FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Yorqin Toshmurodov, Zamira Beknozorova “Fizika fanidan laboratoriya
ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy qoʻllanma” .
- T. TIQXMMI. 2019. - 180 b.
2. Abduraxmanov K.P., Egamov U. Fizika kursi , 2011 y.
3. Ogursov N.A. Kurs leksiy po fizike, Harkov, 2007.
4. Ahmadjanov O.I. Fizika kursi. 1,2,3-qism.-T.; O`qituvchi, 1988., 1989
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 115 ~
O’QUVCHILARDA O’SMIRLIK DAVRI MUAMMOLARI VA ULARNING
MUQOBIL YECHIMLARI
Umarova Xidoyatxon Mo’minjonovna
Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 4-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab
internati psixologi
Annotatsiya
: ushbu maqolada muallif o’smirlik davridagi psixologik
muammolar va ularning yechimlari haqidagi fikrlarini yoritib o’gan.
Kalit so’zlar:
psixologiya, markaziy kategoriya, shaxs, funksiya, fundamental,
konsepsiya, individual, refleksiya, ideologik talab.
Jamiyatdagi muammolar turi ko’p hisoblanadi. Glaballashuv jarayonida
o’smirlarning o’z yo’lini to’g’ri tanlashda, maqsadlarni aniq belgilashda irodasini
mustahkamligi juda muhim. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga juda katta
ishonch bildirib, har bir sohada kelajak vakillariga beqiyos Imkoniyatlar yaratib
berilmoqda. Fan psixologiyasida iroda shaxs tomonidan o’z xulqatvori, o’quv faoliyati
va muomalasini ongli ravishda boshqarish sifatida baholanadi. Iroda shaxsning
ijtimoiy turmushdagi faolligida, hayotiy tajribasida, shaxslararo mehnat faoliyatida,
o’zaro munosabatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanining markaziy kategoriyasi
hisoblanmish shaxs ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muayyan funksiyalarni
bajarish orqali jamiyatning taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Shaxs
faolligining mazmuni uning ham ijtimoiy, ham psixologik hislatlarida o’z ifodasini
topadi. Bunda ijtimoiy ko’rsatma, e`tiqod, his-tuyg’u, qiziqish, motivatsiya
xususiyatini kasb etadi. Shaxsning faolligi psixologik jarayonlar, ichki va tashqi
anglashilgan xatti-harakat, intilish, motiv, xohish paydo bo’lishi orqali namoyon
bo’ladi. O’smir uchun qiyin shart-sharoitlarda o’zini o’zi ongli ravishda boshqara olish
imkoniyati irodaviy zo’r berishning yordami bilan yuzaga keladi. Oldindan
belgilangan muayyan aniq maqsad, reja hamda uni ro’yobga chiqaruvchi xatti-
harakatlar ularning ijrosiga, bajarilishiga yo’naltiriladi. Qolaversa, ustivor motivlar
qo’shimcha ko’makchi motivlarni muayyan yo’nalishiga yo’naltirib, ularning umumiy
maqsadiga xizmat qiladi. Bu esa o’smirga o’z oldiga qo’yilgan maqsadni amalga
oshirishga qarshilik qilayotgan to’siqlarni yengish, voqelikni maqsadiga muvofiq
ravishda o’zgartirish va uni o’z ehtiyojlariga moslash imkonini beradi.
Barkamol avlod kamoloti g’oyasini turmushga tatbiq etish uchun istiqlolning
dastlabki kunlaridanoq, milliy ma’naviyat, milliy ta’lim va tarbiya muammolarini hal
qilishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Sir emaski, insonning xulq – atvori o’zgaruvchan
va rang-barang bo’lib, uning individual xususiyatlari, o’ziga xos “uslublari”ning
mavjudligi hech qachon va hech kimda hech qanday shubha tug’dirmaydi. Biroq bu
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 116 ~
xulq – atvorning xilma-xilligi uning cheksiz degani emas, zero, insonlarning o’zaro
muloqoti, o’zaro munosabati, ularni turli ijtimoiy guruhlarga birikuvi, yashashi uchun
iliq psixologik muhitning saqlanishi zaruratdir. O’smirlik yoshining klassik tadqiqotiga
nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining
guvohi bo’lamiz. O’smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan biri nemis faylasufi va
psixologi E.Shpranger(1924) o’smirlik yoshi qizlarda 14-18 va o’gil bolalarda 13-19
yoshlargacha davom etib, unig birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga to’g’ri kelib, bu
yoshda bolalikdan qutulish sodir bo’lishini izohladi. U o’zining o’smirlik yoshining
madaniy- psixologik konsepsiyasida rivojlanishining uch tipi mavjudligini ajratadi.
Birinchi tip- keskin, krizisli, shiddatli kechadi va o’smir o’zining ikkinchi tug’ilishini
his etadi, oqibatda yangi “Men” vujudga keladi. Ikkinchi tip- o’smirning kattalik
hayotida bosiqlik, sokinlik, uzluksizlik sezilib, uning shaxsiyatida chuqur va jiddiy
o’zgarishlar ro’y bermaydi.Uchinchi tip- bu rivojlanish jarayonining shunday
bosqichiki, o’smir o’z ichki kechinmalari va krizislarini matonat bilan yengib, o’zini
faol anglagan holda, shakllantiradi hamda tarbiyalaydi. Shunday qilib, E.Shpranger
mazkur yoshning tashkil etuvchilari o’z individualligini anglash, refleksiyani vujudga
kelishi, “Men” ning ochilishi ekanligini isbotlab, o’smirning dunyoqarashlarini,
qadriyatlarini, o’zini o’zi anglashini o’rganishning sistematik tadqiqotiga asos soldi.
O’smirlik davrida psixologik muammolarni bartaraf etish hamda tarbiyalash masalalari
hozirgi davrning eng dolzarb muammosiga aylangan. Oila, maktab, jamiyatning o’sib
kelayotgan avlodga bo’lgan axloqiy-ma’naviy, siyosiy-ijtimoiy, ideologik talablari kun
sayin ortib bormoqda.
Bugungi kunda kelajak avlodga ta’sir qilayotgan hamda uning kechinmalarini
o’zgartiradigan ichki va tashqi omillarni ko’z oldimizga keltirish juda qiyin.O’smirlik
davrini o’rganuvchi ko’pchilik olimlar agressiya, emotsional qo’zg’alishni, jahl
chiqqan holatlarda balog’atga yetmagan bolalarda psixologik muammolar qanday
namoyon bo’lishiga ko’proq e’tibor qaratadilar.Chunki, bu yoshda ularda hayot
tajribalari yetarli bo’lmaydi, lekin boshqalar tomonidan tan olinishga va mustaqil
bo’lishga intiladilar. O’smirlik davri insonni bolalikdan -yoshlikka o’tuvchi va o’z
navbatida boshqa davrlardan o’zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan
farqlanib turuvchi inson ontogenetik rivojlanishining eng xarakterli davrlaridan biridir.
Bu davr psixologik pedagogik adabiyotlarda “o’tish davri”, “og’ir davr”, “inqiroz
davri”, kabi iboralar bilan ataladi. Bu davr taxminan bolalarning 5-8 sinflarda o’qish
paytlariga to’g’ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo’lgan davr oralig’ida
kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin.
Shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki, o’smirlik davri ayrim bolalarda (aksariyat
hollarda qiz bolalarda) 9-10 yoshlardan boshlanib, yana boshqalarida 16-17
yoshlargacha davom etishi mumkin. O’smirlik davrning og’ir, murakkab davr ekanligi
ko’plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog’liq. Bu davrda
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 117 ~
rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning
mazmun mohiyati ham o’zgaradi. Bu davrda o’smir hayotida, uning ruhiyati,
organizmining fiziologik hamda ijtimoiy holatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Aksariyat holatlarda ularda bir- biriga qarama-qarshi bo’lgan turli xil holatlar
kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi “bola” emas va shu bilan birga hali “katta” ham
emas. Uning o’z-o’ziga va atrofdagilarga nisbatan bo’lgan munosabatlari butunlay
boshqacha xarakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo’nalganligi
qaytadan shakllanadi, o’z- o’zini anglashi, o’z-o’zini baholashi, qadriyatlari tizimi
o’zgaradi. Uning uchun o’z “men”i va shu “men”ining ahamiyati ortadi. Shu bilan bir
qatorda inson xulq-atvorining shakllanishiga irsiy omilning ta’siri borligini faqat
nazariy jihatdan taxmin qilish mumkin, ammo empirik tadqiqotlar muhit ta’sirining
o’rni ham kattagina qiymatga ega ekanligini ta’kidlamoqda. Jumladan, noto’liq
oilaning o’smir tarbiyasidagi roli, ya’ni oila tarkibining tarbiyasi “qiyin”lar
shakllanishiga ta`siri muhim sabablardan biri sifatida yuqori ko’rsatgichga ega emas.
Aksincha, Junger Tasning fikricha, oilaviy nazoratning taqchilligi delinkvent xulq-
atvor shakllanishining asosiy ko’rsatkichi sifatida talqin qilinadi. O’smirlik davrida
nazorat ikki xil: bevosita va bilvosita usulda olib boriladi. Nazoratning bevosita usuli
“yo’naltirish”, “tartibga solish”, “tasodifiy sharoit”, “jazolash”dan iborat. Bilvosita
nazorat usuli “identifikatsiya” va “ijobiy muloqot’’ dan iborat.Shunday qilib, oila
a’zolarining o’zaro munosabatlari orasida muayyan bog’liqlik mavjud. Bular o’z
ifodasini “issiq” va “sovuq” onalar hamda “jismoniy” va “psixologik usullarni”
samarali qo’llay biluvchilar timsolida topadi. Oqibatda, bizga ijtimoiylashgan oilaning
“qo’llab quvvatlovchi” va “nazorat qiluvchi” kabi asosiy parametrlari bilan ishlashga
to’g’ri keladi. Endi tarkib xususida fikr yuritadigan bo’lsak, masalan, ijtimoiy institut
vazifasini o’tovchi oila, maktab va mahalla tarkibidagi har qanday o’zgarishlar,
shuningdek, ota-onaning, o’smirning oiladagi va jamiyat mavqeidagi o’zgarishlari
jtimoiy imkoniyat va diskriminatsiya holatini ilk his qilishlari bilan bog’liq tarzda
ma’lum bir “og’ish”lar sababchisi bo’lishi mumkin. Shu o’rinda, biz tarbiyasi
“qiyin”o’smirlarning ijtimoiy institutlar orqali amalga oshadigan individual yo’lini
tavsiya etamiz.
Dostları ilə paylaş: |