Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
121 
kunda yiliga 130 ming odam tug‘ilib, 50 ming odam o‘lmoqda, o‘rtacha ko‘payish 80 
ming kishini tashkil qilmoqda. Odam asossiz ko‘payib borayotgan mamlakatlar 
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda bir 
kunda aholi soni o‘ratcha 254 mingtaga ko‘paymoqda. Ko‘payayotgan aholining 40-
50 foizini yosh bolalar tashkil qiladi. Avlodlar davomiyligini ta’minlash maqsadida 
bir ayolga o‘rtacha 2,1 nafar bola to‘g‘ri kelishi kerak. 2011 yilda bu raqam 1,5 
nafarni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Irlandiyada (2,02), Fransiyada (1,96) va 
Buyuk Britaniyada (1,91) qayd qilingan. Baribir me’yordagidek emas. Qolgan 
mamlakatlardagi ko‘rsatkich bong urish darajasida. Demografik vaziyat Janubiy va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ayanchli ekani aytiladi. Avlodlar davomiyligi bilan 
bog‘liq ayanchli vaziyat Germaniyada (1,41) xam kuzatilmoqda. Mazkur 
statistikadan ko‘rinib turibdiki, bir qator Yevropa mamlakatlari xalqlarining 
kelajagini yorqin deb bo‘lmaydi. Agar tug‘ilish shu darajada davom etadigan bo‘lsa, 
40 yildan keyin Yevropa mamlakatlarining aholisi 100 million kishiga kamayadi. 60 
yoshdan oshgan fuqorolar soni 47 foizga ko‘payib, mehnatiga yaroqli fuqarolar 24 
foizga kamayadi. Bu o‘z navbatida sayyoraning oldingi qatorida turadigan 
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga, sog‘liqni saqlash sohasiga va harbiy qudratiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa, AQSh va Kanadaning jahon Yalpi Ichki mahsulotidagi 
hissasi 2050 yilda 30 foizdan kamayadi. Tahlilchilarning aytishicha, demografik 
muammolar bilan birgina Yevropa xalqlari to‘qnash kelayotgani yo‘q. Tez orada 
Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan, Singapur va hatto Xitoy ham mehnatga yaroqli 
fuqarolarga muhtojlik sezadi. 
Birgina AQSh muammoni bartaraf etishi mumkinligi qayd etilgan. Bu 
mamlakatda yaqin-yaqingacha bir ayolga 2,4 bola to‘g‘ri kelardi. So‘nggi ikki yilda 
bu ko‘rsatkich ancha pasaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining 
ko‘payishi cheklangan. G‘arbiy Evropa mamlakatlari aholisining sanoat tovarlari va 
tabiiy zahiralardan foydalanish darajasi bu hududdagi boshqa mamlakatlarga 
qaraganda 10 marta ziyod. 1984 yilda dunyoda donning yalpi miqdori 1 martaga 
oshgan bo‘lsa, odam soni 2 martaga oshdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish 
imkonlari juda kam. Och odamlar kundan-kunga oshib bormoqda. Ularning soni 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin