“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 175 ~
PSIXOLOGIYA FANINI O’QITISHDA DIDAKTIK YO’NALISHLAR
DIDAKTIK YO’NALISHDA TA’LIM TEXNALOGIYASINI QO’LLASH
Nurımbetova Jazira Djalilxan qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika va psixologiya” mutaxassisligi bo’yicha
M2-PP-22 guruh magistranti
Annotatsiya:
Maqolada Didaktik o’yinlar texnologiyalari o’quvchi-talaba
faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi-talaba
shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi va
rivojlantirishning amaoiy
echimlarini aniqlash va amalga oshirishda kata ahamiyatga ega.
Kalit so’zlar:
Mantiqiy fikrlash , kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil
qaror qabul qilish.
KIRISH
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o’quvchi-talabalarda ta’lim olish motivlarini,
ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga
moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar
nazariy, amaliy,
jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga
ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega.
Didaktik o’yinlar o’quvchi-talabalarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash,
tadqiq qilish,
hisoblash, o’lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil
qaror qabul qilish, guruh
yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o’rgvtish, nutq
o’stirish, til o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivoj-
lantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi. Didaktik o’yinlardan alohida
foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy
maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar
mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
USULLAR
Didaktik o’yinlardan alohida foydalanish orqali boshqa usullar yordamida
erishish qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi.
“Baliq ovi” o’yini- O’quvchilarning har biri kichik varaqchalarga o’zlariga
qiziqarli bo’lgan bittadan savol ѐzadilar. Uni buklab skrepka bilan 44 mahkamlaydilar,
o’qituvchi uni maxsus qutiga yig’ib oladi hamda savollarni aralashtirib yuboradi.
O’quvchilar magnit-qarmoq
bilan bittadan savolni tortib, unga javob beradilar.
Qarmoq -ipga bog’langan magnit bo’lib, qog’ozga qistirilgan skrepka magnitga
ѐpishib chiqadi. SHu tariqa guruhning barcha a’zolaridan galmagal o’zlari-ovlagan
baliq-savollariga javob berish talab etiladi. Savol-javobning bu usuli o’quvchilardagi
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 176 ~
qiziqishni oshiradi, tezkorlikga o’rgatadi. Didaktik uyinlarni tashkil etish prinsiplari
Ishlab chiqarishdagi real vaziyatni modelini ko’chirish
va ishlab chiqarish
dinamikasini xisobga olish. Ishlab chikarish jaraѐni rivojlanish , doimiy o’zgarish
xarakteriga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Ana shu o’zgaruvchanlik va dinamik
rivojlanish ishbilarmon o’yinlarni tashkil etish jaraѐnida albatta xisobga olinishi talab
etiladi. Kasbiy faoliyatni mazmunini va shaklini hisobga olish. Oliy ta’limning eng
asosiy vazifalaridan biri yukori malakali kadrlarni etkazishdir. Biz ana shu vazifani
bajarish uchun xar bir ixtisoslik buyicha uziga xos bulgan ishbilarmon uyinlarni ishlab
chikishimiz
zarur
«Sud» darsi - o’quvchi-talabalar bilan dars mavzusiga mos «sud» jarayonini
tashkil etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.
“Uchta gap” o’yini. O’qituvchi qisqa matnni yoki hikoyani o’qib beradi (quyida
berilgan). Talabalar tomonidan ushbu matn yo hikoyani diqqat bilan uning mazmunini
uchta oddiy gap bilan bayon qilishlari kerak. Matn yo hikoyaning mazmunini aniq
hamda qisqa bayon qilgan talaba g’olib bo’ladi
«Mu’jizalar maydoni» darsi - o’quvchi-talabalar bilan o’tkaziladigan qiziqarli
o’yin bo’lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida
turli javoblar topish va
g’oliblarni rag’batlantirish orqali o’quvchi-talabalarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va
bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi
Tadqiqot va Natijalar.
Didaktik o’yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik
darajasi xisobga olinadi. Xar bir didaktik o’yin mashg’ulotlariga o’ziga xos xavfsizlik
talablari qo’yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to’liq rioya qilinishi xar bir
tashkilotchining doimiy e’tiborida bo’lishi lozim. Bundan tashqari xar bir didaktik
o’yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini turli belgilash va unga rioya qilishning o’ziga
xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo’llash talab qilinadi. Fanni
o’qitishni tashkil qilishda foydalaniladigan pedagogik usullar, didaktik o’yinli ta’lim
texnologiyalari va interfaol ta’lim usullari
tanlandi va mazmuni ochib
berildi.Tanlangan mavzular bo’yicha didaktik o’yinli texnologiyalari va interfaol
ta’lim usullari asosida dars o’tish metodikasi ishlab chiqildi.
XULOSA
Mavzularni keng yoritish maqsadida bir qator didaktik o’yinli texnologiyalari va
innovatsion ta’lim usullar: «Mu’jizalar maydoni» ”, “. Rolli ” va «Sud» darsi, “Baliq
ovi”,” “Uchta gap” o’yinlari “Kichik guruxlarda ishlash”, “REZYUME”
texnologiyalaridan foydalanildi.Tanlab olingan mavzular bo’yicha innovatsion ta’lim
texnologiyalariga tegishli bir qator interfaol usullardan foydalanish natijasida
“Psixologiya” faning amaliy ahamiyati yanada keng va chuqurroq ochib berildi. 9.
Ushbu mavzularni o’qitishda didaktik o’yinli texnologiyalari va innovatsion ta’lim
texnologiyalarining bir qator interfaol usullardan foydalanish ushbu fanning ma’ruza
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 177 ~
va amaliy mashg’ulotlarini o’qitishning samaradorligini oshirishga olib keladi. 10.
Pedagogika. Psixologiya” fanidan talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash
tizimi takomillashtirild
TAVSIYALAR
O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra
guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng
esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o’yinli
mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga
ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh-jamoasi o’rtasida
hamkorlik, o’zaro yordam
vujudga kelishi lozim.
Dostları ilə paylaş: