“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 152 ~
IJTMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR XULQ-ATVORIGA VA
RUHIYATIGA TA’SIRI
Muhammedova Nargiza Abdurahmonovna
Toshkent viloyati Bekobod tumani 40-maktab psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqola bugungi kunda keng ommalashib borayotgan,
yoshlar o’tasida keng tarqalib o’z ta’sirini ko’rsatayotgan global muammolardan biri
ijtimoiy tarmoq, yoshlar o’rtasida keng tarqalishi va uning oqibatlarini ochib beradi.
Kalit so’zlar:
internet, onlayn, kompyuter o’yinlar, vertul olam, veb sayt ,ijtimoiy
tarmoq, salbiy muammolar.
Inson doimo hayot davomida o’qish va izlanish bilan band bo’ladi.
"Ijtimoiytarmoq" tushunchasi 1954 yilda paydo bo’lganini va albatta, Internetga hech
qandayaloqasi yo’qligini hamma ham bilmaydi va ular bu hodisani o’tgan asrning 30-
yillarida o’rganishni boshladilar. Kontseptsiyani sotsiolog Jeyms Barns kiritgan:
“ijtimoiy tarmoq” – bu ijtimoiy ob’ektlar va ular o’rtasidagi aloqalar bo’lgan tugunlar
guruhidan iborat ijtimoiy tuzilma. Oddiyroq qilib aytganda, bu tanish odamlarning
ma’lum bir guruhi bo’lib, bu yerda odamning o’zi markaz, uning do’stlari esa
shoxlardir. Tarmoqning barcha a’zolari o’rtasida ikki tomonlama yoki bir tomonlama
aloqalar mavjud.
Misol uchun, bu ma’lum bir Jek markaz bo’lgan va Bill va Ketrin
uning tanishlari bo’lgan talabalar guruhi bo’lishi mumkin. Asta-sekin ilmiy
kontseptsiya avval rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, keyin Sharqiy Yevropada
mashhurlikka erishdi. Jamiyat rivojlanishi bilan biz axborot asriga keldik, bu davrda
biz ko’plabaloqa turlarini yaratdik, bu ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishida sakrashga
olib keldi va hozir bu ilmiy tushuncha hamma joyda qo’llaniladi.Bugungi kundagi
dolzarb mavzulardan biri bo’lgan va odamlar keng ko’lamda
foydalanilayotgan
ijtimoiy tarmoq, jamiyatga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Ko’rishimiz mumkinki XI
asr texnologilar zamonida yashar ekanmiz texnologiya hayotimizning bir bo’lagiga
aylanib bormoqda. Bundan tashqari texnologiya odamlarga qulay imkoniyatlar yaratib
bermoqda va hayotni ochilmagan javhalarini ochishga yordam bermoqda, shu bilan bir
qatorda o’zining salbiy ta’sirlarini ham ko’rsatib kelmoqda. Bugungi zamon shiddati
hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo’lmasligini
namoyon etadi. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va
telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo’layotgan kundalik yangiliklardan xabardor
bo’lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog’liq. Bugungi kunda tez sur’atlar bilan jamiat
va insonlar hayotigakirib kelayotgan, o’zining ijobiy va salbiy oqibatlarini insoniyat
oldida yaqqol namayon qilganliginiko’rishimiz mumkin. Mamlakatimiz va dunyo
miqyosida sodir bo’layotgan o’zgarishlar, voqeahodisalar, yangiliklar to’g’risidagi
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 153 ~
ma’lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib bormoqda.
Bu yangiliklardan
xabardor bo’lishda esa internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o’zaro
ma’lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o’z fikrini bayon
etish yoki o’zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir.Insonlar
ijtimoiy tarmoqdan keng tarizda unimli foydalanish va undan o’zi
uchun kerakli
malumotlarni tezlik bilan topish. Ijtimoiy tarmoqlar insonlar uchun qulaylik
yaratibgina qolmasdan ularning harakatchanligi va tashqi muhitga bo’lgan qarashlariga
ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini
o’zgartirish maqsadida g’oyaviy, mafkuraviy ta’sir o’tkazish, soxta axborot tarqatish
kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat
ruhiyati nishonga olinadi. Soʻnggi vaqtlarda har narsaning foydasi boʻlishi qatorida
zarari ham boʻlishi mumkinligin haqida unchalik bosh qotirmayapmiz. Masalan,
internetning foydasi koʻpligiga shubha yoʻq. Lekin undan toʻgʻri foydalanmaslik
oqibatida
turli muammolar chiqayotgani, xatto insonni jinoyat koʻchasiga
boshlayotgani ham tez-tez quloqqa chalinmoqda. Internet keng muloqotga imkon
yaratadi. Biroq unda oxirgi paytlarda salbiy holatlari tez-tez ko’zga tashlanmoqda.
Salbiy ob’yektiga aylangan inson, ayniqsa balog’at yoshidagi yoshlar uchun uning
oqibatlari o’ta jiddiy va ayanchli bo’lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar bizga juda ko’p
imkoniyatlarni yaratib bermoqda bular jumlasiga ko’p xolatdagi
ishlarni biz onlayn
tarzda amalga oshirish imkonini bermoqda.Boshqa mamlakatdagi yaqinlarimiz bilan
oson va qulay aloqa qilish imkoniyatlarini ham o’z ichiga oladi. Eng qulay va foydali
tomonlaridan biri bu- biz bugungi kun talabi bo’lgan til o’zganish kurslariga onlayn
qatnashish imkoniyatini ham beradi. Misol uchun ijtimoiy tarmoqlarda yangi til
o’rganish imkoniyati ham juda qulay hisoblanadi. Biz bu orqali o’zimizga kerak va
zarur narsalrni tezlik bilan yuklab olishimiz va oqilona foydalanishimiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda biror mavzudagi axborotni yengillik bilan topish mumkin.
Deylik, salomatlik sohasiga qiziqqan kishi ayni shu yoʻnalishdagi kanal va guruhlarga
aʼzo boʻlishi mumkin. Turli sohalarda maslahatlar olish, kerakli bilim va tasavvurlar
hosil qilish imkoniga ega. Yana turli xil qiziqarli va miya faoliyati uchun foydali
bo’lgan o’yinlarni o’ynab ham vaqtimizni unimli narsalarga sarflashimiz mumkin.
Ijtimoiy
tarmoqlarning eng maqtovli, ahamiyatli jihatlaridan biri – ilm olish, kasb-
hunar oʻrganishdagi beqiyos yordamidir.
Kundalik turmushda duch kelinadigan turli yumushlarni bajarishni ham internet,
xususan ijtimoiy tarmoqlar yordamida oson oʻzlashtirish mumkin. Oddiy misol, ayollar
bichish-tikish yoki pazandalik sirlarini Youtube tarmogʻidagi kanallardan bemalol
oʻzlashtiraoladi. Har bir narsaning ijoibiy tarafi bo’lganidek salbiy tomonlai ham
mavjud. Ijtimoiy tarmoq o’z qamroviga har bir sohani oladi bilim, madaniyat, qurilish,
iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlar haqida umumiy ma’lumotlarni topish imkoniga egamiz.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 154 ~
Buning aksini oladigan bo’lsak insonni vaqtini samarasiz
narsalarga sariflab
yuboriladigan va ong ostiga ta’sir qilib bugungi yoshlarni o’z iskanjasiga qamrab ham
olishini ko’rishimiz mumkin. Qisqa qilib aytganda no’tigri foydalanish oqibatida
ijtimoiytarmoqlar vaqt kushandasiga aylanib qolmoqda. Bugun texnika zamonida har
bir yosh avlodining qo’lida telefon, kompyuter ko’rishimiz va ularning barcha ijtimoiy
tarmoqlarda faol eknligini kuzatishimiz mumkin.Shu ijtimoiy tarmoqlarga bog’lanib
qolish natijasida bugungi yosh avlodning kelajakka bo’lgan fikrlarining tarqoqligi va
dunyo qarashining torligi, jamiatda yani odamlar orasida yurish, gapirish va tinglash
madaniyatining yo’qolishiga olib kelmoqda Internet bizning hayotimizning bir qismiga
aylandi. Bugungi kunda ko’plab tarmoq foydalanuvchilari mashhur ijtimoiy
tarmoqlarga katta e’tibor berishmoqda. Bunday veb- xizmatlarning ko’plab tarafdorlari
bor, ammo ularning ko’p raqiblari ham bor. Ularning har biri ko’plab argumentlarni
o’z nuqtai nazarlari foydasiga olib boradi.
Biz, o’spirinlarga nisbatan, bu muammo ayniqsa dolzarbdir.
Ammo bu hodisa
muammo bo’ladimi, bu asosiy masala. Butun jamiyatga e’tibor berishga arziydimi yoki
har kim o’zi uchun qaror qabul qilishi kerakmi: ijtimoiy tarmoqlar ta’siriga beriladimi
yoki ularga ahamiyat bermaydimi? Bu masalalarning barchasi har bir insonnig
dunyoqarashi va salohiyati orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: