O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
O.E.TOSHMURODOV 
 
 
 
 
 
MILLIY KURASHNING 
NAZARIY ASOSLARI 
 
(O‘quv-uslubiy qo‘llanma) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand-2017 



UO‘K 796.092.1(575.1) 
BBK 75.715 
T-71 
O.E.Toshmurodov. Milliy kurashning nazariy asoslari. O‘quv-
uslubiy qo‘llanma. - Samarqand: SamDU, 2017. - 138 bet. 
 
 
O‘quv-uslubiy qo‘llanmada milliy kurashning rivojlanish 
tarixi, kurashchining jismoniy, texnik, taktik va ruhiy-irodaviy 
tayyorgarligini tashkil etish usullari va vositalari hamda 
musobaqalarda hakamlik qilishga doir ma’lumotlar batafsil, 
tushunarli va sodda tilda bayon etilgan. O‘quv-uslubiy qo‘llanma 
Respublika oliy o‘quv yurtlari jismoniy madaniyat fakultetlari hamda 
Olimpiya zahiralari kollejlari o‘qituvchi va talabalari, shuningdek, 
milly kurash murabbiylari va sportchilari uchun mo‘ljallangan. 
Mas’ul muharrir
prof. J. Eshnazarov 
Taqrizchilar 
dots. B. Kipchakov, 
X. Jumanov 
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma SamDU o‘quv-uslubiy kengashining 
2017-yil 27-martdagi 3-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-________ 
© O.E.Toshmurodov, 2017 
© Samarqand davlat universiteti, 2017 



KIRISH 
Ma’lumki, kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini 
takomillashtirishning asosiy vositalaridan biridir. Bundan tashqari
kurash eng qadimiy, hammabop va keng tarqalgan sport turidir. 
Qadimda xalqimiz ichida epchillik, chaqqonlik, kuchlilik va irodaviy 
fazilatlarni o‘zlarida mujassam etgan kishilar ko‘p bo‘lgan. Ushbu 
fazilatlar va yuksak texnik-taktik mahoratga ega bo‘lgan mashhur 
kurashchilarni o‘zbek xalqi “polvonlar” deb atashgan. 
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida 
kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashning muhim 
vositasidir deya e’tirof etilgan. Sheriyat mulkining sultoni Alisher 
Navoiy asarlarida esa kuchli kurashchilarning bellashuvlari 
tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu 
asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbeklarda usullar tizimi yetarlicha 
rivojlangan milliy kurash sporti mavjud bo‘lgan. Kurash sohasidagi 
yetakchi mutaxassislar A.Atoyev, F.A. Kerimov, K.Yusupov, 
N.X.Azizov, J.Toshpo‘latov, U.Ibrohimov, Z.Jumayevlarning ilmiy-
uslubiy manbalarida tasdiqlanishicha, ajdodlarimizning madaniy 
taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu esa milliy kurash, xalqimizning 
etnik madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda 
taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga milliy 
kurashning tarixiy taraqqiyotini, turli ijtimoiy tuzumlar davridagi 
madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar hamda an’analardan alohida 
ajratib o‘rganib bo‘lmaydi. 
Mustaqillik sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz 
sayi-harakatlari natijasida kurash jahonda yangi sport turi sifatida 
taraqqiy topdi. Ayniqsa, 1992-yilning 14-aprelida O‘zbekiston 
respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 
o‘zbek kurashining jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni suhbatga 
chorlagani 
va 
1999-yilning 
1-fevralida 
“Xalqaro Kurash 
Assotsiatsiyasini 
qo‘llab-quvatlash 
to‘g‘risida”gi 
farmonini 
imzolagani, kurashimiz istiqbolini belgilab berdi. Shu yildan 
e’tiboran osiyo va jahon chempionatlari o‘tkazilib kelinmoqda. 
O‘zbek millati va jahon kurashchilarining endigi eng oliy maqsadi - 
kurashni olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritishdir. 
Ushbu qo‘llanma SamDU jismoniy madaniyat fakultetining 
ko‘p yillik ishini tahlil qilish va soha olimlari manbalarini o‘rganish 
va umumlashtirish asosida yaratildi. 




Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin