Harakatlarga o‘rgatishda yuzaga keladigan xatolar tarkibi
Harakatlanishdagi xatolar
Harakatlar-
ning
yetishmasligi
sababli
O‘qitishdagi
kamchilik
sababli
Ruhiy
gen
Sharoit-
larning
g‘ayrita-
biiyligi
sababli
Kutilmagan
Jismoniy
sifatlarning
yetishmasligi
Noto‘g‘ri
bajarish
texnikasiga
o‘rgatish
Qoniqar-
siz o‘z-
o‘zini
nazorat
qilish
Tashqi
jismoniy
sharoitlar
xususiyat-
lari
O‘z-o‘zidan
ixtiyoriy
Koordinatsiya
yetishmasligi
O‘qitishdagi
uslubiy
xatolar
Ruhiy
ta’sirlar
Sherik
yoki raqib
xususiyat-
lari
Kutilmagan
tashqi
omillardan
kelib
chiqqan
74
Gavda
tuzilishi
xususiyatlari
Mos
bo‘lmagan
malakani
ko‘chirish
Ishonch-
sizlik,
xavotir-
lanish,
qo‘rquv
Tartibga
solish
xususiyat-
lari
Kutilmagan
tashqi va
ichki
omillarning
to‘g‘ri
kelishidan
paydo
bo‘lgan
Malakaning
qashshoqligi
Malakani
qoniqarsiz
nazorat
qilish
Emotsio-
nal
zo‘riqish
va ruhiy
toliqish
Ruhiy va
harakat-
lanish
ko‘rsatma-
sidagi
kamchilik-
lar
Muntazam
bo‘lmagan,
kelib
chiqishi
noaniq
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar
1. Kurashchining texnik tayyorgarligiga ta’rif bering.
2. Kurashchilarning umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi
o‘rtasidagi farq nimada?
3. Kurashchining texnik mahorati deganda nima tushuniladi?
4. Kurashchi texnik tayyorgarligini rivojlantirishning uchta
bosqichini aytb bering.
5. Kurashchi texnik tayyorgarligining har bir bosqichidagi
asosiy vazifalar nimadan iborat?
6. Kurash texnikasi, usullar, qarshi usullar va himoyalanishlar
kabi tushunchalarga ta’rif bering.
7. Texnik harakatlarni egallashda zarur bo‘lgan asosiy
qoidalarni tushuntirib bering.
8. Harakatlarga o‘rgatishda xatolar yuzaga kelishining asosiy
sabablarini tushuntirib bering.
75
VI BOB. KURASHCHILARNING TAKTIK
TAYYORGARLIGI
6.1. Kurashchilarning taktik tayyorgarligining maqsadi va
vazifalari
Kurash taktikasi – bu musobaqalarda eng yaxshi natijaga
erishish uchun yuzaga kelgan muayyan sharoitlarda texnik, jismoniy
va
irodaviy
imkoniyatlardan
maqsadga
muvofiq
holda
foydalanishdir. Taktik tayyorgarlik kurashchilarda taktika sohasidagi
zarur bilimlarni egallash, kurashni to‘g‘ri olib borishda ma’lum
malaka hamda bilimlarni shakllantirish, shuningdek taktik mahoratni
takomillashtirishga qaratilgan.
Taktik
tayyorgarlikning
asosiy
maqsadi
kurashchida
musobaqada g‘alabaga erishish yoki yuqoriroq natijani ko‘rsatish
maqsadida kurash bellashuvini to‘g‘ri tashkil qilish hamda olib
borish qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Kurash taktikasini egallash
jarayonida bir qator xususiy vazifalar hal qilinadi. Kurashchi:
- musobaqa vaziyatini shunday qabul qilishi va tahlil qilishi
lozimki, ushbu vaziyatdan kelib chiqadigan taktik vazifalarni tushuna
bilishi hamda qisqa vaqt ichida uni xayolan va harakat bilan hal etishi
zarur;
- musobaqada o‘z kuchidan shunday foydalanishi kerakki,
raqib ustidan g‘alaba qozonish maqsadida, uni oxirigacha safarbar
qila olishi lozim;
- to‘satdan o‘zgarib qolgan vaziyatlarda bellashuv rejasini
mustaqil o‘zgartira olishi kerak.
Taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalari:
- taktik bilimlarga ega bo‘lish;
- taktik ko‘nikmalarni egallash;
- taktik malakalarga ega bo‘lish.
Taktika vositalariga qat’iy belgilangan harakat tuzilmasi va
ularni namoyon qilish uchun zarur jismoniy sifatlar darajasi bilan
ifodalanadigan kurashchilar harakatlari kiradi.
Kurashda taktika uchta asosiy bo‘limlardan tashkil topadi:
- hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi;
- bellashuvni tuzish taktikasi;
- musobaqalarda qatnashish taktikasi.
Kurashda musobaqa faoliyatining tahlili hujumning ikkita
turini aniqlab berdi: oddiy, qachonki hujum darhol asosiy usuldan
76
so‘ng boshlanadi va murakkab, qachonki kurashchi ikkita yoki uchta
turli xil harakatlarni qo‘llaydi (birinchisi keyingi harakatlar bilan
hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatni yaratadi). Ularning
ikkalasi
to‘xtovsiz,
bir
butun
harakat
sifatida
bajariladi
(N.M.Galkovskiy).
Murakkab hujum harakatlarining ikkita turini ajratish qabul
qilingan:
- qulay dinamik vaziyatni tayyorlashning maxsus usuli va (u
bilan o‘zaro bog‘liqlikda) hal qiluvchi usulni o‘z ichiga oluvchi
hujum;
- bir nechta usullardan iborat kombinatsiyali hujum. Ushbu
hujum mantiqan bitta, sifat jihatdan yangi tuzilgan usul bo‘lib, qulay
dinamik vaziyat yaratuvchi boshlang‘ich harakatni hamda bu
vaziyatdan foydalaniladigan boshqa usulning yakuniy qismini o‘z
ichiga oladi.
N.M.Galkovskiy, F.A.Kerimovlarning fikricha, kurashda
ko‘pincha oddiy hujum harakatlari emas, balki murakkablari
muvaffaqiyat keltiradi. Ular o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida shu
narsa aniqlanganki, usul tuzilmasidan darhol boshlanadigan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum kamdan-kam maqsadga erishadi. Odatda,
qulay dinamik vaziyatni tayyorlash uslubi hamda hujum usuli
tuzilmasi yaxlit harakatga, ya’ni harakat ansambliga qo‘shilib
ketadigan hujum harakatlari muvaffaqiyat keltiradi.
Usulni amalga oshirish uchun, taktik tayyorgarlik usullarini
guruhlarga tasniflashni birinchi bor A.N.Lens ishlab chiqqan.
Tasnifga muvofiq usullar (ular yordamida texnik harakatlarni amalga
oshirish uchun qulay bo‘lgan sharoitlar yaratiladi) uchta guruhga
bo‘linadi:
1- shunday usullarki, ular yordamida kurashchi o‘ziga zarur
bo‘lgan raqibning himoya reaksiyasiga erishadi (xavf solish,
harakatni cheklash, kishanlash, qurshab olish, muvozanatdan
chiqarish);
2-kurashchi uchun foydali bo‘lgan raqibning faol reaksiyasini
ta’minlaydigan usullar (chorlash);
3-shunday
usullarki,
ularni
bajarish
natijasida
raqib
kurashchining ma’lum bir harakatlariga yoki e’tibor qilmaydi, yoki
bo‘sh himoya bilan javob beradi yoki bo‘shashadi (takroriy hujum,
qayta chorlash, qo‘shaloq aldash va boshqalar).
Texnik usullarni amalga oshirish taktik tayyorgarligining
hamma usullari nafaqat mustaqil, balki uyg‘unlashgan holda
77
qatnashishi mumkin (ya’ni usulni amalga oshirish uchun bir xil
bo‘lgan qulay sharoitlar bitta emas, balki bir-birini to‘ldirib keladigan
bir qancha usullar bilan tayyorlanadi).
Qulay dinamik vaziyat murakkab hujumning birinchi qismi
(birinchi usul) bilan yaratilishi mumkin. U kombinatsiya deb ataladi.
Taktik tayyorgarlik usullari guruhlarining tasnifiga muvofiq
quyidagi harakatlar ajratiladi:
- birinchi usul, u orqali hujum qiluvchi o‘ziga zarur bo‘lgan
raqibning himoya reaksiyasiga erishadi. Bunday reaksiya hujum
harakatini (usulni) amalga oshirishga yordam beradi. Masalan, hujum
qiluvchi yelkasidan oshirib tashlashni amalga oshiradi, raqib,
himoyalanib gavdasini to‘g‘irlaydi, shu paytushlagan qo‘liga mos
bo‘lgan oyog‘iga ichkaridan chil soladi;
- usul raqibning faol reaksiyasiga erishish maqsadida amalga
oshiriladi, ya’ni: raqib qarshi usul qo‘llaydi, undan so‘ng hujum
qiluvchi ikkinchi usulni amalga oshiradi. Masalan, hujum qiluvchi
oyoq tagidan chalib tashlashga harakat qiladi, raqib - hujumdagi
oyog‘ini orqaga olib o‘zi chalib tashlashga harakat qiladi, Hujum
qiluvchi vaziyatdan foydalanib, yelkadan oshirib tashlashni bajaradi.
- hujum qiluvchi birinchi usulni amalga oshirish natijasida
raqibni shunday holatga solib qo‘yadiki, u yoki bu himoya,
bo‘shashish bilan javob qaytaradi, yoki javob qaytarmaydi.
Bu kombinatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari shundan
iboratki, ikki usul yaxlit qilib birlashtiriladi va tanaffussiz bajariladi.
Masalan, qo‘ldan siltab, gilamga tushirish - oldidan qoqish; teskari
oyoqni tashqaridan ilib olib, qo‘l va gavdani ushlab olgan holda
zarba bilan ag‘darish - qo‘l va gavdani ushlab olib egilib tashlash.
Kurashda ayrim usullarni qo‘llash, odatda, doimiy ijobiy
samara bermaydi, chunki usulni bajarish uchun ketadigan vaqt
raqibga munosib qarshilik ko‘rsatish choralari bilan javob
qaytarishga imkon beradi.
A.N.Lens usulni amalga oshirish taktikasini quyidagi ketma-
ketlikda egallashni tavsiya etadi:
- usulni bajarishning taktik shart-sharoitlari bilan tanishish;
- usulni qulay vaziyatlarda bajarish;
- qulay sharoitlarni yaratish usullarini egallash, ularda raqib
aldamchi harakatga javoban oldindan belgilangan himoyalanish bilan
javob qaytarishi lozim;
78
- texnik harakatning optimal variantini tanlash va muayyan
dinamik vaziyatga muvofiq holda uni bajarish tuzilmasiga ayrim
o‘zgartirishlarni kiritish.
Asosiy usulni samarali bajarishda tayyorlov harakatlari katta
ahamiyatga
ega,
shuning
uchun
ular
uzviy
bog‘liqlikda
takomillashtirilishi lozim. Takomillashtirishda asosiy qiyinchilik
harakatning bir turidan ikkinchisiga o‘tish fazasida yuzaga keladi
(A.A.Novikov). Mahorat darajasi qancha yuqori bo‘lsa, bunday
bog‘liqliklar kam ko‘zga tashlanadi (A.V.Rodionov).
Dostları ilə paylaş: |