Ilk qadam” davlat o’quv dasturiga muloqot ta’lim tarbiya jarayonini rejalashtirish reja



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#100041
  1   2   3
“ILK QADAM” DAVLAT O’QUV DASTURIGA MULOQOT TA’LIM TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH


ILK QADAM” DAVLAT O’QUV DASTURIGA MULOQOT TA’LIM TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH
Reja:

  1. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ning mazmun-mohiyati

  2. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar

  3. Rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.


Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
Rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PK-2707-son" 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risida"gi nizomi va “Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi.

Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi:


- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;


- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;


- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehribonlik” uylari.


- maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi


o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim. Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.


Davlat talablarining asosiy vazifalari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'limtarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Davlat talablarining tamoyillari:
- bolaning noyobligi;
- "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol roli;
- bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi;
- bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual variativlik asosida yondashuv.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar:
- Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishlari.
- Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon:
- rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologic jarayonlar hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar:

- rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi;


- kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va maiakalar
ko'rsatkichi;
- bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bilimi, ko'nikmasi va malakalar hamda qadriyatlari:
- integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik:
- inklyuziv ta'lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta'lim va tarbiya olinishini teng ta'minlovchi jarayon;
- "Men" konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi;
- refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat.

- jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;


- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;


- nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:


- bilish jarayonining rivojlanishi;


- ijodiy rivojlanish.


I. “Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining


shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohachalarga bo'linadi:


- Yirik motorikani rivojiantirish;
- Mayda motorikani rivojiantirish;
- Sensomotorikani rivojiantirish;
- Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik.
- Yirik motorikani rivojiantirish - bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon bo'lib), sakrash (uzunlikka va balandlikka), zina bo'ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o'zining tana a'zolarini boshqarishni o'rganadi.
- Mayda motorikani rivojiantirish - bunda bola biror bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, olish, yopish, qirqish, bo'lish) uchun o'z qo'llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi.
- Sensomotorikani rivojiantirish - bunda bola o'z harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko'rish, eshitish, qo'l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi.
- Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni rivojlantirish – bunda bola o'z sog'Iig'ining muhofazasiga ta'sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarini egallaydi.
- Bola hayoti xavfsizligini ta'minlash
-o'zini himoya qilish, shikastlanishni oldini olish (daraxtlarga chiqmaslik, zinaning panjarasini ushlab tushish, qaychi va boshqa predmetlardan

extiyotkorlik bilan foydalanish) kabi vazifalar yoritilgan. Bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va uning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish, bolalarning jismoniy rivojlanishi bo'yicha ota-onalar bilan hamkorlik qilish, sog'lom turmush tarzining muhimligini tushuntirish va uni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish.


II. "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalari”
- "Men" konsepsiyasi:
- hissiyotlar va ularni boshqarish;
- ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
III. "Nutq. Muloqot, o'qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi;
- nutq va til;
- o'qish malakalari;
- qo'l barmoqlari mayda motorikasi.
IV. "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi qo'yiladi kichik sohalarga bo'linadi;
- intellektual-anglash malakalari:
- elementar matematik malakalar:
- tarkibiy va samarali refleksiv faoliyat.
1. Elementar matematik bilim va ko'nikmalar – bunda bolaning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivojlantirish orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini, son-sanoq, miqdor, shakl, kattaliklar va o'lchov birliklaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga erishiladi, bola son-sanoq va hisoblashga oid bilimlarini namoyon qilishi, predmetlarni toifalash, guruhlash va tartib bo'yicha joylashtirish qobiliyatini namoyon qilishi lozim.

2. Atrof-muhit to'g'risidagi bilimlar - bunda bola kuzatish va amaliyot orqali atrof-muhit to'g'risida axborot oladi, jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta'riflay olishi, inson tana a'zolarini bilishi lozim.


3. Ijod - bunda bola milliy madaniy meros va madaniyatni hurmat qilishga va o'z hissiyotlarini musiqa, teatr va tasviriy faoliyat orqali ifodalashga o'rganadi. Bola turli tovush va ovozlarni, tovushlarning balandligi va tembiga ko'ra farqlay olish, jamoa bo'lib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qiziqish bildirishi, cholg'u asboblarida chalish malakalarini namoyon etishi, amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi lozim.
4. O'yin faoliyati - Boladagi ijodkorlik layoqatini, o'yinlar uchun g'oyalar o'ylab topishini, yangi o'yinlar tashkil etish istagini rag'batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil o'ynashga, o'yinchoqlari bilan o'rtoqlashishga odatlantirish. Bolaga o'yinlarda o'z imkoniyatini haqqoniy baholashga va achchiqlanmasdan mag'lubiyatni tan olishni o'rgatib borish. Mazkur Davlat talablari maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari turli yosh bosqichlari orqali yoriti
berilgan. Bunda asosiy psixologik xususiyatlari
- Fikrlash;
-Nutq;
- Ijtimoiy bilish jarayoni;
- Fiziologik sezgilar;
- Bilish obyektlari;
-Bilish usullari;
- Muvaffaqiyatli o'zlashtirish shartlari;
- Muloqot yuritish shakli;
- Tengdoshlari bilan munosabatlari;
- Katta yoshdagilar bilan munosabatlari;
- Nizolar mavjudligi;
-His-hayajonlar;

- O'yin faoliyati - bo'lib hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin