“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 167 ~
O’QUVCHILAR BILAN O’TKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TRENINGLAR
VA ULARNI O’TKAZISH TEXNIKASI
Samatova Maqsuda Malikovna
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 4- maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada amaliyotchi psixologlarning faoliyati davomida
ko’p qo’llanadigan treninglarni tashkil qilish qonun-qoidalari haqida fikrlar yoritilgan
Kalit so’zlar:
trening,trener, ishtirokchilar.
Psixologik foliyatning asosiy qismlaridan biri bu psixologik treninglar o’tkazish
va u orqali o’quvchilardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
Maktabda
treninglar o’quvchilarni faol harakat qilishga undaydi va salbiy hususiyatlarni oldini
olishga xizmat qiladi. Trening-bu o’yinga oid sotsial insonni muloqotga o’rgatish
uchun bajariladigan o’yin mashqlari va xatti-harakatlari tizimidir. Trening jarayoni -
bu har bir o’yin mashqida uning rahbari qanday yo’nalish berishidan iboratdir.
Treningning asosiy maqsadi-shaxsni psixologik ruxiy jixatdan ozod qilish, unda tabiiy
erkinlikni xis etishni hamda o’z guruxida va undan tashqarida o’zaro munosabat va
aloqa o’rnata olishni shakllantirishdir.
Treningda uning rahbari trener yoki dirijyor sifatida ishtirok etadi. Trening
maqsadini aniq va nihoyatda tushunarli darajada tushuntirish maqsadga muvofiq.
Masalan, boshqa kishilarni yoki o’zini o’zi tushunishga o’rgatish, o’zgalarni va o’zini
o’zi o’rganish, o’ziga-o’zi baho berishni taʼminlash, boshqalar fikrini uqa olish va
ularni idrok qila bilish kabi o’quvlar. Muloqotda o’zini o’zi
boshqarishga zikran
eʼtiborni to’plashni amalga oshirish maqsadida tavsiya qilinayotgan sxemaga rolli
o’yin va munozaralar kiritish orqali trening vazifasini murakkablashtirish mumkin.
Trening 3 qismdan tashkil topgan bo’lib, quyidagilardan iboratdir.
1. Psixofiziologik kontakt o’rnatish.
2. Psixologik kontakt.
3. Psixodrama.
Treningning asosiy yo’nalishi: rolli o’yin shaklida rolli vaziyatni idrok etishni
tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki trening uning qatnashchilarida trenerning
yordamida o’yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual munosabatini uyg’otish
zarur.
Treningni o’tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqot usullarini
o’zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol
anglashtiruvchi vaziyatni
rag’batlantirish joiz. Trening faoliyati 8-10 mashg’ulotni o’z ichiga qamrab oladi
xolos. Treningning hamma mashg’ulotlari uning ishtirokchilari bilan faqat do’stona,
samimiy
his-tuyg’ular
asosida
va
ixtiyoriy
tarzda
o’tkaziladi.
Trening
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 168 ~
ishtirokchilarining soni 7-15 nafar bo’lishi mumkin, lekin bundan ortmasligi lozim.
Guruh bilan mashqlarni o’tkazishdagi majburiy mashqlarni shartlar bo’yicha
qoidalarga rioya qilinmasa, u xolda o’yinli trening ijobiy natija bermasligi to’g’risida
oldindan kelishib olishish kerak. Jumladan,
1. Bir-biriga samimiylik, xayrixohlik:
2. Bir-biriga ishonish. | o’zaro ishonch |:
3. mashqlarni bajarish davomida shaxsga baxo bermaslik, balki uning faoliyatiga
va muloqat usullariga baxo berishlik:
4.Ishtirokchilar o’yindan qay darajada qanoatlanganligi xaqidagi taassurotlarini
shu zaxotiyoq trenerga maʼlum qilishlik:
5. Topshiriqlarni bajarish faqat ijobiy gepotezaga mo’ljallanganlik:
6. Jismoniy nuqsonlarga nisbatan eʼtiborni qaratmaslik:
7. Treningning borishi jarayonida xech kimga xech qanday maslaxat bermaslik:
8. “Bu yerda va xozir”-degan shartni bajarish yaʼni trening paytida ro’y bergan
hamma narsa tashqariga olib chiqilmaslikka va xozirgi muloqotda nimalarni xis
etayotganligini maʼlum qilmaslik:
9. tomoshabinlar
trenerning ruxsati bilan emas, balki guruxning barcha
aʼzolarining roziligiga binoan qatnashishlik kabilar:
Treningni muvaffaqiyatli o’tkazishning va uning sermaxsulligi muvaffaqiyati
ko’p jixatdan trener bilan ishtirokchilar o’rtasidagi o’zaro bir-birini tushunish
darajasiga bog’liqdir.
O’yin treningini uyushtirishda quyidagi eng qiyin xolatlarni
inobatga olish va
ularni izchil ravishda nazarda tutish maqsadga muvofiq:
1.O’zining shaxsiy ichki siqiqligini yengish, barcha ishtirokchilarining ko’zlariga
to’g’ridan-to’g’ri va ochiq chiroy bilan, dadil qaray olish:
2. O’yin faoliyatining boshida yaratilgan vaziyat-eng omilkor va qulay bo’lishi
kerak:
3. Treningni muvaffaqiyatli o’tkazish trenerdan katta ruhiy, intelektual tashkiliy
jixatidan katta kuch sarflashni, bioquvvatni talab qiladi:
4. Trening o’zaro ishtirokchilarni bir-biriga ishongan xolda o’zaro samarali taʼsir
etish muxitida o’tkaziladi:
Yuqorida taʼkidlab o’tilgan talabalarga rioya qilmasdan turib, aslo o’ynovchi
guruh hosil qilib bo’lmaydi. Va bunga trening ijobiy taʼsir ko’rsata olmaydi ham.
Mashg’ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo’lgan shinam
xonada o’tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng miqdorda stullar bo’lishi
kerak. Mashg’ulotda qulay, rohat baxsh etadigan, ko’ngil (dil) ochadigan osoyishta,
sokin sharoit yaratilgani yaxshi |ayniqsa, dastlabki, mashg’ulotlarni o’tkazishda|, yarim
qorong’ulik, muloyim |yaxshisi lirik va minor ovozli| musiqa, derazalarga nozik, nafis
darpardalar tutilgani maʼqul va hkazo.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 169 ~
Har bir ishtirokchi o’zining o’yinga va o’yin yuzasidan
improzatsiya qilishga
|tayyorgarliksiz bajarishga| tayyorlashi ruhiy jihatdan tayyorlamog’i darkor.
Trening bu- inglizcha so’zdan olingan bo’lib «mashq qilmoq” degan maʼnoni
bildiradi. Trening guruxlardan muloqotning madaniy obro’li bo’lishni rivojlantirish
maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, yaʼni gurux-gurux bo’lib
munozara, baxs, rolli o’yin va boshqa o’yinlarni o’tkazishga aytiladi.
Trening o’tkazuvchi uchun shart bo’lgan ishlar.
1.Muxokama tashkil qilish, ishchi guruxi uchun qoidalar ishlab chiqish va har bir
mashg’ulotda trener treningning maqsadi vazifasini batafsil tushuntirish.
2.Navbatdagi mashg’ulot instruksiyasini berish.
3.Qatnashuvchilar savollariga javob berish va ular bajarayotgan ishni nazorat
qilish.
4.Ssenariy mazmunini trening maqsadi asosida taxlil etish.
5.Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almashish.
6.Qatnashuvchilar ematsional holatini nazorat qilish va ularga psixologogik
yordam berish.
7.Har bir mashg’ulotda yakun yasash va uyga vazifa berish.
8.Mashg’ulot oxirida siz xaqingizda qatnashuvchilar o’z fikrini bayon qilishlariga
imkon berish.
Trening o’tkazish davomida uning qatnashchilarini shaxsiy muloqot usullarini va
o’zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglash protsessini rag’batlantirish
kerak. Bir so’z bilan aytganda psixologik faoliyatning
asosi bu psixologik trening
mashg’ulotlari hisoblanadi. Trening qoidalarini to’g’ri tadbiq etish bu psixolog
mahoratiga va tajribasiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: