“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi
Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda
maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy
faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi
bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim
muassasalarida:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib,
I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va
vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat
hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi
qonunchilik tartibida tasdiqlanadi
1
.
Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab
berilgan.
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat
o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish
va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli
bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro
hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.