O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar 
 
1. Kurashchining jismoniy tayyorgarligiga ta’rif bering. 
2. Kurashchi jismoniy tayyorgarligining asosiy vazifalari 
nimalardan iborat? 
3. Umumiy jismoniy tayyorgarlik, yordamchi jismoniy 
tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik tushunchalariga izoh 
bering. 
4.Kurashchi kuchiga tavsif bering va uni rivojlantirish 
uslubiyatini aytib bering. 
5. Kurashchi tezkorligiga tavsif bering va uni rivojlantirish 
uslubiyatini aytib bering. 
6. Kurashchi chidamliligiga tavsif bering va uni rivojlantirish 
uslubiyatini aytib bering. 
7. Kurashchi chaqqonligiga tavsif bering va uni rivojlantirish 
uslubiyatini aytib bering. 
8. Kurashchi egiluvchanligiga tavsif bering va uni 
rivojlantirish uslubiyatini aytib bering. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


68 
V BOB. KURASHCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGI 
 
5.1. Mashg‘ulot jarayonida kurashchilarning texnik tayyorgarligi 
 
Kurashchining texnik tayyorgarligi kurashchi tomonidan 
yuqori sport natijalariga erishishni ta’minlovchi harakatlar tizimining 
egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi. 
Kurashchilarning umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi 
mavjud. Umumiy texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi har 
xil harakat malakalari hamda ko‘nikmalarini egallashga, maxsus 
texnik tayyorgarlik milliy kurashda texnik mahoratga erishishga 
qaratilgan. 
Milliy kurashda texnik tayyorgarlik bir qator murakkab 
vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan: 
- maksimal kuchlanishdan foydalanish samaradorligini 
oshirish; 
- ish kuchlanishini tejash; 
- musobaqa faoliyatini, o‘zgaruvchan holat va sharoitlarida 
harakatlanish tezligi, aniqligini oshirish. 
Kurash texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko‘p 
yillik tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va u milliy kurashda 
texnik mahoratni oshirishga qaratiladi. 
Texnik mahorat deganda, keskin bellashuv sharoitlarida eng 
oqilona harakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi. 
Texnik mahoratni takomillashtirish uchta bosqichdan iborat; 
1. Izlanish. 
2. Barqarorlashtirish. 
3. Moslashishni takomillashtirish. 
Birinchi 
bosqichda 
texnik 
tayyorgarlik 
musobaqa 
harakatlarining yangi texnikasini shakllantirishga, uni amaliyotda 
egallash shart-sharoitlarini yaxshilashga, musobaqa harakatlari 
tizimiga kiruvchi ayrim harakatlarni o‘rganishga (yoki qayta 
o‘rganishga) qaratilgan. 
Ikkinchi 
bosqichda 
texnik 
tayyorgarlik, 
musobaqa 
harakatlarining 
butun 
malakalarini 
chuqur 
o‘zlashtirish va 
mustahkamlashga qaratilgan. 
Uchinchi 
bosqichda 
texnik 
tayyorgarlik 
shakllangan 
malakallarni 
takomillashtirish, 
ularning 
asosiy 
musobaqalar 
sharoitlariga mos holda maqsadga muvofiq variantliligi, barqarorligi, 
ishonchliligi chegaralarini kengaytirishga qaratilgan. 


69 
Har bir texnik tayyorgarlik bosqichining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
1. Kurash texnikasi asosini tashkil etadigan harakat 
malakalarining yuqori barqarorligi hamda oqilona variantivligiga 
erishish, musobaqa sharoitlarida ularning samaradorligini oshirish. 
2. Harakat malakalarini qisman qayta ko‘rish, musobaqa 
faoliyati talablarini hisobga olgan holda usullarning ayrim qismlarini 
takomillashtirish. 
Birinchi 
vazifani 
hal 
etish 
uchun 
tashqi 
vaziyatni 
murakkablashtirish uslubi, organizmning turli holatlarida mashqlarni 
bajarish uslubi qo‘llaniladi. Ikkinchi vazifani hal etish uchun - texnik 
harakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish uslubi, birga ta’sir 
ko‘rsatish uslubi qo‘llaniladi. 
Texnik 
usullarni 
bajarishda 
tashqi 
vaziyatni 
murakkablashtirish uslubi quyidagi bir qator usullarda amalga 
oshiriladi: 
1. Shartli raqib qarshiligining uslubiy usuli kurashchiga texnik 
harakatni bajarish tuzilmasi va maromini takomillashtirishga, 
barqarorlik va natijalilikka tezroq erishishga yordam beradi. 
2. Qiyin dastlabki holatlar va tayyorgarlik harakatlarining 
uslubiy 
usuli. 
Masalan, 
yelkadan 
oshirib 
tashlashni 
takomillashtirishda ushlab olish joyi va kurashchilar o‘rtasidagi 
masofani o‘zgartirish lozim. 
3.Usullarni bajarish uchun joyni cheklash uslubi, malakani 
takomillashtirishga mo‘ljallangan shartlarini murakablashtirishga 
yordam beradi. Milliy kurashda, kichraytirilgan o‘lchamdagi gilamlar 
qo‘llaniladi. 
Texnik harakatlarning bajarilishini qiyinlashtiruvchi kurashchi 
organizmining turli holatlarida mashqlarni bajarish uslubi ham turli 
xildagi usullarda amalga oshiriladi: 
Harakatni ancha toliqqan holda bajarishning uslubiy usuli. Bu 
holda katta hajm va shiddatdagi jismoniy yuklamadan keyin 
kurashchiga texnikani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar taklif 
qilinadi. 
Nazorat o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari o‘tkazilgandan so‘ng 
katta emotsional zo‘riqish holatida harakatlarni bajarishning uslubiy 
usuli. Musobaqa vaziyatida ayrim usullar yoki harakatlarni majburan 
bajarish usuli malakani takomillashtirish jarayonida kurashchi 
faolligini 
rag‘batlantiradi. 
O‘quv-mashg‘ulot 
bellashuvlarida 


70 
kurashchi himoyaning texnik usullari yoki aksincha, hujum usullariga 
ko‘proq diqqatni to‘plashga ko‘rsatma oladi. 
Texnik harakatlarni bajarish shartlarini yengillashtirish uslubi 
bir qator uslubiy usullardan iborat: 
1. Harakat elementini ajratish uslubi. Masalan, milliy kurashda 
- belbog‘dan va qo‘ldan ushlab olishni amalga oshirish. 
2. Mushak zo‘riqishini pasaytirish uslubi kurashchiga 
harakatlanish malakasidagi ayrim harakatlarga yanada aniq 
tuzatishlarni kiritishga yordam beradi. Texnik harakatlarni 
takomillashtirish uchun kurashchiga ancha yengil vazn toifasidagi 
raqib tanlanadi. 
3. Tezkor axborot uslubi zarur harakat kengligi, maromi, 
sur’atini tez egallab olishga yordam beradi, bajariladigan harakatni 
anglash jarayonini faollashtiradi. 
Texnik harakat to‘g‘risidagi tezkor axborot uchun videokamera 
va kompyuterlardan foydalanish qulaydir. 
Birga ta’sir ko‘rsatish uslubi sport mashg‘ulotida o‘zaro 
birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirish va harakat malakalarini 
takomillashtirishga asoslangan uslubi yordamida amalga oshiriladi. 
Bu holda usullarni takomillashtirishda kurashchiga ancha og‘ir vazn 
toifasidagi raqib tanlanadi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin