10-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni Jamoa haqida tushuncha



Yüklə 405,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix02.04.2023
ölçüsü405,12 Kb.
#92511
1   2   3   4
10-mavzu Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash ko‘ni

To‘rtinchi bosqich Boshlang‘ich sinf jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan 
yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va 
faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. 
Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu 
holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini 
pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha 
murakkab va mas'uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va 
murakkab talablarni qo‘yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. Bugungi 
kunda o‘qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish 
jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo‘yidagi uch bosqichga 
bo‘ladilar:
a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual 
rivojlantirish;
v) jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Jamoa hayotida muhim o‘rin tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish 
yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida 
jamoaning etakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.


A.S.Makarenko jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining 
ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi.
Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib 
ko‘rsatgan edi:
1) major — doimiy tetiklik, o‘quvchilarning faoliyat (harakat)ga 
tayyorliklari;
2) o‘z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun 
g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini anglash;
3) jamoa a’zolari o‘rtasidagi do‘stona birlik;
4) jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do‘stona birlik;
5) tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik; 
6) hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish 
ko‘nikmasi.
Boshlang‘ich sinf jamoasini shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning 
faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona 
talab o‘quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, 
shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni o‘z ichiga oladi. 
Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda 
muayyan tartibning o‘rnatilishini ta’minlaydi.
O‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy 
natija beradi:
1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan 
uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan 
holda qo‘yilishi lozim.
3. Jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi lozim.
4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda 
muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni 
shakllantirishga xizmat qilishi shart.


O‘quvchi qo‘yilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab 
qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtira olgan bo‘lishi kerak. O‘quvchilar jamoasiga 
nisbatan talablarni qo‘yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan 
tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda 
o‘quvchilar faoliyat, shuningdek, qo‘yilayotgan talablarning bajarilish qolatini 
muntazam suratda nazorat qilib turishdan iborat. O‘quvchilarni talablar bilan 
tanishtirish ko‘pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta’lim 
muassasasining direktori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktr o‘rinbosari istiqbol 
rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o‘uvchilarni 
tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko‘rsatish, keyinroq sinflar 
bo‘yicha sinf yig‘ilishlari yoki maxsus suhbatlarni uyushtirish asosida amalga 
oshiriladi.
Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan talablar bilan tanishtirish 
mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Xulq-
atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. 
O‘quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat 
hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish 
madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi. Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga 
o‘quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o‘rnatish lozim. Nazorat qilib borish 
turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, 
sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. 
Qo‘yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat 
muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo‘lishi zarur. Olib borilgan 
nazorat natijalaridan o‘quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf jamoasini uyushtirish va jipslashtirish unda faolni 
tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. har bir o‘qituvchining jamoani 
shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan 
boshlanadi.


Sinf jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan 
ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun 
o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini 
kuzatib borishi har bir o‘quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini 
aniqlash zarur. Jamoa faolini shakllantirishda o‘quvchilarning jamoadagi obro‘sini 
ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o‘zlari, albatta, 
o‘qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil 
etadi. Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, 
ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga 
erishish maqsadga muvofiq. O‘qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo‘yadi. 
O‘quvchilar jamoasida faol rahbarligida o‘z-o‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan 
ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois 
o‘qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. 
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an`analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa 
an`analari 
jamoa 
a’zolari 
tomonidan 
birdek 
qo‘llab-quvvatlanuvchi 
barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati 
hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Sinf jamoa an`analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:
a) kundalik faoliyat an`analari;
b) bayram an`analari.
Kundalik faoliyat an`analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam 
turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va 
boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Bayram an`analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli 
voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, -Alifbe bayrami, -
Mustaqillik bayrami, -Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni va boshqalar)ni 
nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
An`anaviy bayramlar o‘quv muassasalarida turlicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar 
an`analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lsalargina 
uning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi. An`analarning yuzaga kelishida o‘quvchilarning 


unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va 
o‘qituvchilar o‘quvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bag‘ishlab haddan ziyod 
ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qo‘ymasligi zarur. Tadbirlarni tashkil etish va 
o‘tkazishda o‘qituvchilar jamoasi yoki o‘qituvchi tomonidan ushbu jarayonda 
o‘quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an`analarni davom 
ettirishga o‘rgatish masalasiga alohida e'tibor qaratishlari pedagogik jihatdan ijobiy 
natijalarni beradi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Sinf jamoasi bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh 
bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida birlashadi 
hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil 
etadi.
2. Sinf jamoasi o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Sinf jamoasini shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan 
uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pchilik tadqiqotchilarning e'tirof 
etishlariga ko‘ra to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi.
4. Sinf jamoasini shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga 
oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo‘yilishi, 
jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Sinf jamoasining mustahkam bo‘lishi, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro 
yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an`analari muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Komil inson shaxsini tarbiyalashda jamoaning ahamiyati juda katta. Azal-
azaldan bizgacha ota-bobolarimizdan qolgan o‘lmas maqollarimizdan birini shu 
o‘rinda keltirib o‘tmoqchiman; “Aqlni beaqldan o‘rgan”, ushbu maqol zamirida bir 
qancha ma’nolar bor. Ya’ni jamoada har xil bolalar bo‘lib, ular bir-biriga qarab 
ham o‘zlaridagi yomon xulqlarni yuqotadilar. Bu xislatlar esa ularning komil inson 
bo‘lib tayyorlanayotganidan darak beradi.

Yüklə 405,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin