“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 65 ~
yo’naltira olishni talab qiladi. Bugungi fan texnika va
ijtimoiy taraqqiyot davrida
yoshlarni jamiyatni barpo etishda ishtirokini ta’minlash bugungi kun maktabini har
qachongidan ham muhim vazifasidir.
Ma’lumki, kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari,
qiziqishlarini, shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta’minlash
zarurligini inobatga olgan holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to’g’ri yonaltirish
shaxsning hayotida to’ri yo’lni to’ishga imkon beradi. O’quvchilarni mustaqil mehnat
faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni o’zlarining qobiliyatlariga yarasha
to’ri tanlashlariga erishish uchun maktab o’qituivchilarining pedagogik mahorati, bilim
saviyasi, perseptiv, akademik, kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori bo’lishi, kasblar
bilan bog’liq fan to’garaklarining faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb – hunar
to’risidagi ma’ruzalarni tashkillash o’z
natijasini beradi, shuningdek, maktablarda “
Kasbim faxrim”, “Kasbim kelajagim dasturi” kabi mavzularda seminar - trening
mashg’ulotlari, suhbatlar va munozaralar o’tkazilishi, uchrashuvlar, kasb – hunarga oid
ko’rgazmalar tashkil etilishi, o’quvchilarda kasb tanlashga qiziqish hamda ishtiyoqini
uyg’otadi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirish ishlari
maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy psixologi, kasbga
yo’naltiruvchi mutaxassislar va o’qituvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
MUHOKAMA
Zero, atrofdagi yaqinlarini ko’magida tanlangan kasbga intilish davomida, o’quv
faoliyati jarayonida ko’pchilik yoshlarda tanlangan kasbdan qoniqmaslik xissi paydo
bo’ladi. Kasbga yo’naltirish – shaxsning ijtimoiy taqdirini
belgilashning tarkibiy
qismidir. Kasb tanlash – hayot mazmuni haqidagi o’ylari va shaxsiy “Men” tabiati
bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilarida biror o’quv faniga ishtiyoq natijasida
ularda har xil kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlagan kasbni o’zlashtirish bilan
bog’liq fanga qiziqish ham ortadi. Natijada qiziqqan faniga oid ma’lumotlarni o’qish,
to’garak mashg’ulotlarida qatnashish tug’iladi. Bunday imkoniyatlardan unumli
foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, bu esa pedagog va ota –
onalardan ham
mas’uliyatlik bilan yondashish, teranlikni talab qiladi.
O’spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvurlar bo’lmasligi sababli, ular
xatolarga yo’l qo’yadilar. Tanlangan va tanlanishi zarur bo’lgan kasb qanday shaxsiy
fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. Biroq, bunday ko’ngilsizliklarni oldini
olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud bo’lib, bu omillarni quyidagicha keltirish
mumkin:
-kasblarni o’rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va ifoda etish;
-psixologlarning kasblar bo’yicha tashviqot ishlari olib borishi, o’quvchilarga
kasblar yuzasidan maslahatlar berishi;
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 66 ~
-psixolog va ota – onalar bilan birga kasbga yo’naltirish tadbirlirini ko’rib
chiqishi;
-o’spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish;
-mehnat ta’limi darslarida yuqori sinf o’quvchilarini kasbga tayyorlash va
qiziqish uyg’otish;
-kasb tanlash usullarini amaliyotga tadbiq qilingan psixodiagnostik usullarini
ishlab chiqish;
-kasbga yo’naltirish yuzasidan o’spirinlar orasida targ’ibot va tashviqot ishlarini
olib borish va psixologik tayyorlash kabi.
XULOSA
Kasb tanlashda o’z imkoniyatlari doirasida ish yuritib, xatoliklarga yo’l
qo’ymaslik - noto’g’ri, natijasiz qadam qo’yishdan
himoya qilib, vaqtni tejab,
imkoniyatlar, qiziqishlarga mos ravishda harakat qilishga, to’g’ri yo’l tanlashga
yordam beradi.
Kasbning imkoniyatlari va mehnat darajasi haqida tasavvurlarning yetarli
emasligi, jamiyat va texnik rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan
kasbning rivojlanish
ko’lamini bilmaslik ham xatolikka yo’l qo’yishga olib keladi. Kasbning zamirida
mehnatning yangi talablari, shakllari yashiringan bo’lishi mumkin. Shu bois, doimo
kasbning zamonaviy ko’rinishi haqidagi bilimlarga ega bo’lish talab etiladi.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, o’spirinlarni yangi hayotga qadam bosayotgan,
kelajagini yaratayotgan davrda ularga alohida e’tibor berishlikni, ularning individual
xususiyatlaridan kelib chiqib, kasbga yo’naltirishni talab etadi. Zero, o’spirinlar
tanlagan kasblaridan kelajakda qoniqish hissini hosil qilishsin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Klimov E. A. Puti v professionalizm. – M.: Filinta, 2003.
2.
Karimova V. M. Psixologiya.- T.: 2000.
3.
Nishonova Z. T., Alimbaeva M. V. Psixologik xizmat. –T.: Fan va
texnologiya markazi, 2014.
4.
G’oziev E.E. Psixologiya. Toshkent, 2008
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 67 ~
Dostları ilə paylaş: