10-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni
Jamoa haqida tushuncha.
Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa
hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi
tamoyilidir.
Avvalo, jamoa tushunchasiga kengroq ta`rif berib o‘tamiz.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma,
birgalikdagi yig‘ilish, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib,
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir.
Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida
birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi,
zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo).
Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma
hisoblanadi.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi
muhim belgilarga egadir. quyida kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoasi va uning
xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.
Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar
jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar jamoasi ijtimoiy jamiyatning bir qismi
hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha elementar
jihatlari o‘z ifodasini topadi. Zero, ta`limda jamoa jamiyatdagi mavjud
munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi,
intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Shu bois kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoasi hayotining aniq (yagona)
maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi
belgisi sanaladi. Sinfdagi jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini
tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi.
Ayni paytda boshlang‘ich sinflarda jamoani shakllantirish yuzasidan olib
boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Bu sinf rahbarining asosiy ishidir. Umuman
maktab o‘quvchisi tarbiyasining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli
o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar o‘quvchilar jamoasi tashkil etilmagan bo‘lsa,
o‘quvchi maktabni hech afsuslanmay tark etadi, hatto keyinchalik maktab yillarini
eslamaydi ham. O‘quvchilarni inoq jamoaga birlashtirish mohir sinf rahbari
qo‘lida. Ulg‘ayayotgan kishining hayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning hayot
yo‘lini belgilashda o‘z vazifasini anglash sinf rahbarining bolalar jamoasini barpo
etish yuzasidan olib boriladigan faol va qat’iy faoliyatning zarur sharti hisoblanadi.
Sinf jamoa a’zolarining intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan
maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni
va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy)
maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda
jamoaning bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. SHuning uchun sinf
rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o‘zlarini
darsda qanday tutishlarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni
sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi.
Boshlang‘ich sinfda mashg‘ulotlar davomida ham kichik jamoalarga ajratish
yaxshi samara beradi. Bunda har bir jamoa o‘zini-o‘zi boshqarish organiga ega va
umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va
tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Jamoa
faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z
aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Boshlang‘ich ta`limda pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan
jamoa, xususan, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri
uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg‘urish, mazkur
yo‘lda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi.
Demak, kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoasi o‘zida quyidagi xususiyatlarni
namoyon etadi: birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini
uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga
mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosabatda
bo‘lish ehtiyojini oshiradi. O‘quvchilar orasida o‘zaro hissiy birlik (bir-birini
yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo
bo‘ladi hamda ular o‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Jamoa a’zolari
o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining
xarakteriga bevosita bog‘liqdir.
Boshlang‘ich ta`limda jamoani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud
bo‘lgan haqiqiy guruhlarni tutish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni
birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo‘nalishi,
qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni
tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur
xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Ikkinchi tomondan bu
hol guruhdagi muammolarni jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning
qiziqishlarini guruhdagi muomila sohasiga olib kiradi.
Sinfda tashkil qilingan jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy)
tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa
faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy
jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga
kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik
vazifasini bajaruvchi ya`ni sardor o‘quvchilar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-
harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv
faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinfda boshqarilayotgan jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik
faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va
ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabalarni qaror toptirishi lozim.
Boshlang‘ich ta`limda jamoa bilan ishlash vaqtida yakka tartibda ham ishlash
holatlari uchrab turadi.
Sinf jamoasida shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad kichik yoshdagi
o‘quvchini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar
bilan qurollantirishdan iboratdir.
Zamonaviy boshlang‘ich sinf rahbari o‘quvchida yomon xulq atvorining, past
o‘zlashtirishning sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari
bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim
masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari – dastavval muayyan qoidalarga
asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar yo‘naltirib turadigan
o‘zaro ma’suliyatli munosabatlardir.
Sinf o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan sharoitda har bir bolaga yakka tartibda
yondashish, har bir bola qalbiga to‘g‘ri yo‘l topish juda qiyin. Agar o‘quvchilar
jamoasi qo‘llab quvvatlasa, har holda bunday yo‘lni topish mumkin.
Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati
alohida o‘quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi
bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin
bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich ta`limda jamoaning majburiylik belgisi unga o‘qituvchiik
rahbarlikning yo‘lga qo‘yilishidir. Shunday qilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan
iborat guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida
tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga
qo‘yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Sinf o‘quvchilari o‘rtasida qaror topgan
o‘zaro birlik, shuningdek, ular o‘rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi
tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a’zolarining guruh yetakchilariga
bo‘ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini
anglashlari uchun zamin yaratadi.
Boshlang‘ich sinf jamoasi va uni shakllantirish o‘qituvchiik faoliyatining
maqsadi hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan sub'ektlarning
alohida namuna ko‘rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo‘lib,
ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash
ijobiy samaralar beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi ko‘zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa
shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda
mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Boshlang‘ich sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga
oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida
shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi.
Shuningdek,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib
boruvchi o‘qituvchi hamda o‘quvchilardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi
bo‘lib, o‘zini-o‘zi nazorat qilish hamda o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi, shuningdek,
o‘ziga xos psixologik muhit va an`analariga ega bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinfda jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga
bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Maktablar tajribasida faoliyat
odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladi. Faoliyatni
tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya`ni ularda o‘quvchilarning muayyan
guruhlari ishtirok etadi) o‘z mohiyatiga ko‘ra uni amalga oshirish jarayonida
faoliyat maqsadga erishish uchun qatnashchilarning o‘zaro muomalasini nazarda
tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo‘lgani kabi, bu shakllarda bevosita
tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba`zi hollarda ularning faoliyatidagi
ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo‘ladi. Bu ko‘p jihatdan
o‘quvchilarning faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy)
bog‘liq bo‘ladi. Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish
uchun o‘quvchilarning o‘zaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat
shakllari jamoa shakllari deyiladi, bu muomala jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida
jamoa aloqalar vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o‘zida muomala
uchun muayyan shart-sharoitlarga ega bo‘ladi. Ular o‘quvchilarga ishning
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o‘zaro taqsimlab chiqish
imkonini beradi, qatnashchilar o‘rtasida aloqa ta`sirining paydo bo‘lishiga olib
keladi. Misol tariqasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil
etishning jamoa shakllaridan biri-bilimlarining ijtimoiy ko‘rigini qarab chiqamiz.
U biror fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan ikkita
komanda ishtirok etishi mumkin. Ko‘rikning dasturi ishlarning har-xil turlaridan
(yozma, og‘zaki, grafik masalalar yechish, topshiriq uchun topshiriqlarni bajarish
va shu kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda 40-60 daqiqadan
oshmaydi. Ko‘rik oxirida hay’at a’zolari har bir qatnashchiga va umuman
jamoadagi o‘rtacha bahoni e`lon qiladi. Bu o‘rinda bilish faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan muomala ko‘rikka hozirlik ko‘rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o‘tkazish
jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko‘rikka doir dastlabki
topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni
taqsimlashi yoki guruh bo‘lib ishlashni talab qiladi. Ko‘rik jarayonida muomala
uning hamma qatnashchilar o‘rtasida sodir bo‘ladi, chunki ulardan har biri
muayyan vazifaga ega bo‘lib, o‘z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan
muvofiqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jamoa
muomalani tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir, bunda
mazkur ish bolalarshing tarkib jihatidan uncha katta bo‘lmagan (eng ko‘pi bilan
kishi 5 ta bo‘lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda
barcha a`zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada bo‘ladilar va bir-birlariga
bevosita biror ta`sir ko‘rsatadilar.
Boshlang‘ich sinf rahbari o‘quvchilarni yakka tartibda va jamoa bilan
tarbiyalashda ota -onalar bilan o‘zaro hamkorlik yaxshi natijalarni beradi.
Ota-onalarning e’tiborini o‘quvchilarning bilishga doir qiziqishlari, axloqiy
qobilyatlari, irodali fazilatlari, rivojlantirishdagi yutuqlari, kamchiliklari,
foydalanilmagan imkoniyatlarga qaratish jamoa birdamligiga erishish maqsadini
ko‘zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |