Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dyui Dj. “Psixologiya i pedagogika mыshleniya”. M., Progress, 1998.
2. Karnegi D. “Kak zavoevat druzey i okazыvat na nix vliyanie”. M., Progress,
1990.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 170 ~
TARBIYASI QIYIN BOLALAR BILAN ISHLASH
Rasulova Sarbaroy Ne’matjonovna
Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani 38-maktab psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqola orqali muallif tarbiya xaqida so’z olib borar ekan,
bolardagi muammolar ular orasidan tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash haqida
tushuntiradi.
Kalit so’zlar:
Ta’lim, tarbiya, deviant xulq atvor, hususiyat, ulg’ayish.
Shunday jadallik bilan rivojlanib borayotgan davlatimizda aqilli, ilmli, komil
farzandlar bilan bir qatorda tarbiyasi og’ir, muammoli o’quvchilar xam uchrab turadi.
Tarbiyasi qiyin bola deganda nima tushuniladi? Ota-ona ta’lim-tarbiya jarayonini
maqsadga yo’naltirilgan holda muvaffaqiyatli olib borishi uchun avvalo asotsial xulq-
atvor bilan anomal xulq-atvor o’rtasidagi farqni
va ularning nimaligini tushunib olishi kerak. Odatda axloq normalariga va jamiyat
talablariga javob bermaydigan xulq-atvor va xatti-harakatlarni asotsial xulq-atvor deb
ataladi. Anomal xulq-atvor va xatti-harakatlar bola miyasining patologiyasi (kasalligi)
tufayli ro’y beradi. Asotsial xulq-atvor esa mikromuhitning salbiy ta’sir ko’rsatishi,
oiladagi mavjud nonormal o’zaro munosabatlar, oila va maktabda beriladigan
tarbiyada yo’l qo’yiladigan kamchiliklar va hokazolar tufayli ro’y beradi. Bunday
xulq-atvorli bolalar jamiyatimizda ba’zan uchrab turadigan balog’atga yetmagan
tartibbuzar bolalar turini tashkil qiladi.Tarbiyasi qiyin bolalar – bular tarbiyadan
e’tibordan chetda qolgan, o’z holicha tashlab qo’yilgan bolalardir. Ular qaerdadir,
qachonlardir, kimlarningdir tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga
individual yondosha bilmaslik oqibatida paydo bo’lgan. Boshqacha aytganda, normal
ta’lim va tarbiya jarayonidan chetda qolgan, o’qituvchilar, ota-onalar, o’rtoqlari bilan
normal munosabat o’rnata olmagan, qalb tug’yonlarini oshkor etishning to’g’ri
yo’llarini topa bilmagan bolalar – tarbiyasi qiyin bolalar turiga kiradi. Bunday bolalarni
o’z vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib borilmasa, ularga jamoatchilik ta’siri
o’tkazilmasa, noxush ko’ngilsiz voqealar sodir bo’lishi mumkin. Tarbiyasi qiyin
bolalardagi ayrim kamchiliklar va nuqsonlar, chunonchi: qaysarlik, o’jarlik, qo’pollik
singari salbiy ko’rinishlar maktabga kelmasdanoq boshlanishi mumkin. Bu, albatta,
oila tarbiyasi yoki bog’cha-yasli ish faoliyati bilan bog’liqdir. Olimlarning
kuzatishicha, kichik yoshdagi bolalarning o’ndan to’qqiz qismi oila sharoitida
tarbiyalanadi. Bunday oilalarda ota-onalar farzandlariga yetarli darajada e’tibor
bermaydilar yoki ularni erka qilib o’stiradilar. Onalar esa bolalarining yomon xulq-
atvorini, xatti-harakatlarini otalaridan yashiradilar. Oqibatda bunday oiladagi bolalar
ko’zbo’yamachi, xudbin, faqat o’z foydasini ko’zlaydigan, kaltafahm, bachkana, qo’rs,
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 171 ~
birovga ozor beradigan bo’lib o’sadilar. Ba’zi ota-onalar farzandi ust-boshining but
bo’lishini o’ylaydilar-u, ularning ichki dunyosi, ma’naviy ehtiyojlari haqida
qiziqmaydilar. Tarbiyaga nisbatan bunday munosabat tarbiyasi og’ir bolalarning
ko’payishiga sabab bo’ladi.
Deviant xulq-atvor deganda nimani tushunsa bo’ladi?
Deviant so’zi ingliz tilidan olingan so’z bo’lib, chetga og’ish degan ma’noni
bildiradi. Deviant xulq-atvor deganda rasman o’rnatilgan yoki ma’lum jamiyatda
(ijtimoiy guruhda) shakllangan axloqiy va huquqiy normalarga mos tushmaydigan va
“buzg’unchi”ni ozodlikdan mahrum qilishga, davolashga, to’g’rilashga yoki jazoga
olib keladigan xatti-harakatlar tushuniladi. Bu xatti-harakatlarning quyidagi turlarini
farqlasa bo’ladi: jinoyatchilik, alkogolizm, narkomaniya, suitsid va h. Delinkvent xulq-
atvor deganda nimani tushunsa bo’ladi?Delinkvent xulq-atvor tarbiyasi qiyin bo’lgan
bolalarda
uchraydigan
xulq-atvor
turlaridan
biri
bo’lib,
jinoiy
tartibda
jazolanmaydigan va hali jinoyat darajasiga o’sib chiqmagan xulq-atvorning mayda
buzilishlari hisoblanadi. Ular bolalarning darslarga kelmay qo’yishligi, ijtimoiy xavfli
guruhlarning atrofida o’ralashib qolishligi, mayda bezorilik, zaif va kichkina bolalar
ustidan mazax qilish, begonalardan aldab pul undirish, vilosiped yoki mototsikllarni
olib qochish kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ba’zida yoshlarda tovlamachilik,
uylarga o’g’irlikka kirish, uydan qochib ketish va daydichilik singari holatlar ham
uchrab turadi. Bularning asosida aksariyat hollarda ijtimoiy sabablar yotadi. Asosan
tarbiyaning yetishmasligi va ota-onalarning e’tiborsizligi. Ma’lumotlarga ko’ra,
bunday bolalarning aksariyati noto’liq oilada tarbiyalanayotgan bolalardir, bolalardagi
xarakterning jiddiy buzilishi bilan bog’liq, ba’zi bolalarda esa o’zlari qilayotgan ishga
fikri-zikri bilan kirishib ketish (aktsentuatsiya) holatlari kuzatiladi. Masalan,
bolalarning uydan qochib ketishi jazodan qo’rqish yoki norozilik belgisi ko’rinishida
bo’lishi mumkin. Uydan qochib ketish kattalar tomonidan yetarli darajada nazoratning
yo’qligi, shunchaki ermak uchun, oiladagi o’ta qattiqqo’llikka nisbatan norozilik
reaktsiyasi, yaqinlar tomonidan e’tiborning yetishmasligi, xayolparastlik, zerikish,
yolg’izlik natijalarida sodir bo’lishi kuzatiladi. Ota-onalar o’z farzandlaridagi bu
holatlarni aniq-tiniq tasavvur qilishlari va bilishlari zarur. Ma’lumotlarga ko’ra, voyaga
yetmagan bolalar o’rtasida kuzatiladigan yuqoridagi holatlarning ijtimoiy-psixologik
omillari sifatida quyidagilarni ko’rsatsa bo’ladi:
- bolalarning kattalar bilan va o’zaro kelishmovchiliklari (oilada, maktabda,
kollej, litseyda, turar joyida);
- bolalarning ko’chadagi o’zaro va boshqa norasmiy guruhlarga qo’shilishi va
ularning faoliyatida ishtirok etishi, ushbu guruhlarning rahbarlari tomonidan ularga
tazyiq o’tkazilishi;
- voyaga yetmagan bolalarning ularni u yoki bu qonunbuzarlikka yoki jinoyatga
boshlovchi kattalar (ko’pincha ilgari sudlangan shaxslar) shuningdek, ularni muntazam
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 172 ~
spirtli ichimlik va narkotik moddalar iste’mol qilishga jalb etuvchi shaxslar bilan
o’zaro munosabatda bo’lishlari;
- voyaga yetmaganlarni alohida (oilada) va ko’pchilik tarbiyasi (o’qish joyida)
jarayonida yo’l qo’yilgan xatolar;
- tarbiyachilar (ota-onalar, o’qituvchilar)ning o’smirlik yosh davri va
ijtimoiypsixologik xususiyatlarini bilmaslik yoki yetarli anglay olmasliklaridir.
Deviant xulqli o’smirlarni tarbiyalashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Ilmiy tadqiqotlar va hayot tajribalari ayrim axloqiy tushunchalarni noto’g’ri
tushunib, shaxsning ba’zi fazilatlarini noto’g’ri baholab, mustaqillikka intiladigan, o’z
irodasini namoyish qilishga harakat qiladigan o’smirlar o’zlarida salbiy sifatlarni
o’stirishga urinishini ko’rsatadi. Hatto ular o’zlarida shakllangan ijobiy xislatlarni
yo’qotishga ham harakat qiladilar. O’qituvchi va ota-onalarning asosiy vazifasi
ularning noto’g’ri qarashlariga zarba berish va o’smirlarning adashishlariga yo’l
qo’ymaslikdir.O’smir o’g’il-qizlar shaxsning kamol topishida o’z-o’zini anglash
muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki o’zini anglash jarayonida o’ziga baho berish
mayli va istagi o’zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o’ziga bino qo’yish ehtiyoji
paydo bo’ladi. Bular esa o’smirning psixik dunyosiga, aqliy faoliyatiga, tevarak-
atrofga munosabatining shakllanishiga ta’sir qiladi.O’smirlarda o’zini anglashning
rivojlanishi shaxsiy xulq-atvorini tushunishdan boshlanib, axloqiy fazilatini,
xarakterini, aqliy imkoniyat va qobiliyatini bilish bilan yakunlanadi.Bola o’ziga
namuna bo’lgan shaxsning xulq-atvori bilan o’zining xatti-harakatini solishtiradi va
o’zining ijobiy yoki salbiy jihatlarini anglab yetadi. Natijada unda o’zini-o’zi
tarbiyalashga bog’liq yana bir muhim xislat vujudga keladi.
O’smir
o’zini-o’zi
tarbiyalashda
kitob
qahramonlaridan,
kinofilim
ishtirokchilaridan o’rnak olib, goho ularga taqlid qilib, butun iroda kuchi va xarakter
xislatlarini ishga solib, har xil xususiyatlarni egallashga intiladi va bu yo’lda
uchraydigan to’siq hamda qiyinchiliklarni yengadi. Ana shu davrda oilada ota-onaning
bola xarakteridagi nuqsonlarni to’g’rilashdagi roli nihoyatda muhim va hal qiluvchi
ahamiyatga ega hisoblanadi. Buning uchun esa ota-onalarda pedagogik-psixologik
ma’lumotlar (tushunchalar)ning yetarli darajada bo’lishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |