“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 190
malakali xodim va mutaxassislarni tayyorlash hamda etkazib berishda oʼziga xos
oʼringa egadir. Taʼlim turizmi mamlakatlar oʼrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy
aloqalarni integrasiyalovchi xususiyatga egaligini ham taʼkidlash lozim.
Taʼlim turizmi bu turizmning oʼziga xos shakli boʼlib, asosiy maqsadi taʼlim
olish, oʼrganish, tajriba orttirish, oʼqituvchilar bilan talabalar oʼrtasida oʼzaro fikr
almashishini tushunish lozim. Bu faoliyat oʼz ichiga koʼplab taʼlim yoʼnalishidagi
turpaketlarni, urf-odat, madaniyat, simpoziumlar, seminarlar, akademik tadqiqotlar
doirasidagi loyihalarni qamrab oladi. Taʼlim turizmining asosiy maqsadi - bu sayohat
davomida taʼlim olish va oʼrganish hisoblanadi.
Taʼlim turizmi tushunchasi XВIII asr oxirlarida paydo boʼlgan boʼlib, boy ingliz
oilalarining (elitaning) farzandlari toʼliq bilimli va yaxshi tarbiyaga ega boʼlishi
uchun albatta 2-3 yil davomida Evropa mamlakatlari boʼylab sayohatga chiqishi
lozim boʼlgan. Hozirgi kungacha ham turizm sohasi yangi bilim va foydali
koʼnikmalarni olishning norasmiy usuli boʼlib qolmoqda, demak u taʼlim olish
xususiyatlarini oʼzida saqlab koladi va qamrab oladi.
Innovatsion iqtisodiyotda ham har bir shaxsning sifatli taʼlim olishga boʼlgan
xohishi yoki qoʼshimcha malaka oshirishga ehtiyoji taʼlimga boʼlgan talabni keltirib
chiqaradi, uni rivojlantirish va takomillashtirishga asos boʼladi.
Shu sababli taʼlim turizmi turizm iqtisodiyotida tez rivojlanuvchi sektor boʼlib,
butun dunyoda oʼz oʼrnini egallab bormoqda. Bizning nazarimizda, taʼlim turizmi
xizmatlariga boʼlgan talab va taklif doimiy ravishda oʼsib boradi va ushbu holat
milliy iqtisodiyot darajasida ham, xalqaro iqtisodiy aloqalar darajasida ham jadal
rivojlanadi.
Insonlarning taʼlim va malaka darajasi qanchalik yuqori boʼlsa, nufuzli ish va
yuqori toʼlovga ega boʼlgan ish qidirib topish imkoniyati shuncha yuqori boʼladi,
ijtimoiy va kasbiy harakatchanligi ham rivojlanadi. Mamlakatimizda taʼlim turizmi
xizmatlari sohasining rivojlanishidan nafaqat firma yoki tadbirkor manfaatdor balki
istiqbolda davlatning oʼzi ham manfaatdordir. Zero, taʼlim turizmi xizmatlarining
rivojlanishi natijasida mamlakat miqyosida katta ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy samaraga
erishiladi. Bizningcha bu samara quyidagilarda oʼzining yaqqol asosini topadi: davlat