Biologiya. Tabiiyki, biologiya fani meditsina fanining asosiy tarmog’i
hisoblanadi. Odam organizmining odatdagi holatini, unda kasallikning paydo
bo’lishini va shu kabi muhim qarashlarni o’rganish uchun biologiya meditsina uchun
zaruriy qo’shimcha fan sanaladi. Shu bilan bir qatorda, bilogiya fani tilshunoslik sohasi
uchun ham asosiy tayanch soha hisoblanadi. Asosan, biologiyaning tilshunoslikda
vazifasi nutqda namoyon bo’ladi. Har qanday nutq organlari ikki xil vazifali bo’ladi.
Birinchisi – insonning fiziologik a’zosi sifatida organizmning yashashi uchun xizmat
qilsa, ikkinchisi – nutq tovushlarini hosil qilish xususiyatidir va bu ikkinchi xususiyat
faqatgina insonlarga xos xususiyat hisoblanadi. Va shu tariqa, bu ikki xususiyatga ega
bo’lgan organlar ham tilshunoslikning, ham biologiyaning tekshirish obyekti bo’lib
xizmat qiladi.
2.
Logopediya – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida
nutq buzilishlarini o’rganish, tuzatish, oldini olish haqidagi pedagogik fandir.
Logopediyaga keltirilgan ta’rifdan ham namoyon bo’lib turibdiki, bu fan tilshunoslikka
juda yaqin fan sanaladi, nutqdagi buzilishlar, ma’lum talaffuzdagi qiyinchiliklar bunga
misol bo’lsa, uni o’rganish, tuzatish va oldini olish tibbiyot sohasiga oiddir.
Tilning murakkab tizimi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli
bo’ladi va u bolalar tomonidan qisqa muddatda o’zlashtirib olinadi. Ana shu davr
mobaynida til belgisi qo’llanish tartiblari buzilishi natijasida bolalarda ma’lum bir
tovushlarning to’g’ri talaffuz qilolmaslik yoxud u tovush o’rnida boshqa tovushni
ishlatib qo’yish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday muammolarni oldini olish uchun
logopediya o’z oldiga ko’plab maqsadlarni qo’ygan va ana shu maqsadlardan biri
boshqa fanlar bilan aloqa o’rnatishdir. Shu maqsadda logopediya pedagogikaning
ko’plab sohalari bilan, tibbiy-biologik fanlar bilan va shuningdek, tilshunoslik fani
bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
3.