“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 110 ~
kasbga yo’naltirish.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadlaridan kelib
chiqqan holda vazifalari
belgilanadi. Ular sinfdan tashqari ishning mazmuniga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
o’quvchilar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish;
o’quvchilarni umumiy ta’lim olish yo’nalishini rivojlantirish;
o’quvchilarning umumtexnikaviy rivojlanishini ta’minlash;
o’quvchilarning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish;
o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
kasbga yo’naltirish vazifasi.
Bu didaktik vazifalarga mos holda, sinfdan tashqari ishlar tashkil etiladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarining mazmunini tanlash muhim
ahamiyatga ega.
Umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari fizikadan hali chuqur va mustahkam
bilimga
ega emasligini, mustaqil ishlash qobiliyati ham yetarli shakllanmaganligi
hamda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari ishlarning
mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas,
balki uning amaliyligiga
asosiy e’tibor qaratish kerak.
Shuning uchun men oʻzimning qariyb 40 yillik tajribamda sinfdan tashqari
ishlarni amaliy ishlar, laboratoriyalar oʻtkazish orqali tashkil etaman.
Quyida oʻtkazgan laboratoriya ishlaridan namunalar keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: