“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 107
amalga oshiriladi. Bunday mashg‘ulotlarning muvaffaqiyati kop jihatdan uni metodik
jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqir. Buning uchun avvalo o‘quvchilar qiziqarli
va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiy asar yoki ertakni tanlashi kerak.
Masalan, A. Mahkamovning “Ota vasiyati” yoki “Egri va To‘g‘ri” nomli o‘zbek xalq
ertaklari tanlanishi mumkin.(1-2 rasm).
Ertak mazmunini to‘liq o‘quvchilar ongiga yetkazish, undagi eng qiziqarli
syujetlarni topish, asar yoki ertak bilan bog‘liq unga yaqin illyustratsiyalarni
o‘quvchilarga namoish etish, ularni g‘oya, mazmun, kompozitsiya, rang jihatdan
tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Illyustrativ rasim ishlash mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘z e’tiborini o‘quvchilar
rasimlarini ijodiy xarakterda bo‘ishiga, asardagi personajlarni obrazli, o‘zlariga xos
xarakterli holatda tasvirlanishiga, ularni va tevarak-atrofadagi boshqa tasviriy
detallarni o‘zaro aloqadorlikda tasvirlashlariga qaratishi lozim. Shuningdek, ular
kompozitsiya qoidalariga rioya qilish, obraz va voqiyalarga mos ranglar tanlash,
rasmda planlikni etibordan qochirmasliklari lozim. Imkoni boricha asosiy obraz va
personajlarni yirikroq, uzoqdagilarini esa kichkroq qilib tasvirlash kerakligini
o‘quvchilar ongiga yetkazishi va uni o‘z rasmlariga tadbiq qilishlariga yordam berishi
muhimdir. Illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlarining yana bir muhim xususiyati
o‘quivchilarda fantaziya, obrazli tasavvurlarini o‘stirishga qaratilganligidir. O‘zbek
xalq ertaklari syujetlari asosida miniatyura usulida illyustratsiya ishlash dekorativ
rangtasvir orqali amalga oshiriladi. Illyustratsiya qalamtasvirda chizilgandan so‘ng
ranglanadi.