Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə16/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

Fikrlash. Ilgarigidek, yetakchi bo‘lib ko‘rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib so‘zli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U so‘zlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantig’ini tushuna olish mahoratining rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu yerda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bo‘lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining nomantiqiyligi mavjud bo‘lishi ma’lumdir. Maktabgacha bo‘lgan yoshda tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. To‘la holda so‘zli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash o‘smirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi, muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin bo‘ladi.
Tasavvur. Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o‘ziga xos faolligi bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo‘ladi, ya’ni, biron-bir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo‘ladi, keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo‘lgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir.
Nutq. Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo‘la boradi. So‘z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko‘p o‘qilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo‘ladi. Yozma nutq shakllana boshlaydi. So‘z boyligi taxminan 3000 ta so‘zgacha boyib boradi.
Shaxs rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o‘zgarish bo‘lib “harakatlar ichki rejasi”ning paydo bo‘lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat ko‘rgazmali tarzda, balki ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.
Bolaning o‘z-o‘zini anglashida “Men” obrazini anglashi refleksif qobiliyatini belgilaydi, ya’ni, tahlil qilishi, o‘z harakatlarining maqsadlari va natijalari uchun javob bera olishi, shu jumladan, o‘z kechinmalari, hissiyotlarini anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma’nan rivojlanishining asosi bo‘lib hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo‘ysundirilishi hisoblanadi. “Men qilishim kerak”, “men qila olaman” motivlarining anglanishi “men xohlayman” motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi.

Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin