Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Psixokorreksion trening mashg’ulotlar xulqi o’g’ishgan o’quvchilar bilan
psixologik korreksion-rivojlantiruvchi treninglar/ А.Abdullayev Toshkent 2017
2.
G’oziyev E. G’. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent. 2002.
3.
Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.:O’zbekiston
faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
4.
Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va
texnologiyalar 2010 yil
5.
Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. Darslik. - T.:
―Fan va texnologiyalar‖ nashriyoti, 2008.
6.
Xasanboyev J., To„raqulov X., Xaydarov M., Xasanboyeva O.
Pedagogika fanidan izoxli lug’at. – T., 2008.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 131 ~
BARKAMOL SHAXS KAMOLOTIDA OILANING ROLI, O’RNI VA
IJTIMOIY VAZIFALARI
Hasanova Jumagul Valijon qizi
Andijon viloyati Baliqchi tumani 12-IDUMI psixologi
Annotatsiya:
Maqolada muallif shaxni dunyoga kelishi, voyaga yetishi
vajamiyatda o’z o’rnini topishida uning oilasini ota-onasini o’rni va axamiyati haqidagi
fikrlarni ilmiy asosda tavsiflab bergan.
Kalit so’zlar.
Shaxs, oila, ota-ona, tarbiya, jamiyat, ijtimoiy tuzum.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o’zining yoshlar siyosatiga doir qarashlari va
konseptual yo’l-yo’riqlari “Ertangi kunimiz – hayotimizning farovonligi, zamondosh
orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo’lmaslik, bir so’z
bilan aytganda, ertangi istiqbolimizning barcha ezgu niyatlarimizning amalga
oshirilishi birinchi navbatda, bizning o’rnimizga kelayotgan yosh avlodimizni har
tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga chambarchas
bog’liqdir”, - deb ta’kidlagan edi. Chunki, har tomonlama yetuk avlodgina butun hayot
oldimizga qo’yayotgan o’ta murakkab, og’ir sinov va qiyinchiliklarni yengish,
ko’zlangan yuksak marralarni egallashi mumkin. Shu bois, muhtaram Prezidentimiz
yoshlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Mustaqillik bergan imkoniyatlar
tufayli yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lib hayotga kirayapti. Shuning uchun
yurtboshimiz: “Bugungi kunda yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo’lib hayotga dadil
qadam qo’ymoqda. Men bu yoshlarga o’zimga ishongandek shionaman”1 , - deb
ta’kidladi. Mamlakatimizda intellektual salohiyatni rivojlantirishning manbalari,
xususan, oila – iste’dodli yoshlarni voyaga yetkazish va tarbiyalashning muhim
o’chog’i sanaladi. Chunki, yosh avlod o’z hayoti yo’lida oilani kamolot beshigi deb
hisoblaydi. Yosh avlod kamolotida oilaning o’rni va ta’siri beqiyosligini munosib
baholab, insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari
birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va
dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik,
oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchaning
poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham oila muhitida
paydo bo’ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini
chuqur anglash har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy
munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Aqli raso har
qanday inson yaxshi anglaydiki, bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor
ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 132 ~
ezgu va intilishlari bilan yashaydi”
14
. O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganishdagi
dastlabki yozma manba “Avesto” (“Qat’iy qonunlar”)da oilada sog’lom avlod
tarbiyasining usul va vositalari, huquqiy munosabatlari haqida ma’lumot beradi. 15
yosh bola uchun balog’at yoshi hisoblanadi, unga zardo’shtiylikning qoidalari
o’rgatiladi. Bu yoshda yigit yoki qiz bola turmush qurishi mumkin bo’lgan. Turmushga
chiqayotgan qiz bolaning baquvvat, sog’lom, go’zal bo’lishi, bo’lajak farzandning
sog’lom tug’ilishi oila mustahkamligi uchun asos hisoblangan. Ayol kishining
ma’naviy pokligi, oilada saranjom-sarishtaligi, tozalagi uning axloqiy-ma’naviy
yetukligining oliy bosqichi hisoblanadi. “Avesto”da oilada tarbiya, bolani dunyoga
keltirish va sog’lom qilib tarbiyalash, ayol kishining salomatligini asrash, oilada xotin-
qizlarning huquqiy manfaatlarini muhofaza qilish, xomilador ayollarga e’tibor, er-
xotin munosabatlarining nozik jihatlari, ersiz farzand ko’rgan qiz yoki juvonning
haqhuquqlari, hayz ko’rgan ayolning sog’lom turmush tarzi, tug’ilmagan bolaga
yetkazilgan shikast uchun jazo va boshqa oilaviy turmush qoidalariga keng o’rin
berilgan. Jumladan, xotin-qizlar salomatligini saqlash, ularga nisbatan zo’ravonlikning
turli ko’rinishlari sodir etilganda gunohkorga belgilanadigan jazo qat’iy belgilab
qo’yiladi. Homilador, hayz ko’rgan xotin aloqa qilgan, homilasini tushirgan, go’dakka,
onaga shikast yetkazgan er, ayol, qariyaning jazosi oshkora o’limdir. Agar erkak kishi
balog’atga yetmagan qiz yoki juvon kelgunga qadar o’sha qiz yoki juvonni o’z
qaramog’iga olmog’i kerak. “Agar bordi-yu, er ayolni yetarlicha himoya qilolmasa va
go’dakka shikast yetkazsa, bunday erning jazosi o’limdir”. “Agar o’sha ayol
odamlardan nomus qilib, bachadondagi tirik mevasini nobud qilsa, odam o’ldirish
gunohi ayol va erning gardanidadir. Ular oshkora qatl etiladilar” (“Vandidod”, 15,
Farzand, 15-16-betlar). Axura Mazda saodat, go’zallik, ezgulik, ma’naviy va jismoniy
sog’lom insonlarni dunyoga keltiruvchi ilohiy kuch ramzidir. U erkakning ham
ayolning ham durkuni baquvvat, sog’lom xuddi shunday farzandlarni dunyoga
keltirishni, shuning uchun ezgu fikr, ezgu kalom va ezgu amal g’oyasi orqali oilani,
jamiyatni sog’lomlashtirishga, har bir sog’lom turmush tarzi asosida hayot kechirishni
da’vat etadi. Yaxshi andishali, aql-zakovatli, sog’lom er oilaning ustunidir, sog’lom
kelajak poydevoridir. “Bizga shunday kamyoblik baxsh aylagilki, novqiron va kuchli
yorlar topaylik, toki ular tamomiy tirikligimiz davomida bilan xushlikda bo’lsinlar,
bizlardan dono, xushyor va xushkalom farzandlar dunyoga kelsin”. “Avesto”da hatto
o’lik chaqaloq tuqqan ayol ham zamini kamsuv, giyohi serob, mollar va qo’ylar suruvi
kamroq o’tadigan, marosimlar kam o’tkaziladigan, odamlar gavjum emas, suvdan,
olovdan olim tinch-osoyishta joyda maxsus taomlar bilan ovqatlantirib, kiyintirib,
parvarishlangan. Bunday ayolning ham sog’lom bola tuqqan ayol singari organizmi
osoyishtalikni, pravirishni talab etadi, chunki u ham ko’p qon va kuch yo’qotadi.
14
Karimova V. M. «Oilaviy hayot psixologiyasi». Toshkent. 2006 yil. 137 b.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 133 ~
“Bachadonning ichi tozalanishi uchun, uch yo olti, yo to’qqiz jam kul aralashtirilgan
kumiz ichmog’i kerak”. Bunday ayol yaxshi, sifatli va kuchli ovqatlanmog’i zarur. Uch
kecha issiq sut, go’sht, non, uzum sharobi ichmog’i va yemog’i kerak, zinhor suv
ichishi mumkin emas. Uch kundan keyin tana va kiyim-kechaklarini kumiz va suv
bilan yuviladi. Shunday qilib, ayol poklanadi. To’qqiz kecha odamlardan ayro, yolg’iz
yashaydi, so’ng tana va kiyim-kechaklarini yana suv va kumiz yordamida yuvib,
poklaydi. Bu ayol kiygan kiyim-boshlardan hech kim foydalanishi mumkin emas.
Hadis islom olami payg’ambar Muhammad alayhis va salomning xislatlari, xatti-
harakatlari, diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqida ma’lumot beruvchi didaktik
xarakterdagi ta’limot hisoblanadi. Hadislarda targ’ib qilinadigan insonlarning
ma’naviyatini belgilovchi ijobiy sifatlar: saxovat, rostgo’ylik, iffat, oqibatlilik, rahm-
shafqat, e’tiqod, iymon, tozalik, pokizalik, bilimdonlik, halollik, sabrlilik, ishonch,
qanoat, muloyimlik, latiflik, marhamat, saxiylik, sadoqat, sabotlilik, viqorlilik,
salohiyat, halimlik, tavoze’, hayo, tejamkorlik, sir saqlash, nonni e’zozlash, diyonat,
mehmondo’stlik, mehr-oqibat, xayr-ehson, vazminlik, tadbirkorlik, himmat,
bardoshlilik, xushxulqlik, to’g’rilik, shukr, vafo va boshqalar o’z ifodasini topgan.
Ushbu ezgu xislatlarni balog’at ostonasda turgan qizlarimizga singdirish har bir ota-
ona, ustozlarning asosiy vazifasidir. Hadislarda “Kelin tanlash vaqtida to’rtta narsaga
albatta qiziqiladi: moliga, jamoliga, kasbiy mansabiga va diniga. Sen dindorini
tanlagin”, - deyiladi. Chunki, mol, jamol vaqtinchalik, mansab esa kelin bilan birga
kelmaydi, otasining uyida qoladi, ammo iymon-e’tiqod, aql-idrok, xulqu odob, irsiy
tozaligi u bilan doimo hamrohdir. Ana shunday fazilatlarga ega bo’lgan ayolning
farzandlarini tarbiyalash osonroq bo’ladi. Hadislarda qaraladigan inson ma’nviy va
jismoniy salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi xususiyatlar: o’g’irlik, zino, hayosizlik,
munofiqlik, omonatga xiyonat yolg’on so’zlash, shartida turmaslik, kek saqlash,
axloqsizlik, nopoklik, riyokorlik, xusumat, nohaqlik, fitna, yolg’onchilik, g’aybat,
ochko’zlik, ta’magirlik, isrofgarchilik, itoatsizlik, chaqimchilik, beparvolik, kibr, gina-
adovat, xiyonat, razillik, baxillik, zulm, maqtanchoqlik, ikki yuzlamachilik,
takabburlik, manmanlik, shuhratparastlik, shoshqoloqlik, zinokorlik, ichkilikka ruju
qo’yish, harom narsalarni iste’mol qilish kabi illatlarning oila qurish ostonasida turgan
yigit-qizlarga zararli jihatlarni tushuntirish, bunday illatlardan hazar qilish tuyg’ularini
singdirish lozim. Islomda oilaning o’rni masalasiga yetarlicha o’rgangan va tahlil
qilgan muftiy hazratlari Usmonxon Alimov o’zining “Oilada farzand tarbiyasi”
kitobida dunyoda hamma narsa juft-juft yaratilganligini, ya’ni oy va quyosh, kecha va
kunduz, yer va osmon, erkak va ayol, musbat va manfiy ekanligini ta’kidlaydi.
Mohiyatan ularning har biri ikkinchisiga har jihatdan ehtiyojlidir. Mavjudotlar hayotda
mana shu juftlik bilangina barqaror bo’ladilar. Ushbu juftlikni inson misolida oladigan
bo’lsak, er kishi turmushda faqat o’z jinsining jufti bo’lgan ayol bilan taskin va rohat
topishi mumkin. Muqaddas Qur’oni Karimning “Nahl” surasida “Alloh sizlar uchun
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 134 ~
o’zlaringizdan juftlar yaratib, juftliklaringizdan sizlar uchun o’g’illar va nabiralar
paydo qildi ...”, - deb ta’kidlagan. Ana shunday juftlik sanalgan erkak va ayolning
ilohiy nikoh rishtalari tufayli bir xonadonda, bir oilada ahil-totuv yashashlari, nasl
davomiyligini ta’minlab, umrguzaronlik qilishlari haqiqatan Yaratganning ulug’
san’ati va hikmatiga dalolatdir. Dinimizda oila qurishga erkak va ayol birdek targ’ib
qilingan. Payg’ambarimizdan (alayhissalom) bu borda rivoyat qilingan hadislarning
birida: “Ey yigitlar, sizlardan qay biringiz oila qurishga qurbi yetsa, uylansin. Uylanish
nomahramlarga ko’z tashlashdan, zinokorlikdan asraydi. Qurbi yetmagan kishi ro’za
tutsin, toki unga to’siq bo’lsin”, - deyilgan (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud,
Termiziy, Nasaiy). Hadislarning birida: “To’rtta yaxshi ish bor, ular payg’ambarlar
sunnatidan sanaladi: hayo, xushbo’ylik, misvok tutish va uylanishdir”, - deb marhamat
qilinadi (Imom Termiziy rivoyati). Payg’ambarimizdan (alayhissalom) yana shunday
hadis bor: “Kim uylangan bo’lsa, dinning yarmini mukammal qilibdi, qolgan yarmida
Allohga taqvo qilaversin” (Taboroniy, Boyhaqiy, Hokim rivoyati). Islom ta’limotiga
ko’ra, oila Yaratganning roziligini topish, Payg’ambarimiz (alayhissloam) axloqlari,
islomiy odob bilan ziynatlanish va pok yo’l bilan insoniyat naslini davom ettirish
maqsadida quriladi. Nikoh asosida turmush qurish Alloh taoloning buyrug’i,
Payg’ambirmizning sunnatlari ekan, musulmon kishi oila qurishi lozim. Nikoh tufayli
inson o’z nasli-nasabining pokligini saqlaydi, iffatini asraydi, buzuqlik, zino singari
harom ishlardan tiyiladi. “Nikoh” so’zi lug’atda, “yaqinlik”, “bog’lanish” ma’nolarini
anglatadi. Nikoh bitimi, ahdi bitimlarning eng yaxshisidir deb ta’kidlanganlar.
Dostları ilə paylaş: |