“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 187
Flegmatik - senzitivligi sust, his-tuyg‘usi kam o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday
shaxsni kuldirish, jaxlini chiqarish, kayg‘iyatini bo‘zish qiyin bo‘lib, ko‘ngillsiz
hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin,
kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmasada, lekin serg‘ayrat,
ishchan, faol, chidamli, matonatlidir. Uning nutq va harakat sur’ati sust.
Melanholik - senzitivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz, arazchan, xafaqon,
jimgina yig‘laydi, kam kuladi, qat’iyligi va mustaqilligi zaig‘, tez toliqadi, ishchan
emas. Diqqati barqaror, his-tuyg‘usi sust o‘zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori
senzitivlik, yuqori tuyg‘uga beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo‘ladi. Mimika va
jestlar yaxshi namoyon bo‘lmaydi. Sust faollik. O‘z-o‘ziga ishonch yo‘q, arzimagan
narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat’iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati
tez buziladi.
Temperament va xarakter bir-biri bilan bog‘liq holda insonlarda o‘ziga xos
xarakter xususiyatini namoyon etadi. Temperamentning ba’zi bir jihatlari xarakter
xususiyatlarini namoyon etishda xizmat qiladi.
Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim -
tarbiyada shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament xususiyatlari
jamiyatning faoliyat turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament alohida olingan
har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning
butun faoliyatiga ta’sir etadi. Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib,
shaxsning atrofdagi voqelikka va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan,
muayyan sharoitda tipik xulqatvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual
psixik xususiyatlar yig‘indisidir (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg‘a»). Xarakter
hamisha shaxsning o‘ziga xos bo‘lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham
xarakter kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o‘zini qanday tutishini oldindan
ko‘rish imkonini beradi.
Xarakter tug‘ma bo‘lmaydi. Faqat layoqat nishonlari tug‘ma bo‘lishi mumkin,
ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. U kishining hayot va faoliyat
sharoitlariga bog‘liq holda tarkib topib, o‘zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir.