Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim



Yüklə 8,26 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü8,26 Kb.
#201780
  1   2
nutk-madaniyati (1)


Mavzu Nutq o’stirish madaniyati
Reja:
1.Nutning tovush madaniyati tushunchalari.
2.Nutning tovush madaniyatiga doir ishlar.
3.Bolalarning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim:
  • tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi);
  • aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish);
  • so‘zni talaffuz qilganda urg’uni to‘g’ri qo‘yish ustida ishlash;
  • nutqni orfoepik jihatdan to‘g’riligi ustida ishlash;
  • nutq sur’atini rivojlantirish;
  • nutqning ifodaliligini shakllantirish;
  • nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • nutqiy nafas olishni shakllantirish;
  • o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi:
  • tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg’ulotlarida;
  • badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg’ulotlarida;
  • savodga o‘rgatishda;
  • o‘yin faoliyatida;
  • ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarni bajarish asosida.

  • Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish quyidagi qonuniyatlarni hisobga olishni talab etadi:
  • ona tilida nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlarining mashqiga bog’liq;
  • nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan umumlashtirishning turli darajasining leksik va grammatik til belgilari o‘zlashtirilishiga bog’liq;
  • nutq me’yorini o‘zlashtirish bolada tilni his etishning rivojlanganligiga bog’liq.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
  • bolalarning fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish;
  • artikulyatsion apparatni rivojlantirish;
  • iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish;
  • muomala sharoitiga bog’liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash;
  • ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishga o‘rgatish;
  • har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish;
  • so‘zlarni adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish;
  • nutqning maromli sur’atini shakllantirish;
  • nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish.

  • Babayeva D.R. Tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish: Pedagogika fanlari nomzodi. ... diss. – T., 2001. – B 25.


Yüklə 8,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin