15
SHEYX AXMAD AL-FAXAD
AL-SABAX
Osiyo Kurash Konfederatsiyasi
Faxriy Prezidenti. Osiyo
Olimpiyada Qo‘mitasi
Prezidenti, Xalqaro Olimpiyada
Qo‘mitasi a‘zosi (Quvayt)
PATRIK XIKI
Yevropa
Kurash
Konfederatsiyasi Faxriy
Prezidenti. Yevropa Olimpiyada
Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro
Olimpiyada Qo‘mitasi a‘zosi
(Irlandiya)
LASSANA PALENFO
Afrika Kurash Konfederatsiyasi
Faxriy Prezidenti. Afrika Milliy
Olimpiyada Assotsiatsiya
qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro
Olimpiyada Qo‘mitasi a‘zosi
(Kot-d’ Ivuarda)
16
JULIO MAGLIONE
Pan-Amerika Kurash
Konfederatsiyasi Faxriy
Prezidenti. Pan-Amerika
Olimpiyada Qo‘mitasi
Prezidenti (Urugvay)
1.4. Milliy kurashni dunyoda ommaviylashuvi
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning
1999-yil 1-fevraldagi “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab
quvvatlash” to‘g‘risidagi farmoni kurashimiz rivojlanishini yangi
bosqichga ko‘tardi. 1999-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan 1-jahon
chempionatida Yevropa, Osiyo, Afrika, shimoliy va janubiy Amerika
qit’alarining 30 mamlakati vakillari ishtirok etdi.
Shundan buyon
kurash bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari muntazam o‘tkazilib
kelinmoqda.
Dunyo bo‘yicha 30 milliondan ortiq yoshlar kurash bilan
muntazam shug‘ullanadi. O‘z tillarida kurash qo‘llanmalarini chop
qilgan davlatlar soni 50 dan oshdi.
Bugun dunyoning turli
burchaklarida kurashni bilishadi, uni sevishadi. Ushbu sport turi bilan
muntazam shug‘ullanayotganlar soni yildan-yilga ortib borayotgani
quvonarli albatta.
Kurashni tarixi, buguni va kelajagi haqida
qo‘llanmalar, kitoblar chop etildi.Bu esa
kurashni yanada chuqurroq
o‘rganishga, bilishga zamin yaratadi.
Olimpiyada tamoyillariga tamomila mos keladigan kurashni
2002-yilda Osiyo Olimpiya kengashi tomonidan “Osiyo sporti” deb
e’lon qilinishi bejizga emas. Kurashni
Xalqaro sport turi sifatida
maydonga chiqishi jahonda nufuzli sport tashkilotlari hamda dunyo
mamlakatlarining kurashga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Kurashni rivojlantirish borasida Kurash
Xalqaro Assotsiatsiyasining
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitalar, Afrika
qit’aviy olimpiya qo‘mitasi, Amerika olimpiya qo‘mitalari bilan keng
17
ko‘lamdagi
samarali hamkorligi, jahon jamoatchiligini e’tiborini
tortmoqda.
Qit’amizni ikkita nufuzli musobaqasi:
- yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan to‘rtinchi qit’a o‘yinlari;
- yakkakurashlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo o‘yinlarida ushbu
sport turi bo‘yicha rasmiy musobaqalar uyushtirildi.
Dostları ilə paylaş: