O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Texnik harakatlarni amalga oshirishning umumiy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
5.2. Texnik harakatlarni amalga oshirishning umumiy asoslari 
Kurash texnikasi - bu musobaqa qoidalarida ruhsat etiladigan 
usullar, qarshi usullar va himoyalanishlar yig‘indisidir. 
Usullar - bu maqsadga yo‘naltirilgan hujum harakatlari bo‘lib, 
ular yordamida kurashchi raqibidan ustunlikka erishadi. Har bir usul 
ikki qismdan iborat. Birinchi qism - usul qo‘llash uchun ushlab olish. 
Ushlab olishlar yuqoridan, pastdan, orqadan, oldindan, yon tomondan 
va boshqa ushlab olishlarga bo‘linadi. Ushlash usulni muvaffaqiyatli 
bajarishda katta ahamiyatga ega. Butun usullarni bajarish sifati 
ushlab olishning qay darajada oqilona amalga oshirilganligiga 
bog‘liq. Ikkinchi qismda turli xildagi harakatlar: tashlashlar, 
chalishlar, uloqtirishlar bo‘lishi mumkin. 
Milliy kurashda usullarni amalga oshirish paytida bir vaqtning 
o‘zida oyoqlar bilan turli harakatlar ham bajariladi, ya’ni bular - 
chalishlar , qoqishlar, ilishlar, oldindan ilib otishlar, orqadan ilib 
otishlar. Bu harakatlarning ko‘pchiligi orqadan, oldindan, yondan, 
ichkaridan, tashqaridan bajarilishi mumkin. 


71 
Bir xildagi ushlash bilan bir qator harakatlarni bajarish 
mumkin va aksincha, bir xil harakatning o‘zi turli ushlashlar bilan 
bajarilishi mumkin. Masalan, qo‘ldan va gavdadan ushlab tashlashni, 
zarba bilan ag‘darishni amalga oshirish mumkin. Lekin raqibni egilib 
qo‘l, gavda, qo‘l va bo‘yindan ushlab tashlash ham mumkin. 
Kurashchi har qanday usulni hujum va qarshi hujum uchun 
qo‘llashi mumkin. Usul yoki uning bir qismini aldamchi harakat 
sifatida qo‘llab, kurashchi haqiqiy niyatidan raqib diqqatini 
chalg‘itish va boshqa usul bilan hujumni amalga oshirish uchun 
qulay sharoitlarni tayyorlashi mumkin. 
Qarshi usullar - bu raqib hujumiga javob tariqasida 
bajariladigan maqsadli harakatlar bo‘lib, ular yordamida kurashchi 
raqibi ustidan ustunlikka erishadi. 
Qarshi usullar murakkab texnik harakatlarga kiradi. Qarshi 
hujum uyushtirayotgan kurashchi bir zumda to‘g‘ri qaror chiqarishi 
va raqibi usulni amalga oshirishga ulgurmasligi uchun o‘z 
harakatlarini hujum qilayotgan raqib harakatlari bilan aniq 
moslashtirishi lozim. 
Himoyalanishlar - bu raqibning usullarni (qarshi usullarni) 
bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi maqsadli harakatlardir. 
Himoyalanishlar dastlabki va bevosita himoyalanishlarga 
ajratiladi. Dastlabki himoyalanish oldindan, ya’ni raqib usulni 
amalga oshirishdan avval bajariladi. Bevosita himoyalanish raqib 
hujumini to‘xtatishga qaratilgan. Bunday himoyalanish samaradorligi 
uning o‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liq. Bevosita himoyalanish usul 
boshida, usulni bajarish davomida yoki usulni bajarish oxirida 
amalga oshirilishi mumkin. 
Hamma texnik harakatlar kurashchilar tomonidan tik turgan 
holatdan turib bajariladi. 
Tik turish - bu kurashchining holati bo‘lib, unda u oyoqlarda 
tik turadi. Tik turishlar o‘ng, chap va yalpi tik turishlarga ajratiladi. 
Ularning har biri, o‘z navbatida, baland, o‘rta va past bo‘lishi 
mumkin. Tik turishda kurashish yaqin, o‘rta va uzoq masofalarda 
olib borilishi mumkin. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin