“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 158 ~
QOBILIYAT-BU SHAXSNING TAKRORLANMAS O’ZIGA XOS
XUSUSIYATI
Ochilova Shaxlo
Jizzax viloyati G’allaorol tumani 16-sonli maktab amaliyotchi psixologi
Anotatsiya:
Bu maqolada qobiliyat va shaxsning o’ziga
xos takrorlanmas
xususiyatlari haqidagi fikrlar keltirilgan
Kalit so’zlar: Q
obiliyat, layoqat, iqtidor, iste`dod, talant, geniallik, qobiliyat turi:
umumiy, maxsus.miqdor, pedagogik qobiliyat.
Insonning qobiliyati shunday psixologik xususiyatiki, bilim, ko`nikma,
malakalarini egallashi va malakali mutaxassisi bo’lishi uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Qobiliyatning faqat bilim va ko`nikmalarga taalluqli bo`lmaydi. Malaka,
ko`nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida
namoyon bo`ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo`lib, biror bir ishdagi mahorat
darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo`ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi
bo`lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta`lim berilishi, qat`iylik, salomatligining yaxshi
bo`lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko`pgina sharoitlar bo`lishi kerak. Bularsiz
qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so`nib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu
qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan faoliyatlardagina namoyon
bo`ladi. o`quvchida ham zaruriy ko`nikma va malaka tizimi hamda mustahkam
bilimlar tarkib topish uslublari yo`qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko`rilsa,
shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo`q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy
psixologik xatosi bo`ladi. Masalan, Albert Eynshteyn o`rta
maktabda uncha yaxshi
o`qimaydigan o`quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo`lishidan hech narsa
dalolat bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni egallash
tizimida namoyon bo`ladi ya`ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun
muhim bo`lgan bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda
qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo`ladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo`lishi bilan aql sifatlari xotira
xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo`yib bo`lmaydi,
hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo`yish ham mumkin
emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig`indisi faoliyat talablariga javob
bersa yoki bu talablar ta`siri bilan tarkib topsa bu
shaxsning mazkur individual
xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo`ladi. Qobiliyat kishining
psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 159 ~
shart-sharoit bo`lib, shuning bilan birga u ma`lum darajada bilim olish mahsuli hamdir.
Umumiy va maxsus bilimlarni o`zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko`nikmalarni egallab
olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq
turadigan tushunchalar ko`nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil
qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta`minlaydilarki,
buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo`lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut
inson ko`p narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko`nikmada ro`yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko`nikma va malakalari ko`p
qirrali va
mukammallashgan bo`ladi. Shuning bilan birga ko`nikma va malalakalar yetishmagan
qobiliyatni bir muncha to`ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin.
Ko`nikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi qobiliyatning
o`zginasidir. Demak, qobiliyat ko`nikma va malakalarning paydo bo`lishi jarayonida
shakllanadi.
Har qanday qobiliyat ham murakkab bo`lib, u kishiga turli-tuman talablar qo`yadi.
Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni
muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o`z qobiliyatliligini ko`rsata oladi, agarda
xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo`lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga
nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning o`ziga xos tuzilishi
mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki
yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim.
Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch
xususiyat kuzatuvchanlik, bilish
ko`nikmasidir. Bu individual narsaning o`ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun
boshlang`ich materialni ko`ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy
tasavvur qilishlik hisoblanadi.
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat
talablariga muvofiq ravishda o`ziga xos tuzilishda bo`ladi), emosionallik, ya`ni his
tuyg`uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi)
va shunga
o`xshashlar. Amaliy faoliyatning ba`zi ko`rinishlarida shaxsning irodasi oldingi
o`ringa chiqadi. qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli
davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo`lishi mumkin. Demak, tuzilish
ham barqaror, ham o`zgaruvchandir. Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik
xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar
yotadi. Shuning uchun har bir shaxsda bir xil natija bir xil sifat kutish mumkin emas,
chunki insonlar o`z qobiliyatlari bo`yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq
qiladilar, binobarin ular o`rtasidagi farqlar sifat va miqdor jiqatidan bo`lishi mumkin.
Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari
faoliyat muvaffaqiyatlarining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi.
Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo`yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay
yo`sinda bajarish imkoniyati
mavjudligini bildiradi, ya`ni mazkur inson boshqa
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 160 ~
odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog`lik tez, yengil, puxta foydalana
olishini namoyish qiladi. O`quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo`lishini va
binobarin o`quvchi shaxsini qanday individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay
darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya`ni o`quvchining boshqalarga nisbatan
malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va mustahkam
egallab olishini bilish
pedagog uchun muhimdir. Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi
maqsadga har turli yo`llar bilan borishga imkon beruvchi "o`zgaruvchan miqdor"
to`plami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlovchi inson psixologik
xususiyatlarining yig`indisi sifatida ko`riladi. Bir xususiyatlarni o`rnini ikkinchi bir
xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari mavjud, buni odam o`zida chindan
qat`iylik bilan ishlash orqali rivojlantirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: