ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
142
xoʻjalik faoliyati taʼsirida doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Mehnat mahsuli sifatida sunʼiy
jamoalarni insonlar tashkil etib turadi.
1-rasm OʻzR FA Botanika instituti geobotanika labaratoriyasi[6]
Fitotsenoz doimiy boʻlmasdan uning tarkibi va tashqi koʻrinishi yillar va yil fasllari davomida
oʻzgarib boradi. Natijada bir xil turlar oʻrnini boshqalari egallaydi.
Bir fitotsenoz boshqasi
bilan almashadi bu jarayon suksessiya deb ataladi. Mavsumiy va yillik almashinuvlar
vaqtinchalik jarayon boʻlib, davriy ravishda takrorlanib turadi. Ular iqlim sharoitiga bogʻliq
holda avvalgi holatiga qaytishlari kuzatiladi. Tabiatda bir fitotsenozni
ikkinchisi bilan asta-
sekin almashinuviga olib keladigan qaytmas jarayonlar ham sodir boʻladi. Har bir fitotsenoz
shakllanib, rivojlanadi. Uzoq vaqt davomida baʼzilari sekinroq, baʼzilari
tezroq boshqa
fitotsenoz bilan almashinadi. Oʻsimliklar qoplamida bir xil fitotsenozlarning boshqalari bilan
almashinuviga olib keladigan qaytmas oʻzgarishlar almashinuvlar yoki suksessiya deb
nomlanadi. Suksessiya soʻzi lotinchadan olingan boʻlib, “ergashaman” degan maʼnoni
anglatadi. Suksessiyaga ichki va tashqi sabablar taʼsir oʻtkazadi.
Suksessiyaning tashqi
sabablariga geografik muhit, iqlim, odam faoliyatining taʼsiri, hayvonot dunyosining taʼsirlari
kirsa, ichki sabablariga esa yashash uchun kurash,
migratsiya, oʻsimliklarning koʻpayish
intensivligi kabi sabablar kiradi. Ekologlar odatda suksessiyani boshlanish nuqtasiga koʻra
farq qiluvchi ikki turga ajratishgan: Birlamchi suksessiya yangi yerning shakllanishi yoki
ochiq qoyaning paydo boʻlishida kuzatilib, u ilk bor ishgʻol qilinishi mumkin boʻlgan
tabiiy
muhitni hosil qiladi.Ikkilamchi suksessiyada dastlabki egallangan hudud buzilib,
undagi
jamoaning hammasi yoki koʻpchiligi nobud boʻlganidan keyin yana qayta
egallanadi.Suksessiyani ilk marotaba oʻrgangan ekologlar suksessiya
jarayonini oldindan
aytish mumkin, jamoa doimo bir xil ketma-ketlikdagi bosqichlarni bosib oʻtadi deb oʻylashgan.
Shuningdek, ular suksessiyaning oxirgi barqaror, yaʼni atrof-muhit bilan muvozanatda boʻlgan
holatini klimaks bosqichidagi jamoa deb nomlashgan va bu holat oʻsha joyning iqlimi bilan
belgilanadi deb hisoblashgan. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda yetilgan
eman va hikori
oʻrmoni muvozanatga erishgan, klimaks bosqichidagi jamoa hisoblangan.
References:
1.
SH.Tojiboyev, M.U.Tojiboyev va boshqalar. “Geobotanika”
2.
M.D.Jumaniyozova. “Geobotanika”
3.
fayllar.org
4.
arxiv.uz
5.
uz.m.wikipedia.org
6.
botany.uz
7.
eas9y.uz