“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 169 ~
Har bir ishtirokchi o’zining o’yinga va o’yin yuzasidan improzatsiya qilishga
|tayyorgarliksiz bajarishga| tayyorlashi ruhiy jihatdan tayyorlamog’i darkor.
Trening bu- inglizcha so’zdan olingan bo’lib «mashq qilmoq” degan maʼnoni
bildiradi. Trening guruxlardan muloqotning madaniy obro’li bo’lishni rivojlantirish
maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, yaʼni gurux-gurux bo’lib
munozara, baxs, rolli o’yin va boshqa o’yinlarni o’tkazishga aytiladi.
Trening o’tkazuvchi uchun shart bo’lgan ishlar.
1.Muxokama tashkil qilish, ishchi guruxi uchun qoidalar ishlab chiqish va har bir
mashg’ulotda trener treningning maqsadi vazifasini batafsil tushuntirish.
2.Navbatdagi mashg’ulot instruksiyasini berish.
3.Qatnashuvchilar savollariga javob berish va ular bajarayotgan ishni nazorat
qilish.
4.Ssenariy mazmunini trening maqsadi asosida taxlil etish.
5.Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almashish.
6.Qatnashuvchilar ematsional holatini nazorat qilish va ularga psixologogik
yordam berish.
7.Har bir mashg’ulotda yakun yasash va uyga vazifa berish.
8.Mashg’ulot oxirida siz xaqingizda qatnashuvchilar o’z fikrini bayon qilishlariga
imkon berish.
Trening o’tkazish davomida uning qatnashchilarini shaxsiy muloqot usullarini va
o’zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglash protsessini rag’batlantirish
kerak. Bir so’z bilan aytganda psixologik faoliyatning asosi bu psixologik trening
mashg’ulotlari hisoblanadi. Trening qoidalarini to’g’ri tadbiq etish bu psixolog
mahoratiga va tajribasiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: