O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar 
 
1. Milliy kurashning o‘ziga xos xususiyatlariga ta’rif 
keltiring. 
2. Kurashchilar sport mashg‘uloti maqsadlari, vazifalari va 
o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang. 
3. Milliy kurashda sport mashg‘uloti vositalari deganda nima 
tushuniladi? 
4. Milliy kurashda sport mashg‘ulotining qanday vositalari 
mavjud? 
5. Sport mashg‘ulotining har bir vositalariga tavsif bering va 
milliy kurashda ular qanday ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib 
bering. 
6. Sport mashg‘ulotida qanday uslublar qo‘llaniladi? 
7. Qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubini tushuntirib bering. 
 
 
 


55 
IV BOB. KURASHCHILARNING JISMONIY 
TAYYORGARLIGI 
 
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg‘ulotining 
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar - 
kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni 
rivojlantirishga qaratilgan jarayondir. 
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
- sportchilar sog‘ligi darajasi va ular organizmi turli 
tizimlarning funksional imkoniyatlarini oshirish; 
- jismoniy sifatlarni milliy kurashning o‘ziga xos xususiyatiga 
javob beradigan birlikda rivojlantirish. 
Jismoniy tayyorgarlik umumiy, yordamchi va maxsus 
tayyorgarlikka bo‘linadi. 
Kurashchining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori 
natijalarga erishish uchun poydevor, zarur asos hisoblanadi. U asosan 
quyidagi vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi: 
- kurashchi 
organizmini 
har 
tomonlama 
garmonik 
rivojlantirish, uning funksional imkoniyatlarini oshirish, jismoniy 
sifatlarini rivojlantirish; 
- salomatlik darajasini oshirish; 
- shiddatli mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari davrida faol 
dam olishdan to‘g‘ri foydalanish. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik turli vositalar to‘plashini o‘z 
ichiga oladi. Ular orasida jihozlarda va jihozlar bilan bajariladigan 
mashqlar, sherik bilan maxsus trenajerlarda bajariladigan mashqlar
boshqa sport turlari: akrobatika, yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish 
va h.k.dan olingan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar kiradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin