So‘nggi (to‘rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o‘z
oldiga mustaqil
ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi.
Jamoaga qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini
aniqlovchi yorqin tashkiliy ko‘rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati
mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o‘rtasidagi
ijodiy
hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini
ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda
uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.
Jamoa hayotining birinchi bosqichi. Sinf jamoasining
faolligining paydo
bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. O‘quvchilar orasidagi faoli
muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda
harakat qiladilar, o‘qituvchi faoliyati va talabiga
nisbatan xayrixohlik bilan
munosabatda bo‘ladilar. Faollar o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish
olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining
o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni
jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o‘qituvchi jamoada
paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi.
Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi.
Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni,
jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy
ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi.
Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil
rejalashtirilishi, tadbirlarni o‘tkazishga tiyyorgarlik, uni o‘tkazish
hamda faoliyat
natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini
ko‘rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv
(raq‘bat)larning
paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik va o‘zaro yordam
munosabatlarining tez sur'atlar bilan rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli
beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari
orasida hurmat qozona olishi,
ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z
mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda
A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan ―jamoa vijdoni deya bergan ta’rifini
eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada,
ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga
muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas,
chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu,
jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa,
jamoa faolining
guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish xavfli tug‘ilishi mumkin.
Bu bosqichda o‘quvchilar barchasining alohida faollik ko‘rsatishga erishishlari
zarur sanaladi.
Dostları ilə paylaş: