“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 173 ~
TO’G’RI KASB-TANLASH FAROVON HAYOT ASOSI
Xasanova Nargiza G’ayrat qizi
Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani 44-maktab psixologi
Annotatsiya:
Kasb tanlash jarayonida yoshlarda sodir bo’ladigan o’ziga xos
jarayonlar bu undagi jismoniy va ruhiy o ‘zgarishlarda, o’zidagi o’zgarishlar asosida
o’zini katta inson bo’lib
borayotganini bilib borishi, atrofdagilami unga nisbatan
kattalardek munosabati va shu kabi jarayonlar insonni endi o’z hayotini qurish uchun
kasb tanlashiga olib keladi.
Kalit so’zlar:
Farovon hayot, kasb, hunar, kasbga yo’naltirish, to’g’ri kasb
tanlash, bilim, malaka.
Hozirgi kunda yoshlarimizga nisbatan bildirilayotgan chuqur ishonch va eʼtibor
hamda yaratilayotgan imkoniyat, shart-sharoitlar ularni foydali kasb egasi, jamiyatda
oʻz oʻrniga ega shaxs boʻlishi uchun zamin boʻlmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Kasb tanlash jarayonida yoshlarda sodir bo’ladigan o’ziga xos jarayonlar bu
undagi jismoniy va ruhiy o ‘zgarishlarda, o’zidagi o’zgarishlar asosida o’zini
katta
inson bo’lib borayotganini bilib borishi, atrofdagilami unga nisbatan kattalardek
munosabati va shu kabi jarayonlar insonni endi o’z
hayotini qurish uchun kasb
tanlashiga olib keladi. Kasb tanlash uchun esa unga bilim va malakalar juda zarurdir.
Kasb tanlayotgan inson o’zining psixologik jarayonlarini va psixologik xususiyatlarini
boshqarishi va ulardan foydalanishi zarur boiadi. Deylik, tikuvchilik yoki to’quvchilik
kasbini o’zlashtirib borayotgan yosh inson o ‘zida shu kasb talab qiladigan psixologik
jarayonlarni rivojlantirishi va unga tayyor turishi kerak boladi. Tikuvchilikda
psixologik jarayon sifatida dizaynga mos keladigan muhim psixologik jarayonlar talab
qilinadi. Bu sezgirlik, didlilik, diqqatini o’sganligi,
hayolini rivojlanganligi, ya’ni
tasavvurlari chuqur va kengligi kabi ko’plab psixologik jarayonlar kerak bo`ladi.
Shaxsning o’zi tanlagan kasbiga layoqatliligi uni kelajagini ta ‘minlanganligini
ko’rsatadi. O’z ishiga layoqatli inson umri bo’yicha o’ziga kerak bo’lgan ko’pgina
narsalarga ega bo’ladi. Layoqatsiz inson esa o’zini hayotini qurishga imkoniyati
bo’lmaganidan ko’pgina hollarda qiyinchiliklarga yo’liqadi. Kasbga layoqatlilikni
shaxsda ikki yo’nalish bo’yicha muhokama qilish mumkin. Biri kasbni muvaffaqiyatli
egallash orqali, ikkinchisi insonni o’zini mehnatidan qoniqishi orqali. Bu ko’rsatilgan
ikki
tomon ham nisbiy bolib, u subyektivlikni ko’rsatadi. Shunga qaramasdan shu
ikkala yo’nalish kasbiy layoqatlikni psixologik xarakteristikasini beradi.
Insonning tabiiy xususiyatlari juda katta, shuningdek
cheksiz egiluvchanlik
imkoniyatlarini beradi. Inson kasbning juda ko’p ko’rinishlariga moslashishi mumkin,
va uni subyekt sifatida qondirishi ham mumkin. Inson egallay olmaydigan kasb juda
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 174 ~
kamdir. Kasbga tayyorgarlik va keyingi faoliyat har xil tarzda kechishi mumkin, bular
undagi xususiyatlardan kelib chiqib davom etadi. Eng muhimi va zaruriy tomoni bu
kasbiy yo’nalganlik bolib, unda ijobiy kasbiy motivatsiyalar muhim roʻl o’ynaydi.
Psixologik diagnostika esa aynan kasbga xos bo’lgan insondagi psixologik jarayonlami
va xususiyatlarni o’lchaydigan, tahlil qiladigan va baholaydigan psixologiyaning yana
bir yo’nalishi hisoblanadi. Bular asosan insonning amaliy hayotini oʻrganishga
qaratilgan jarayonlardir.
O’smirlar va ilk o’spirinlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga ega
bo’lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo’lganligadan bu jarayonda ota-onalar,
jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki yoshlar ko’p
hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir fikrga,
qarorga kelishlari mumkin.
Shuni ham aytib o’tish o’rinliki, maktab o’quvchilari kasb tanlash borasidagi o’z
qarorlarini, ko’pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar,
biroq ularning
ko’pchiligi bu masalaga о ngli ravishda yondashishga intiladilar]. O’quvchilarni
kasbga yo’naltirishni yosh bosqichlarida o’quvchilarda quyidagi mazmunga ega
bo’ladi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirishdan asosiy maqsad - ularni
mehnat, kasb turlari, yo’nalishlari bilan tanishtirib borish va kasb faoliyatiga qiziqishni
shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: