol energetikasi ekologik toza energiya manbaidir. Ammo shamol
elektrostansiyalari uchun juda katta hududlar zarur (shamol energetik qurilmalarining
bir-biridan uzoqda joylashishi va ular orasidagi masofa ish g’ildiragi diametrining 6-
18 barobariga teng boiishi kerak). Masalan, ish g’ildiragi D=100
m bo’lgan shamol
energetik qurilmasi uchun 5-7
km 2 hudud kerak. Butun boshli shamol elektrostansiyasi
uchun esa o’nlab km2 hudud zarur. Boshqa bir noqulay tarafi - ish g’ildiragi shovqin
chiqarib va havoni tebratib ishlashi natijasida tele- va radioeshittirishlarga xalaqit
beriladi. Shamol energiyasidan foydalanish bo’yicha Germaniya birinchi o’rinni
egallab kelmoqda. Bu mamlakatda shamol energiyasini ishlab chiqarish yiliga 500-
1500 MW ga ko’paymoqda, hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan energiya miqdori 2
mln
. kW/soat dan oshib ketdi.
Hozirgi kunda shamol elektrostansiyasini qurishga ketgan mablag1 qoplangandan
so’ng, 1 kW elektr energiyasining narxi 0, 10+0, 07 dollarga teng bo’lgandagina
shamol energetikasi samarali hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida birinchi bo’lib Chorvoq suv omborining dam olish
zonasida (Toshkent viloyatida) eng katta shamol energoqurilmasi o’rnatildi. Quvvati
750 kW/soat bo’lgan shamol energoqurilmasini o’rnatish Janubiy Koreyaning «Doojin
Co. LTD» kompaniyasi yordamida olib borildi. Shamol energoqurilmasi
maydonchasiga 40
m balandlikdagi minoraga shamol tezligini o’lchovchi
anemometrlar
va
boshqa
nazorat-o’lchov
asboblari
o’rnatilgan.
Shamol
energoqurilmasi bir yilda 12, 3 million kW/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi,
natijada 700
mln m3 tabiiy gaz tejaladi