O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Taxminiy kombinatsiyalar 
Turli yo‘nalishdagi uloqtirishlarning taxminiy kombinatsiyasi: 
- yelkadan oshirib uloqtirish - orqadan oshirib uloqtirish. 
Biron-bir oyog‘i bilan raqibning ham xuddi shunday oyog‘ini 
tashqi tomondan ilib uloqtirish. 
Bir xil yo‘nalishdagi uloqtirishning taxminiy kombinatsiyalari: 
- yelkasidan oshib uloqtirish; 
- sonidan oshirib uloqtirish; 
- ichki tomondan ilish - chap oyoq bilan raqibning chap 
oyog‘ini ilish; 
- ichki tomondan ilish - ichki tomondan supurib yiqitish. 
7.4. Kurashdagi taktik harakatlar tasnifi va mazmuni 
 
Kurashchilarning bellashuvi tayyorlovchi va asosiy taktik 
harakatlardan iboratdir. 
Tayyorlovchi harakatlar - ular musobaqa qoidalarida yo‘l 
qo‘yiladigan, hujum va himoya harakatlarining muvaffaqiyatini 
ta’minlaydigan harakatlardir. Kurash bellashuvida bular kuzatish, 


94 
raqibining zaif tomonlarini izlab topish, manyovr qilish hamda o‘z 
rejalalari harakatlari va holatidan iborat. 
Razvedka - kurashchining raqib to‘g‘risida, uning gavda 
tuzilishi, xususiyatlari, sifatlari imkoniyatlari va holati haqida, kurash 
olib borish uslubi - faol yoki sust, hujumkor yoki himoyalanuvchi 
kurashchiligi to‘g‘risida, uning yaxshi ko‘rgan harakatlari, o‘y-
fikrlari va hokazolar haqida tashqi va ichki axborotlar olishga 
qaratilgan xatti-harakatlardir. 
Razvedka bellashuvidan oldin va bevosita bellashuv vaqtida 
ham olib boriladi.
Bellashuvgacha 
sportchi 
raqibning 
familiyasi, 
millati, 
malakasi, unvoni haqida umumiy ma’lumot oladi: uning taxminiy 
bo‘yini, tashqi ko‘rinishini, holatini va hokazolarni aniqlaydi. 
Bellashuv vaqtida: sportchining eng sevimli turish holati 
qandayligini, qanday masofada turishini, qanday ushlash usulini 
qo‘llashini va ularning kuchini, oyoqlari bilan qanday harakat 
qilishga intilayotganini, biror usulni bajarish uchun tayyorgarlikni 
qanday olib borishini, niyatlarini, qanday hujum qilishi, himoyala-
nishini va qarshi hujum qilishini, ularning kuchi qandayligini
chaqqonligi va chidamliligini aniqlash ayniqsa muhimdir. Razvedka 
ko‘proq tayyorlovchi xarakterdagi haqiqiy va soxta harakatlar bilan 
hamda kurashish, sevimli usullarini qo‘llash bilan olib borilishi 
mumkin. 
Kurashish vaqtida kurashchi psixolog bo‘lishi - raqibining 
holatini bilishi; fiziolog bo‘lishi - harakatlari, nafas olishi va ter 
chiqishiga qarab raqibining holatini bilishi; artist bo‘lib, raqibni soxta 
harakatlar bilan aldab, to‘g‘ri usul qo‘llashdan adashtirib o‘ynashi, 
raqibga o‘z kurash rejasini majbur etuvchi va bu bilan o‘z rejasini 
qat’iy amalga oshiruvchi hamda g‘alabaga erishuvchi mard, irodali 
sportchi bo‘lishi kerak. 
Hiyla ishlatish - yakka holda raqibini ushlab olish turli xilda 
siljish, qulay sharoitlar yaratish hamda usulni muvaffaqiyatli 
qo‘llash, himoya va qarshi hujum uchun qulay payt tanlash 
maqsadlarida tayyorlovchi harakatlar qilishdir. Turli holatda va turli 
masofalarda turib, aldash harakatlari va soxta harakatlarni undash, 
taklif qilish usulini qo‘llab, shuningdek, tanlangan usulni yoki qarshi 
hujum harakatini o‘tkazish uchun hujum va himoya harakatlaridan 
foydalanib hiyla ishlatish mumkin. Hiyla bilan sportchi tashabbusni 
o‘z qo‘liga olishga, faollik ko‘rsatishga, kerakli harakat uchun 


95 
gilamdan qulay joyni tanlashga ba’zan esa raqibidan qochishga 
harakat qiladi. 
Raqibidan o‘zining haqiqiy niyatlarini yashirish, uning 
xushyorligini yo‘qotish, chalg‘itish va o‘zi o‘ylagan rejasini amalga 
oshirish 
maqsadida 
harakatlari 
va 
holati 
soxtalashtiriladi. 
Soxtalashtirilgan harakatlarida tajribali kurashchilar raqiblariga 
o‘zlarini bamaylixotir, sustkash qilib ko‘rsatadilar, ba’zilar 
bo‘shashgan bo‘lib, to‘satdan butun kuchlarini ishga soladilar, ba’zi 
birlari iste’dodli artist kasbiylikni ifodalaydilar - u yoqdan bu yoqqa 
yuradi-lar, muskullarini silkitadilar, boshqalari esa kurashish oldidan 
bamaylixotir, bo‘shang yoki o‘ziga ishonch bilan o‘tiradilar va 
hokazo. 
Har bir kurashchi o‘ziga xos soxtalashtirish uslubiga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun ba’zan uning niyati chin yoki soxtaligini 
aniqlash juda qiyin bo‘ladi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin