Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#163391
1   2   3
Ilm-fan va innovatsiya 1040

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
141 
ekiladigan maydonlar fitotsenozning bir turi yaʼni agrofitotsenoz deb ataladi. Bunga sabab 
maydonlar inson xoʻjalik faoliyati natijasida sunʼiy yaratilgan maydonlardir. Fitotsenoz 
terminini 1954-yilda Sukachev fanga kiritdi. T.A.Rabotnov har bir fitotsenozdagi oʻsimlik 
turlarining yoshi, koʻrinishi, holatiga qarab 4 davrga boʻlgan; 
1.
Latent davri-urugʻ yoki sporaning tinim holatidagi davri. 
2.
Virgil davri-turlarning nihol holadidagi davri. Bu davrda urugʻpalla hosil boʻladi. 
3.
Generativ davri- oʻsimliklar hayotida urugʻ yoki spora hosil qilish davri.
4.
Senil (qarilik) davri-oʻsimlikning generativ koʻpayish xususiyatini yoqotish davri. [5] 
Geobotanika fani oʻsimliklarni ikki tomonlama oʻrganadi: birinchidan oʻsimliklarning tarkibiy 
qismiga kirgan oʻsimlik turlarini, ikkinchidan, oʻsimliklar jamoasini, qoplamini oʻrganadi. Shu 
nuqtai nazardan ikkita tushunchani anglash shart. 1. Oʻsimliklarflorasi Oʻsimliklar florasi 
oʻsimlik turlarining qadimdan hosil boʻlgan guruhi. Bu maʼlum geografik joyga tegishli boʻlib, 
uning hozirgi tabiiy sharoiti oʻtmishi bilan bogʻliq, er yuzasidagi boshqa floralar bilan doimiy 
munosabatda boʻladi. Flora tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklarning turlarini 
oʻz ichiga oladi. Qisqacha aytganda maʼlum bir joyda oʻsuvchi oʻsimlik turlarining yigʻindisi 
yoki roʻyxatini tushunamiz, Oʻzbekiston oʻsimliklarga boy oʻlka, olti jildlik „Oʻzbekiston florasi“ 
nomli yirik asarda koʻrsatilishicha mamlakatimizda 4148 turga mansub yovvoyi holda 
oʻsuvchi oʻsimliklar uchraydi. Respublikamizning boy xazinasi hisoblangan bu oʻsimliklar turi 
choʻl mintaqasidan tortib to yaylov mintaqasigacha keng tarqalgan. Oʻzbekistonning etuk 
botanik, geobotanik va sistematik olimi, akademik K. Z. Zokirov Zarafshon togʻining 
boshlanishidan uning quyi etagigacha boʻlgan erlardagi oʻsimliklar qoplamini uzoq yillar ilmiy 
yoʻnalishda oʻrganib, choʻldan yaylovgacha boʻlgan erlarda har xil oʻsimlik qoplamida 2600 ga 
yaqin tur uchrashini eʼtiborga olib toʻrtta; choʻl, adir, togʻ, yaylov mintaqalariga boʻlishni taklif 
etdi. Bu atamalarni butun Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo uchun qoʻllashni tavsiya qiladi. Biz 
hozirgi vaqtda qaysi region oʻsimliklar qoplamini oʻrgansak shu atamalarni keng qoʻllab 
kelamiz. Odatda mintaqalar maʼlum bir taksonomik birlikka asoslanadi. Yaʼni oʻsimliklar 
qoplamiga, jamoa tarqalgan tuproqqa, orografiyasiga, hamda dengiz sathidan balandligiga 
eʼtibor beriladi. 2. Oʻsimliklajamoasi. Oʻsimliklar jamoasi deganda er yuzasining har xil 
ekologik sharoitida oʻsuvchi oʻsimliklar uyushmasini tushinamiz. Oʻsimliklar qoplami inson 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin