“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 187 ~
TILSHUNOSLIK VA MEDITSINA INTEGRATSIYASI
Nosirov Jaloliddin Muhiddin o’g’li
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
nosirovjaloliddin74@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslik va meditsina
fanining aloqadorligi
meditsina tarkibidagi fanlarning tilshunoslik fani bilan bog’lanishlari orqali amalga
oshirilishi yoritilib o’tilgan. Tilshunoslikdagi ba’zi hodisalar meditsinaning
yo’nalishlari orqali vujudga kelganligi ta’kidlab o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Tilshunoslik,
meditsina, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar,
biologiya,
logopediya, nevrologiya, neyrolingvistika,
psixologiya, psixolingvistika,
kimyo, sinxroniya va diaxroniya nazariyasi, valentlik, integratsiya.
Abstract:
In
this article, the relationship between linguistics and medicine is
explained through the connection of medical sciences with linguistics. It was noted that
some phenomena in linguistics were created through the directions of medicine.
Key words:
Linguistics, medicine,
natural sciences, social-humanitarian
sciences,
biology,
logopedia,
neurology,
neurolinguistics,
psychology,
psycholinguistics, chemistry, theory of synchrony and diachrony, valence, integration.
Ma’lumki, bir fan turining mavjud bo’lishi ikkinchi fanning bo’lishini taqozo
etadi. Masalan, geometriya va arifmetikaning o’zaro aloqada ekanligi va bu aloqadorlik
asosida astronomiya fanining mavjudligi va bularning har biri butun bir sistema sifatida
ichki bo’linishlarga egaligi yuqoridagi gapning isboti bo’la oladi.
Avvalo, fan tushunchasi o’z
ichiga tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnika kabi
yo’nalishlarni oladi. Biz aytib o’tmoqchi bo’lgan tilshunoslik va meditsina, ular
o’rtasidagi
integratsiya, nafaqat tilshunoslik va meditsina fanlarini, balki tabiiy
(meditsina) va ijtimoiy-gumanitar (tilshunoslik) kabi fanning asosiy yo’nalishlarini
ham uzviy aloqada ekanligini ko’rsatadi.
Ma’lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to’laqonli muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Shunday ekan, tilshunoslikni meditsinadan, meditsinani esa tilshunoslikdan ayro holda
tasavvur etish to’g’ri bo’lmaydi.
Shu yerda bu ikki fan bir-biri bilan qanday aloqada bo’lishi mumkin, bu ikki fan
qanday qilib bir xil vazifa bajara olishi mumkin degan savol tug’ilishi tabiiy. Har bir
fan, o’z
navbatida, boshqa bir fanlar (yuqorida eslanganidek, sistema sifatida ichki
bo’linish, ichki tarkib asosida yuzaga keladigan yo’nalishlar, tarmoqlar va h.k.)ni o’z
ichiga oladi (misol uchun, matematika fani o’z
tarkibida algebra, gometriya kabi
boshqa bir fanlarni saqlaydi). Xuddi shu kabi, tilshunoslik ham o’z tarkibidagi ma’lum
bir tarmoqlar (yoxud fanlar) bilan (tabiiyki, barcha tarmoqlar bilan emas) meditsina
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 188 ~
fani bilan integratsiya aloqasini o’rnata oladi va meditsina ham ma’lum yo’nalishlari
bilan tilshunoslikning ayrim sohalariga o’z ta’sirini o’tkaza oladi. Biz quyida ushbu
fanlar bilan yetarlicha tanishib o’tamiz:
1.
Dostları ilə paylaş: