O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar 
 
1. Milliy kurashda harakatlarga o‘rgatish maqsadi va 
vazifalarini tushuntirib bering. 
2. Kurash murabbiyi faoliyatida o‘qitish tamoyillarining 
ahamiyatini tavsiflab bering. 
3. Jismoniy tarbiyaning asosiy tamoyillarini sanab o‘ting. 
4. Milliy kurashda o‘qitishning didaktik tamoyillarini sanab 
o‘ting va ularga qisqacha tavsif bering. 
5. O‘qitish uslublarining uchta asosiy guruhlarini ayting va 
ularning mazmunini ochib bering. 
6. Harakatlarga o‘rgatish jarayoni nechta bosqichga bo‘lingan? 
7. Har bir o‘qitish bosqichining asosiy va xususiy vazifalarini 
aytib bering. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


48 
III BOB. MILLIY KURASH MASHG‘ULOTI USLUBIYATI 
ASOSLARI 
 
3.1. Milliy kurashning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
O‘zbekcha milliy kurash quyidagi xususiyatlari bilan 
xarakterlanadi: 
- harakat amallari qarshi harakat qiluvchi raqib bilan 
muloqotda yuzaga keladi, bunda ulardan biri g‘alabaga erishish 
uchun boshqasiga o‘zining texnikasi va taktikasini, jismoniy sifatlari 
va qobiliyatini qarama-qarshi qo‘yadi; 
- usullar texnikasi va harakatlar taktikasi o‘zaro mustahkam 
bog‘langandir, chunki texnika maxsus harakat va usullarni bajarish 
usuli, taktika esa - kurash tushish vaqtida texnikani qo‘llash usuli 
sifatida namoyon bo‘ladi; 
- harakat malakalarini shakllantirish asosiy sifatlar - 
chaqqonlik, tezlik, tezlik kuchi va maxsus chidamlilikni rivojlantirish 
asosida usullar texnikasini va uning variantlarini puxta egallab 
olishni talab etadi; 
- kurashchilarning harakat faoliyati siklik xarakterda bo‘lib, u 
har doim o‘zgaruvchi forma va sharoitlarda o‘tadi, asab-ruhiy 
jarayonlar 
kurash 
vaziyatlarining 
lahzalik 
almashinishidagi 
anglangan harakatlar darajasida o‘tib boradi; 
-raqibning harakatlarini, holatini va hatti -harakatlarini tezlik 
bilan baholash, unga qarshi harakatlar tanlash va to‘satdan paydo 
bo‘luvchi, ko‘pincha yangi harakat va taktik vazifalarni hal etish 
zarurligi kurashish jarayonida har doim raqibning harakatlariga 
qarshi harakat qilish zarurligi paydo bo‘ladi, bular - raqibning xatti-
harakati, 
qiliqlari, 
olishish 
uslubi, 
subyektiv 
holati 
qo‘zg‘aluvchanligi, loqaydligi, charchaganligi, tashqi muhit - 
musobaqa sharoitlari, hakamlar va tomoshabinlarga nisbatan 
ko‘rsatadigan reaksiya va hokazolar; 
- raqibi bilan kurashishdagi katta jismoniy va irodaviy kuch - 
g‘ayrat sarflash, kurash keskinligi faqat kuchli emotsional zo‘riqish 
bilan emas, balki ko‘pincha og‘riqni his etish bilan bog‘langandir. 
Bularning hammasi kurashchilardan har tomonlama umumiy va 
maxsus jismoniy hamda irodaviy tayyorgarlikni talab etadi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin