O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi tuzilganiga 19 yil to‘ldi. 
Tarix uchun juda qisqa muddat sanalmish bu davrda kurash xalqaro 
maydonda o‘z mavqeyini misli ko‘rilmagan darajada yuksaltira oldi 
va olimpiyada o‘yinlari safidan munosib o‘rin olishga haqli 
ekanligini isbotladi. 
O‘tgan muddat ichida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi quyidagi 
asosiy uch yo‘nalish bo‘yicha ish olib bordi: 
1.KXA tuzilmasi tashkil etildi va u doimiy faoliyat olib 
bormoqda. Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining eng yuqori organi 
3
K.Yusupov. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. 2005 y. 


13 
Kongress. Doimiy ishlovchi organ bo‘lmish - Ijroiya qo‘mitasi o‘tgan 
davr mobaynida to‘la shakllandi va muntazam ish olib bormoqda, 15 
kishidan iborat qo‘mita o‘zida O‘zbekiston, JAR, Boliviya, 
Hindiston, Yangi Zelandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya, Eron va 
Niderlandiyadan iborat davlat vakillarini birlashtirgan. Ijroiya 
qo‘mita bir yilda eng kamida ikki marta to‘liq tarkib bilan yig‘iladi. 
Pan-Amerika, Okeaniya, Afrika, Osiyo va Yevropadan iborat, jami 5 
qit’ada 
Assotsiatsiyaning 
mintaqaviy 
bo‘limlari, 
ya’ni 
Konfederatsiyalari ham tashkil etilgan va ular keng faoliyat olib 
bormoqda. Dunyoning 100 ga yaqin davlatida esa Kurash Xalqaro 
Assotsiatsiyalari rasman tashkil etilgan. KXA a’zosi sanalmish har 
bir davlatlarda 100 dan ziyod klublar ishlab turibdi. 
2.Musobaqa raqami: KXA tuzilganidan beri dunyo bo‘ylab 
1000 dan ziyod yirik va nufuzli musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ular 
qatoriga 
Jahon 
chempionatlari, 
o‘smirlar o‘rtasida Jahon 
birinchiliklari, 
o‘smirlar va kattalar o‘rtasida kontinental 
chempionatlar, xalqaro turnir va homiylik asosida tashkil etilgan 
musobaqalar, kubok musobaqalari kiradi. Hozirgacha 10 ta Jahon 
chempionati bo‘lib o‘tdi. 2005-yildan boshlab jahon chempionatlari 
har 2 yilda o‘tkaziladi. Qolgan barcha musobaqalar har yili bo‘lib 
o‘tadi. Kattalar va o‘smirlar o‘rtasida kontinental chempionatlar ham 
doimiy o‘tkazilmoqda. Birinchi Yevropa chempionati 1999-yil 
Belorussiyaning Minsk shahrida, birinchi Osiyo chempionati 2001-
yil O‘zbekistonning Toshkent shahrida, birinchi Afrika chempionati 
2001-yil Afrikaning Xartenbos shahrida, birinchi Pan-Amerika 
chempionati 2002-yil Boliviyaning La-Pas shahrida, birinchi 
Okeaniya Chempionati 2003-yil Yangi Zellandiyaning Oklentd 
shahrida bo‘lib o‘tgan. 
Buyuk Britaniya Kurash Milliy Federatsiyasi 2000-yil dan 
boshlab London shahrida an’anaviy Kurash Assotsiatsiyasi Faxriy 
Prezidenti Islom Karimov xalqaro turnirini muntazam o‘tkazib 
kelmoqda. Bundan tashqari, Kurash Milliy Federatsiyasi har yil eng 
kami yoshlar, ayollar, kattalar bo‘yicha 5 ta milliy chempionatlar va 
3 ta turnirlar o‘tkazib kelmoqda. 
3.Xalqaro munosabatlar, KXA rahbariyati Xalqaro Olimpiya 
qo‘mitasi, Xalqaro Sport Tashkilotlari Bosh Assotsiatsiyasi, Osiyo 
Olimpiya Kengashi, Futbol, Dzyudo, Djit-su, FILA, Og‘ir atletika, 
Sambo kabi Jahon sport Federatsiyalari bilan hamkorlik o‘rnatgan. 
Bu faoliyat kurashni dastlab mintaqaviy va qit’aviy o‘yinlariga, keyin 
esa yozgi Olimpiyada o‘yinlariga kiritishga qaratilgandir. 


14 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin