“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 141 ~
TA’LIMDA KREATIVLIK - ZAMON TALABI
Mahkamova Malohat Abdulazizovna
Namangan viloyati To’raqo’rg’on tuman 24-maktab psixologi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirishda
kreativ o’quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy, psixologik
ishlar haqida fikrlar
yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
Kreativlik, qobiliyat, ko’nikma, mahorat, yaratish.
Globallashgan zamonda nafaqat pedagoglar balki, har bir shaxs olg’a
yurish
uchun albatta zamon bilan hamohang bo’lish kerak. Ayniqsa hozirgi zamon yoshlari
juda tirishqoq va bilimli. Bunday yoshlarga ta’lim beradigan o’qituvchilar xam kreativ
sifatlarga ega bo’lishi va o’quvchi yoshlardan albatta bir qadam oldinda yurishi, o’z
ustida tinmay mehnat qilishi, o’quvchilarning bilimiga tashna ekanligini hisobga olib
jarayonga yangilik bilan kirishishi lozim. Kreativlik-ijodkorning yangi g’oyalarni
ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatidir. Kreativ ijodkorlikda
pedagog ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o’z firklari
va takliflari bilan
chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli pedagoglargina bunga erishishi mumkin.
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko’rsatadi:
•fikr ravonligi; fikrni maqsadga muvofiq yo’llay olishi;
•o’zigaxoslik (originallik); qiziquvchanlik; farazlar yaratish qobiliyati;
• xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi.
1. Me’yoriy hujjatlar (o’quv fanlari bo’yicha DTS, o’quv dasturi va rejalari)ni
tayyorlash;
2.O’quv manbalari (darslik, o’quv-metodik va metodik qo’llanma, tavsiyanoma,
lug’at, entsiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish ;
3.Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash;
4.O’quv axborotlari, nazorat hamda sinov
topshiriqlarini shakllantirish;
5.Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo’shqin tashkil etish;
6.Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish;
7.Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish;
8.Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish;
9.Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o’tish;
Pedagogik ijodkorlik quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
O’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini o’rganishni zerikarli deb
hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o’zlashtirishga jalb etish;
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 142 ~
O’qituvchilarga! o’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy
faoliyat natijalarini
rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish orqali
auditoriyada ulardan samarali foydalanish.
Pedagogning kreativ sifatlari:
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali
ekanligini belgilovchi
shaxs faoliyati va uning natijasi;
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda
aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs ;
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida
ijodkorlikni namoyon etuvchi,
masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondosha olishga moyil, o’ziga xos
harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga
layoqatli shaxs;
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, hozirgi butun dunyo
bo’yicha shiddat bilan kirib kelayotgan o’zgarishlar va
rivojlanish davrida har bir
pedagog o’z sohasi bo’yicha zamonaviy bilimlarni egallashi, o’z
ustida tinimsiz
izlanishi va o’quvchilarni ham mana shu o’zgarishlar davriga tayyorlay olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: