“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 125 ~
YOSHLARDAGI SALBIY O’ZGARISHLARNI KORREKSIYALASH
Ermatova Munojat
Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 18-maktab psixologi
Annotatsiya:
Maqolani mutolaa qilar ekansiz
siz hozirgi kun yoshlarida
kuzatilayotgan salbiy xolatlar, ularning oqibatlari xaqida malumotlarga ega bo’lasiz.
Kalit so’z:
Texnalogiya, jamiyat, akseliratsiya, yuksalish, jarayon.
Yurtimizda yaratilayotgan keng islohotlarni o’quvchilar ongiga tub mohiyat ila
yetkazib berishda biz pedagoglar va ota-onalar zimmasiga ulkan vazifani yuklamoqda.
Yangi O’zbekistonni birgalikda yarataylik, deya yurtboshimiz jon kuydirayotgan bir
vaqtda, afsuski, jamyatimizda mavjud bo’lgan ayrim qusurlar davlatimizni rivoji uchun
to’sqinlik qilayotgani hech birimizga sir emas. Davlatimizni rivojlanishi uchun barcha
birga harakat qilmog’i darkor, bizning fikrimizcha. Yoshlarni o’qib, ilm olishlari uchun
keng imkoniyatlarni yaratilayotgani bizlarning qalbimizga quvonch baxsh etadi, ammo
ushbu imkoniyatlarni suv istemol etish holatlari ham uchrab turadi albatta. Misol
uchun, biz bilgan juda ko’plab davlatlarda ta’lim dargohlari pullik xizmat ko’rsatadi.
Jannatmakon yurtimizda esa davlat ta’lim dargohlarini butunlay bepul tarzda faoliyat
yuritishlari izga qo’yilgan. Ushbu o’quv yilida esa maktab darsliklarini davlatimiz o’z
hisobidan qoplab bergani ham ta’limga e’tiborning yuksakligidan dalolat. Bizlarga
davlatimiz shunchalar keng imkonyatlarni yaratib berayotgan bir vaqtda bizlar ushbu
imkoniyatlarga loyiq tarzda ish tutyapmizmi?! Afsuski, ha, deya javob berishga haqli
emasdekmiz. Hozirgi davr o’quvchilarining dunyoqarashi
zamon bilan hamnafas
tarzda o’sib bormoqda. Ta’lim dargohlari, ya’ni maktablarda o’quvchilarining hozirgi
XXI asr –innovatsion texnologiyalar misli ko’rilmagan darajada rivojlangan bir asrda
ularning tarbiyasida birmuncha og’ishlar sodir bo’layotgani hech birimizga sir emas.
O’quvchilar tarbiyasidagi o’zgarishlarga ko’plab sabablarni misol qilib keltirishimiz
mumkin. Xususan, o’quvchi ongida salbiy o’zgarishlarga sabab bo’layotgan
omillardan biri, bugungi kunning zamonaviy aqlli gadjetlari bo’lib, dunyoqarashi endi
shakllanish pallasiga kelgan bola ularga o’ta berilib, ongida sodir bo’layotgan keskin
jarayonlarni hatto sezmay ham qolmoqda. Nafaqat internet xuruji, balki oddiy telefon
orqali so’zlashuvlar natijasida ham juda ko’p muammolar kelib chiqmoqda.
Shuningdek, o’quvchilarning ijtimoiy-ma’naviy og’ishlariga sabab bo’layotgan
omillardan yana biri ota-onalarning o’zida yetarli ma’naviyatning yo’qligidir.
Otaonalar farzandiga faqat moddiy ta’minotni hatto ortig’i bilan yetkazib berishmoqda,
ammo ma’naviy “ta’minot”ga, o’rnak bo’lishga kelganda oqsab qolayotganlari
achinarli holat. Ushbu vaziyatda bola yetarli ma’naviy ozuqani ololmagach tarbiyasida,
ruhiyatida me’yor talablariga xos bo’lmagan o’zgarishlar o’z aksini ko’rsatadi, albatta.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 126 ~
Fikri ojizimizcha, mahalla oqsoqollari va maslahatchilari idoralarda emas, balki
xalq bilan, ayniqsa, yoshlar bilan kengroq, ko’proq ishlarni
amalga oshirishni izga
qo’ysalar maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunday fikrlashimizga sabab, agarda oilaning
ichki muhitiga kirib borilsa, asosan, tarbiyaviy og’ishlarning sababi oiladagi psixologik
muhit ekanligi oydinlashadi. Ushbu nome’yoriy psixologik muhitni yaxshilashga
kirishish vakolati esa fikrimizcha mahalla oqsoqollarininggina vakolat doirasiga kiradi.
Ya’ni, avvalo, ota-onalar ma’naviyatidagi bo’shliqlarni to’ldirish zarur.
O’smirlik psixologiyasini o’rta darajada biluvchi tekshiriluvchilar odatda
ko’rgan-kechirganlarini boricha, qanday bo’lsa, shundayligicha baholashga
o’rganganlardir. Yuqori darajada biluvchilar esa odatda
maxsus tayyorgarlikka ega
bo’lgan, baholashda odatiy kundalik mushohada doirasidan kelib chiqib fikr
lovchilardir. O’smirlar psixologiyasini past darajada biluvchilar esa ushbu masalada
soxta «nazariylashgan» bilimlar egalaridir.
Masalan, 2-savol bo’yicha o’smirlarning mavhum - nazariylashgan bilimlarga
moyilligini baholaganda,
shu narsadan kelib chiqadiki, go’yoki, nazariylashuv -
kattalarga xos bo’lgan mashg’ulot. Bu noto’g’ri xulosa, zero, «nazariylashganlik»ni
mavhum tushunchalar doirasida fikrlashga moyillik tarzida o’smirlar va o’spirinlarda
shakllana boshlagan ob’ektiv ahamiyat kasb etgan ilmiy nazariyalar va
kontseptsiyalarni tushunishdan farqlay olish kerak.
Boshqa bir noto’g’ri va soxta fikr bu - bolalarga o’smirlar va o’spirinlarga
nisbatan ko’proq individual yondashuv zarur, degan fikr (7-savol).
Bu fikr yosh
bolalarga ko’proq g’amho’rlik lozimligidan kelib chiqqan, chunki o’smirlar ularga
nisbatan kamroq g’amho’rlikka Yana noto’g’ri (e’tirof etiladigan) javob 9 savolda
bo’lishi mumkin, ya’ni, «Yumor hissi o’smirlik davridan ko’ra ko’proq bolalikda
paydo bo’lib, namoyon bo’ladi» deganda,
shu narsa nazarda tutilganki, bolalarda
o’smir yoki o’spirinlarga nisbatan ajabtovur hodisalar ko’proq uchraydi, chunki ular
sho’xroq va har narsaga qiziqadiganroq. Bu o’rinda yumor hissi tashqi kuzatib
ko’riladigan xatti-harakat emas, balki shaxsning fazilati sifatida qaraladi.Shunday
qilib, javobning o’zidan ham ko’ra, javobga asos bo’luvchi
omilni bilish bu erda
muhimdir. Mazkur test ota-onalarning o’z farzandlari yoshiga mos bo’lgan
xususiyatlarni nechog’li bilishlarini anglashga imkon beradi. Noto’g’ri javoblarni tahlil
qilish esa ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning yo’nalishini belgilashga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: