“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 155 ~
O’QUVCHILARNING KASB TANLASHGA BO’LGAN QIZIQISHINI
SHAKLLANTIRISH
Soliyeva Nodiraxon Usubovna
Farg’ona viloyati Quva tumani 38-maktab psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’quvchilarining kasb tanlashga bo’lgan
qiziqishini shakllantirish. Maqola bilan tanishar ekansiz
kasbiy bilim borasidagi
savollaringizga javob olasiz.
Kalit so’zlar:
Malaka, ko’nikma, tajriba, iqtidor, istedod.
Hozirgi kunda jamiyatda inson omili eng asosiy jabxadir. Jamiyat farovonligi
uchun shaxs kamoloti muhim omil xisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti ,
muhtaram Sh.Mirziyoyev ta’lim soxasini islox qilishga bag’ishlangan yig’ilishlarning
birida yosh avlodni kasbga yo’naltirish masalasiga to’xtalib o’tdilar. " Aynan kasbga
yo’naltirish ishlari eng muhimi vazifalarimizdan biridir. Agar kasbiy ta’lim o’z vaqtida
to’g’ri yo’lga qo’yilsa ta’lim tizimimizda ijobiy o’zgarishlar bo’ladi. Agar buning aksi
bo’lsa nafaqat ta’lim tizimida balki jamiyatning barcha soxalarida salbiy o’zgarishlar
yuzaga keladi. Hozirgi zamon va kelajak bu yoshlar qo’lida. Biz yoshlarni qo’llab
quvvatlasak, ularga keng imkoniyat yaratib bersak, kelajakda albatta buning natijasini
ko’ramiz" bu so’zlar zamirida kattadan katta mano bor. Inson bu hayotda tug’ilar ekan
u o’zini individlik chog’idan rivojlana boshlaydi. Ulg’ayadi, ulg’ayish davomida
undagi kasbiy qiziqishlari xam rivojlanib boradi.
Har bir ota ona farzandini yaxshi kasb egasi bo’lishini xoxlaydi. Buning uchun
kasbga yo’naltirish ishlarini ilk bolalik davridan boshlab yo’naltirish lozim..
Farzandining orzulari, uning qiziqishi, rivojlanishi, uning hatti xarakatlari va ko’pincha
o’yin faoliyati orqali sezilib turadi. Shunga muvofiq kasbga yo’naltirish ishlari
maktabda boshlang’ich sinflik vaqtidan boshlab yo’lga qo’yilishi lozim. Bolalar
ayrimda
kino qaxramonlari, ota onasi va yoki ustozi, qo’yingki atrof muhitga qarab
o’zlari taqlid qilish orqali kasbiy qiziqishlarini namoyon qiladi. Asosan o’yin faoliyati
orqali xam sezilib qoladi. O’yin o’ynash davomida qaysidir bola shafyorlik obrazida
bo’lsa, qaysidir Nola shifokorlik ro’lini maxorat bilan ijro etadi. Bola 1- sinfga qadam
qo’yar ekan o’zining ustozi bilan muloqot jarayonida faol ishtirok etadi. Uning hatti
xarakatlarini o’zlashtiradi. Ko’p tomonlama ustozi kabi bo’lishiga xarakat qiladi. Olib
borilgan tadqiqotlarda keltirilishicha boshlang’ich sinf o’quvchilarining 50 % miqdori
ustozining kasbini, 25 % miqdori ota onasi kasbini, 15% miqdori jamiyatdagi obro’li
kasbni, qolgan 10 % miqdori esa yanglish kasblarni egallash istagini bildirishadi. Bu
istak bola ulg’ayib borgani sayin o’zgarib turadi. Shundan ko’rinib turibdiki bolada
qaysi kasb to’g’risida ko’proq ma’lumot bo’lsa, uning qiziqishi xam shu kasbga
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 156 ~
bog’lanib ketadi. Shuning uchun xam bolalarga ko’proq
zamonaviy kasblar,
kasblarning turlari, ular xaqida yetarlicha malumotlar berilishi zarurdir.
Inson ushbu hayoda yashar ekan doimo yaxshi Yashash, o’zidan yaxshi nom
qoldirishni xoxlaydi. Siz tarbiya qilayotgan farzand sizning nomingizni,
avlodingizning davomchisidir. Aynan shu sababli xam siz farzandingiz qiziqishlariga,
uning kasbiy tanloviga doimo e’tibor bilan qarashingiz muhimdir. Ollox biz
insoniyatni ongimiz, aql zakovatimiz sababli hayonot olamidan farqli etib yaratdi.
Shunday ekan jamiyatni aqlli, tarbiyali, atrofga foydasi tegadigan yaxshi kasb egalari
bilan boyitish bu barchamizning vazifamizdir. Shu vazifamiz
sababli biz ota onalik
nomiga munosib Deb topilamiz. Shunday ekan bu imkoniyatni doimo saqlab qolish
lozim.
Har bir ota-ona farzandining baxti kelajagi ertangi kunini o’ylab hamisha yaxshi
tilaklar, orzu intilishlar va maqsadlar bilan yashaydi. Shunday ekan oilada farzandlarni
ma’naviy-ma’rifiy,yuksak barkamol etib voyaga yetkazishida kelajakda yaxshi bir
kasbning egasi bo’lishida barchamiz birdek mas’ulmiz. Aynan shining uchun xam
hozirgi kunda maktablarda kasbga yo’naltirish ishlari psixologik xizmat soxasining bir
qismi sifatida ifoda etilmoqda va jadal rivojlanib kelmoqda. Bola tug’ilib, o’sish
davomida ota-onadan quvvat oladi. Atrof muhit bilan muloqot qila boshlaydi. qachonki
jamiyatda yoshlarni kasbiy kamolotga to’g’ri yetaklansa shu davlat ravnaqi uchun
kurashuvchi, xar soxada o’zining bilmli egalari mavjud bo’ladi.
Qachonki buni aksi
bo’lsa jamiyatda o’z hayotidan, kasbidan, ish faoliyatidan norozi shaxslar ko’payadi.
Kasbiy yo’naltiruv ishlari to’g’ri va sifatli bo’lmasa yaxshi shifokor aslida o’qituvchi,
yaxshi nonvoy- kosib bo’lib ishlashi mumkin. Bu jamiyatdagi ko’zga ko’rinmas
muammolardan biri sanaladi. Bu muammolari yechimini topishda doimo biz ota onalar
bilan bir qatorda pedagog, psixolog hodimlarga xam suyanamiz. Chunki kasbiy
ko’nikmalarni shakllanishi bu inson ruhiyati bilan bog’liq jarayon hisoblanadi.
Shaxsning Komil inson bo’lib yetishishida turli xildagi omillar sabab bo’ladi. Inson
o’z sevgan kasbi bilan band bo’lsa qilgan ishidan ko’ngli to’ladi, faoliyatidan xursand
bo’ladi. Ming afsuski oramizda o’zi xoxlamagan kasb bilan mashg’ul bo’lib yurganlar
xam yo’q emas. Bu narsa jamiyatdagi kamchiliklardan biri sanaladi. Bu kamchiliklarni
bartaraf etsak, albatta ijobiy natijalarga erishamiz. Yoshlar bizning kelajagimiz
ularning ta’lim olishi kasb egallashlariga ko’mak berish bizning vazifamizdir. Kasbiy
intilish insonni shu tanlagan kasbini mutaxasisi sifatida gavdalantiradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida butun bilish jarayoni jadal
rivojlanish davrida
bo’ladi. Qo’yingki oddiy qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilarida miyya
o’chog’i faol ochilgan vaqtidir. Shu sababli ularda diqqat, xotira, sezgi , idrok va
tafakkur rivojlanishining eng yuqori pallasiga to’g’ri keladi. Shuning boisdan
yoshlikda olingan bilm- toshga o’yilgan naqsh kabidir Deb bejizga aytishmagan dono
xalqimiz. Kasbiy kamolotga erishish uchun inson ko’p yillar davomida ilm izlashi, o’z
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 157 ~
ustida ishlashi lozim. Bolalarni ilk bolalikdan boshlab kasbiy ko’nikmalarini malakaga
aylanishiga undash lozim. Bolalar 1- sinfga kelib partada to’g’ri o’tirishni o’rganishi
bu Ko’nikma bo’lsa, yillar o’tib bu Ko’nikma automatlashgan
xolatiga malaka Deb
yuritiladi. Kasbiy tanlov xam xuddi shundaydir. Malakali pedagog va aqilli ota ona
boladagi qobilyatni ko’nikmaga, ko’nikmani esa malakaga aylantira oladi. Farzand bu
ota ona ko’zgusi hisoblanadi. Ota ona o’zidagi ijobiy va salbiy sifatlari bilan
farzandlariga o’rnak bo’lib boradi. E’tibori sababli boladagi qiziqishlarini payqay
oladi. Boshlang’ich sinf bu ko’p tomonlama ilm va tajribalarni faol o’zlashtira oladigan
yosh davri hisoblanadi. Xali bu davrida u qadar inqirozlar,
fiziologik, psixologik
o’zgarishlar kuzatilmayotgan davrdir. Shuning provardida bolaning o’z xoxish istagi
bilan unda turli xil soxalarga bo’lgan qiziqishlarini ko’ra bilish, hamda to’g’ri
yo’naltirish mumkin. Kasbiy maxoratni oshirishda ilmiy nazariy asos bilan bir qatorda
amaliy tajribalar juda muhim hisoblanadi. Buyuk xitoy maqolida shunday so’zlar
keltirilgan. "Aytsang unutaman, ko’rsatsang eslab qolaman, o’zim bajarsam anglab
yetaman" ushbu maqol yuqorida keltirilgan so’zlarimizning yaqqol isbotidir. Kundan
kunga
rivojlanib, chiroy ochib borayotgan bu yurtimizga foydasi tegadigan, o’z
kasbining xaqiqiy mutaxasis egasi bo’lgan yosh avlodimiz Soni ko’payaversin. Zero:
vatanga keng fikrli, dunyoqarashi boy, malakali mutaxasis kadrlar zarurdir. ...
Dostları ilə paylaş: