O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Umumiy tayyorgarlik mashqlariga sportchi organizmini har 
tomonlama funksional rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar 
kiradi. Ular tanlangan sport turi xususiyatlariga mos kelishi bilan 
birga, u bilan ma’lum bir qarama-qarshilikda turishi mumkin. Bunda 
faqat har tomonlama rivojlantirish vazifasi hal etiladi, xolos. Milliy 
kurashda - bu sport gimnastikasidagi mashqlar (buyum bilan va 
buyumsiz, sherik bilan va sheriksiz, bir joyda va harakatda 


50 
bajariladigan qo‘l, oyoqlarning turli harakatlari), yordamchi sport 
turlaridagi mashqlar (og‘ir atletika va yengil atletika, sport o‘yinlari, 
suzish, akrobatika va boshqalar). 
Yordamchi mashqlar u yoki bu sport faoliyatida kelgusida 
takomillashish uchun poydevor yaratuvchi maxsus harakatlarni o‘z 
ichiga oladi, mashqlarning bu guruhiga trenajerlar, maxsus 
moslamalarda, ya’ni gilam tashqarisida ishlash paytida kurashchining 
tezkor-kuch qobiliyatlarini oshirishga yordam beradigan vositalar 
kiradi. Shuningdek boshqa sport turlaridan olingan va kurashchining 
aerob hamda anaerob imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan vositalar 
(kross yugurish, regbi va boshqalar) kiradi. 
Maxsus tayyorgarlik mashqlari yuqori malakali sportchilar 
mashg‘uloti tizimida markaziy o‘rinni egallaydi va musobaqa 
faoliyati elementlarini o‘z ichiga oladigan vositalar doirasini, 
shuningdek shakli, tuzilmasi va organizm funksional tizimi 
faoliyatini namoyon qilish xususiyati hamda sifatiga ko‘ra ularga 
yaqinlashtirilgan harakatlarni qamrab oladi. 
Milliy kurashda maxsus tayyorgarlik mashqlariga quyidagilar 
kiradi: 
1. Yaqinlashtiruvchi mashqlar. Ular usullarning texnik 
tuzilmasini va uni amalga oshirish taktikasini egallash hamda 
takomillashtirishga yordam beradi. 
2. Kurashchi uchun zarur bo‘lgan maxsus jismoniy sifatlarni 
rivojlantiruvchi mashqlar. 
3. Ishorali mashqlar. Ular nafaqat usullarni bajarish 
texnikasini, balki ular bir ma’lum taktik ko‘rinishda (turli xil 
holatlardan, taktik tayyorgarlik usullarini ishora orqali ko‘rsatishdan 
so‘ng) qo‘llanilgan paytda ma’lum ma’noda uning taktikasini ham 
takomillashtirishga yordam beradi. Ishorali mashqlar jixozlarsiz va 
jixoz (kurash manekeni) bilan bajariladi. 
4. Sherik bilan maxsus mashqlar. Kurash manekeni bilan 
mashqlar bajarishga qaraganda, sherik bilan bajariladigan mashqlar 
amalga oshirilayotgan texnik yoki taktik harakatning hamma 
qismlarini yanada chuqur his qilish imkonini beradi. Sherik bilan 
ishlash paytida berilgan harakat vaziyatini hamda zarur qarshilikni 
aniq qayta ko‘rsatib berish mumkin. Mashq bajarayotgan 
kurashchining oldida turgan vazifaga qarab, sherik bo‘sh, yarim kuch 
bilan yoki bor kuchi bilan qarshilik ko‘rsatishi mumkin. Shunday 
sherikni tanlash lozimki, uning qobiliyatlari, tayyorgarligi, bo‘yi, 


51 
vazni sportchi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga yordam berishi 
lozim. 
5. O‘quv, o‘quv-mashg‘ulot va mashg‘ulot bellashuvlari. 
- O‘quv bellashuvi kurash texnikasi va taktikasi bo‘yicha yangi 
o‘quv materialini o‘zlashtirishga qaratilgan. Sherik bo‘sh yoki yarim 
kuchi bilan qarshilik ko‘rsatadi hamda bellashuv davomida vaqti-
vaqti bilan (topshiriqqa binoan) kurashchiga usulni bajarish uchun 
qulay sharoitlarni yaratib turadi. 
O‘quv bellashuvining o‘ziga xos xususiyati yana shundan 
iboratki, u qandaydir bitta usul yoki usullar birikmasini egallashga 
qaratiladi. Agar harakat noaniq bajarilsa, bellashuvni to‘xtatish 
hamda kurashchiga yo‘l qo‘ygan xatosini ko‘rsatish lozim. 
- O‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari asosan kurash texnikasi va 
taktikasini keyinchalik ham egallash hamda takomillashtirishga 
qaratilgan. U muayyan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’lum bir 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan raqiblar bilan kurash olib 
borishning u yoki bu taktik manyovrlarini hosil qilishga qaratilgan 
vazifalar bilan amalga oshiriladi. Ikkala kurashchi bir vaqtning o‘zida 
bellashish uchun vazifa olishi mumkin. 
Bellashuvlar turli formulalar bo‘yicha tuzilishi mumkin. 
Bellashuvni kurashchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish uchun 
to‘xtatish mumkin, lekin bu ishni faqat o‘ta zarur hollarda bajarish 
lozim. 
- Mashg‘ulot bellashuvlari texnika, taktika, musobaqa 
sharoitlarida kurashchiga zarur bo‘ladigan jismoniy va boshqa 
sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Mashg‘ulot bellashuvi yuqori 
sur’atda o‘tkaziladi. Hamma harakatlarni bajarish ularning to‘g‘ri 
bajarilishi ustidan to‘liq javobgarlik bilan o‘tadi. Biroq kurashchi, 
bellashuvni olib borayotib, mag‘lub bo‘lishdan cho‘chimasligi lozim. 
Qanday qilib bo‘lsa ham mag‘lubiyatdan o‘zini saqlab qolishga 
intilish oqibatida kurashchi, faqat himoyalanib, o‘zining eng yaxshi 
ko‘rgan usullari hamda qarshi usullarini takomillashtira olmaydi. 
Mashg‘ulot bellashuvlari ham vazifa bilan, ham vazifasiz 
(erkin bellashish) o‘tkazilishi mumkin. Bu yerda bellashuvning 
umumiy vaqti aniqlanadi hamda kurashchilar bellashuvni kurash 
qoidasi asosida olib boradilar. 
O‘quv va o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlaridan farqli ravishda, 
mashg‘ulot bellashuvini ogohlantirish berish maqsadida to‘xtatish 
tavsiya qilinmaydi. Juda zarur bo‘lgan holda kamchiliklar bellashuv 
davomida aytib turiladi. 


52 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin